Iqtisodiy tahlil


-chizma. Iqtisodiy tahlilning turkumlanishi



Download 1,13 Mb.
bet6/105
Sana19.04.2022
Hajmi1,13 Mb.
#564255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
УМК Иқтисодий таҳлил 2016

1-chizma. Iqtisodiy tahlilning turkumlanishi


5. Iqtisodiy tahlilning predmeti va vazifalari
Ixtiyoriy fan asosini uning predmeti tashkil qiladi. Fan predmeti mazkur fan nimani o’rganishini, metodi esa – qanday o’rganishini, ya’ni ushbu tadqiqot predmetini o’rganishda qanday uslublardan foydalanilishini ko’rsatadi.
Iqtisodiy tahlil fan sifatida quyidagilar bilan bog’liq maxsus bilimlar tizimini o’zida aks ettiradi:
– ob’ektiv iqtisodiy qonunlar va sub’ektiv tusdagi omillar ta’siri ostida yuzaga keluvchi o’zaro aloqadorlikdagi iqtisodiy jarayonlar tadqiqi;
– biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularning bajarilishini ob’ektiv baholash;
– ijobiy va salbiy omillarni aniqlash hamda ularning ta’sirini miqdoriy o’lchash;
– xo’jalik taraqqiyoti tendentsiyalari va proportsiyalarini oydinlashtirish, foydalanilmagan ichki xo’jalik zaxiralarini aniqlash;
– ilg’or tajribani umumlashtirish, optimal qarorlar qabul qilish.
Iqtisodiy tahlil korxonalardagi iqtisodiy ishlardan iborat iqtisodiy fanlarning muhim qismi hisoblanadi. U o’z predmeti, ob’ekti va iqtisodiy jarayonlar, hodisalar, vaziyatlarni tadqiq qilish usullariga ega.
Ixtiyoriy fan, jumladan iqtisodiy tahlil predmetini ta’riflash murakkab vazifa. Mazkur muammo o’n yillar davomida ishlab chiqilmoqda, lekin predmetni ta’riflash bo’yicha yagona va yakuniy nuqtai nazar hozircha mavjud emas. Iqtisodiy tahlil predmetining adabiyotlarda tez-tez uchraydigan va ozmi-ko’pmi uning mohiyatiga mutanosib bo’lgan mavjud ta’riflarini olimlar quyidagicha guruhlaydi:
– korxonalarning xo’jalik faoliyati;
– xo’jalik jarayonlari va hodisalari.
Ayni bir ob’ekt turli fanlarda turli jihatdan ko’rib chiqilishi mumkin. Qayd qilish joizki, tahlil jarayon sifatida xo’jalik faoliyatining o’zini emas, balki iqtisodiy jarayonlar oqibati sifatida xo’jalik yuritish natijalarini o’rganadi.
Iqtisodiy tahlil predmetini ta’riflashda professor S.B. Barngolts va professor A.D. Sheremet tadqiqotlari muhim o’rin tutadi. Ularning nuqtai nazariga ko’ra, moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyati ajralmas o’zaro aloqadorlikda o’rganiladi va xo’jalik faoliyatini tahlil qilishda kompleks yondashuv talab qilinadi.
Iqtisodiy tahlil predmeti deganda, professor A.D. Sheremet ta’rificha, korxonalar, birlashmalar, assotsiatsiyalarning xo’jalik jarayonlari, iqtisodiy axborotlar tizimida o’z aksini topuvchi ularning ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida vujudga keluvchi faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi va yakuniy moliyaviy natijalari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlil nazariyasida mahalliy olimlarning ta’riflari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy tahlil muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlar orasida professor M.Pardaev, professor A.V. Vahobov, professor A.T. Ibragimovlarning ishlari ayniqsa e’tiborga molik.
Professor M.Pardaev nuqtai nazariga muvofiq, iqtisodiy tahlil predmeti ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida vujudga keluvchi xo’jalik faoliyati, korxonalar iqtisodiy ahvoli ko’rsatkichlarini yuksaltirish yo’llarini ishlab chiqish hisoblanadi.
Mazkur muammoni ko’rib chiqishga yakun yasagan holda xulosa qilish mumkinki, iqtisodiy tahlil o’z predmeti sifatida xo’jalik sub’ektlarida ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida sodir bo’lgan hamda ma’lum axborot tizimlarida aks etgan iqtisodiy hodisa va jarayonlar hamda ularning yakuniy natijalarini o’rganadi.
Quyidagilar iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  1. Iqtisodiy qonunlar ta’sir xarakterini o’rganish, korxonaning konkret shart-sharoitida iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning qonuniyatlari va tendentsiyalarini aniqlash.

  2. Joriy va istiqboldagi rejalarni ilmiy asoslash: o’tgan 5-10 yil uchun korxona faoliyat natijalarini chuqur iqtisodiy tahlil qilmasdan, istiqbol uchun asoslangan prognozlarsiz, korxona iqtisodiyoti rivojlanishidagi qonuniyatlarni o’rganmay turib, xato va kamchiliklarni aniqlamasdan ilmiy asoslangan rejani ishlab chiqish, boshqaruv qarorlarining optimal variantini tanlash mumkin emas.

  3. Reja va boshqaruv qarorlari bajarilishi, resurslardan tejamli foydalanish ustidan nazorat qilish va erishilgan natijalarni baholash maqsadida tahlil nafaqat dalillar keltirish, balki xato va kamchiliklarni aniqlash hamda iqtisodiy jarayonlarga tezkor ta’sir qilish maqsadida olib borilishi lozim. Aynan shu sababga ko’ra tahlil tezkorligi va amaliyligini oshirish zarur.

  4. Ob’ektiv va sub’ektiv, ichki va tashqi omillarning xo’jalik faoliyatiga ta’sirini o’rganish.

  5. Samaradorlikni yuksaltirish zaxiralarini izlash, korxonaning ilg’or tajriba, fan va amaliyot yutuqlarini o’rganish asosida faoliyat yuritishi.

  6. Iqtisodiyotning erishilgan darajasi, rejalar bajarilishi va ko’rsatkichlar dinamikasi asosida korxona faoliyati natijalarini baholash, mavjud imkoniyatlardan foydalanish va mahsulot hamda xizmatlar bozorida uning o’rnini aniqlash.

  7. Moliyaviy va operatsion risklar darajasini baholash hamda ichki boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqish, korxonaning bozor pozitsiyasini mustahkamlash maqsadida biznes daromadliligini yuksaltirish.

  8. Aniqlangan zaxiralardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.


Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish