Iqtisodiy statistika


www.ziyouz.com kutubxonasi XII



Download 27,89 Mb.
bet143/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

378


www.ziyouz.com kutubxonasi

XII bob. MILLIY DAROMAD VA MILLIY HISOBLAR TIZIMIDAGI BOSHQA DAROMAD KO‘RSATKICHLAR


l- § . Dj. Xiksning daromad haqidagi ta’limoti


Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish davrida daromadlar statisti- kasining ahamiyati yanada ortadi, chunki quyidagi holatlar darom adlar bilan bevosita bog‘liq:
— iqtisodiyotni umumiy holati va aholining turmush da­ rajasi;
— ijtimoiy va soliq siyosatini ishlab chiqish;
— ichki imkoniyatlarni jalb qilib, investitsion jarayonlarni kengaytirish imkoniyatini baholash.
Yuqoridagi maqsadlarda foydalanish uchun daromadlar statistikasining ma’lumotlari iqtisodiy jarayonlarning bog'Iiq holatlarini xarakterlovchi boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlar bilan bog'lanishi lozim: masalan, moliyaviy imkoniyatlarni ifodalovchi ko'rsatkichlar, samaradorlik ko'rsatkichlari bilan va h.k.
Aytish lozimki, daromadga ta ’rif berish buxgalteriya hi­ sobi amaliyotida qo'llanadigan ta’rif bilan to 'g 'ri kelmaydi. Gap shundaki, umuman buxgalteriya hisobi, shu jumladan, darom ad kategoriyasi haqidagi nizom moliya vazirligi to­ m onidan soliqqa tortish darajasini aniqlash va boshqa ma- salalarni yechish maqsadida ishlab chiqiladi. Shuning uchun daromadlarni makro va mikro darajadagi ta ’riflari bir-biridan farq qiladi va ular orasida to 'g 'ridan-to'g'ri bog'lanish
bo'lmaydi. Makrodarajadagi daromadni to 'g 'ridan-to'g'ri


www.ziyouz.com kutubxonasi

mikrodarajadagi daromadlarni qo‘shib aniqlab bo‘lmaydi. Lekin darom adlarni bunday ikki makro va mikrodarajada aniqlashdan iqtisodiy tahlil jarayonida foydalanish m um kin va ular bir-birini to ‘ldiradilar.
Masalan, mikrodarajadagi daromad haqidagi ma’lum otlar asosan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni iqtisodiy jarayonlar- dagi holatini o ‘rganish uchun va yana fiskal siyosatni hal et- ishda foydalaniladi. Makrodarajadagi daromad milliy daro­ mad deb atalib, undan iste’mol va jamg‘arish siyosatini ishlab chiqishda va juda ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qi- lishda foydalaniladi.
Shunisi qiziqki, iqtisodiy ta ’limotda daromad tushunchasi haqidagi ta ’limot ancha og‘ir masala bo‘lib hisoblanadi. Faqat XX asr davomida qator iqtisodchi va statist iklar to ­ monidan darom ad tushunchasi berilgan ta ’riflar bir necha bor o'zgardi. M asalan, I.Fisher daromad tushunchasini oxirgi foydalanish bilan bog‘laydi. Taniqli gollandiyalik statistik
F.Bos o‘zining «Milliy hisoblardagi doimiy tahlil» (1989-y.) nomli asarida darom ad tushunchasini oxirgi iste’mol sum ­ masi va kapital aktivlar zaxirasining sof o‘sishi sifatida tarif- lagan. Lekin uning o‘zi yana shuni tan oldiki, bu ta ’rifni yana boshqa tom onlariga aniqlik kiritish, masalan, kapital tu- shunchasiga yanada aniqlik kiritish lozim deb hisoblagan. Bu masala bo'yicha ham iqtisodiy adabiyotlarda turli xil fikrlar mavjud. M asalan, ko‘p ishlarda kapital — bu barcha chega- raga ega bo'lgan resurslar yig‘indisi sifatida qaraladi. Lekin ko'pchilik mutaxassislarning fikricha, amalda bu ta ’rifni qo‘llash ancha qiyinchiliklarga uchraydi, chunki bu chegara- langan resurslarning bahosi haqidagi m a’lum otlar yo‘q. Shuning uchun kapitalni bozorda sotilishi m um kin bo'lgan (yoki bozor bahosiga ega bo'lgan) resurslar yig'indisi sifatida
qaraladi. Taniqli amerikalik iqtisodchi Samuelson kapital tu-


www.ziyouz.com kutubxonasi

shunchasini, ishlab chiqarish natijasi sifatida hosil bo'lgan natija sifatida yoki ishlab chiqarilgan resurslar sifatida qaraydi. Samuelson fikriga ko'ra tabiiy qazilmalar zaxiralari va boshqa ishlab chiqarilgan aktivlarga qachonki mehnat ta ’sir ko'rsatsa, kapital tusini oladi.
Daromad haqidagi tushunchaning nihoyatda og'ir xarak- terga ega ekanligini, shu sohada dunyoga taniqli bo'lgan ingliz iqtisodchisi Dj.Xiks ham tan olgan. U o'zining «Qiymat va kapital» nomli asarida ko'p taniqi mualliflar bir-birini o'rgangan, shuningdek, o'zlari fikrlarini ham keltirganlar va ularda jamlash va daromad tushunchalariga har xil ta’rif ber- ganlar, ular bir-biriga qarshi va qoniqarsiz fikrlar bo'lganligini e’tirof etgan va umuman ma’lum bo'lgan daromad va jamlash tushunchalari mantiqiy kategoriyalar bo'lmay, balki amali- yotga biroz yaqinlashgan, biznesmenlar uchun amaliy masala- larni to'g'ri hal qilishga qaratilgan tushuncha deb atagan. Shu fikrga taniqli nemis iqtisodchisi va statistika professori P.Fon D er Lippe ham qo'shiladi. Uning fikricha daromadning ta’rifi tahlil va amaliy masalaning yechish maqsadiga bog'liq boMib, daromad — xo'jalik yurituvchi subyektlarga doim tushib tura- digan pul daromadlari summasi hisoblanadi va ular pulning talabiga ta’sir ko'rsatadi. U, binobarin, natural formada tushgan daromadlarni o'z ichiga olmaydi.
Yaqin vaqtlargacha «jamlash» termini to'plangan. pul (muomaladagi va saqlovchi banklardagi) mablag'larini anglatish uchun foydalanilgan. Lekin M HTda u boshqacha m a’noga ega. Jamlash — ixtiyordagi daromadni bir qismi bo'lib, u oxirgi iste’mol maqsadlari uchun sarflanmagan.
Shunday qilib, M HT ta’rifiga mos ravishda jamlash — bu barcha moliyaviy (mavjud pul mablag'lari, depozitlar, qim- matli qog'ozlar, zayomlar, kreditlar va h.k.) aktivlarni va ma­
terial aktivlarni o'sishini anglatadi.


BMTning 1993-yilda qabul qilingan yangi M HTga asosan daromadlarning ko'rsatkichlar tizimi Dj.Xiks ta ’limotiga asoslangan. Uning mohiyati quyidagicha: daro­ mad — bu eng katta summa bo'lib, uni ma’lum davr davomida iste’moi uchun ishlatish mumkin, u holda davr oxiridagi va davr boshidagi kapital hajmi o'zgarmay qoladi. Boshqacha so'z bilan aytganda, daromad ko'rsatkichlari in- sonlarni iste’moli uchun ishlatishi mumkin bo'lgan sum m ani, ya’ni hech qanday kambag'allashishga yo'l qo'ym agan holda ishlatishi mumkin bo'lgan summani ifodalaydi. o 'z fikrini yanada rivojlantirib, Dj.Xiks nazariy tahlil uchun darom ad­ larni ikki xil kategoriyasini keltiradi. Birinchi kategoriya — doimiy, aw aldan ko'rish mumkin bo'lgan tushunchalar oqimi, ikkinchisi — amaldagi tushunchalar oqimi. Dj.Xiks fikricha tahlil uchun ko'proq' darajada xo'jalik yurituvchi subyektlarning xulqini tushuntirib beradi. Uni olish uchun ikkinchi kategoriyadan aw alda ko'rilmagan, favqulodda tu- shumlarni ayirish kerak, jum ladan, inflatsiya natijasida aktiv­ lar hajmini ortishi. Shunday qilib, Dj.Xiksning darom ad haqidagi fikridan quyidagi bir necha aniq xulosalarni qilish mumkin:
Birinchidan, har qanday pul tushumi ham darom ad emas. Albatta, ishlab chiqarishda foydalanilgan ishlab chiqa­ rish vositalarining qiymatini o'rnini to'ldirish uchun kelib tushgan pullar — daromad bo'lib hisoblanmaydi.
Ikkinchidan, jamlashni pul summalarini, bankdagi de- pozitlarni va boshqa moliyaviy aktivlami (aksiyalar, obligatsi- yalar va h.k.) ortishiga tenglashtirib bo'lmaydi, chunki moli­ yaviy aktivlar formasini o'zgarishi natijasida yoki moliyaviy majburiyatlar olish natijasida (jamlash natijasida emas) ham moliyaviy aktivlar hajmi ortishi mumkin. Masalan, qarz ol­
ish, aksiyalar va material aktivlar sotish natijasida ham


pulning hajmi ortishi mumkin. Boshqa tomondan, saqlash- dagi pullar hisobidan material aktivlar (yerni, kvartirani) sotib olish ham pul hajmini kamaytiradi.
Uchinchidan, favqulodda sabablar bilan kapital hajmi- ning ortishi, masalan, inflatsiya tufayli yoki tashqi sabablar bilan (yaqin joyda temir yo‘l o‘tkazilishi tufayli) yoki yer qiy- matining ortishi ham daromad bo‘lib hisoblanmaydi.



Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish