BoMimlar — klassifikatsiyasining jamlovchi kategoriyalari. Ular tarm oqlar iqtisodiyotini yiriklashtirib ko'rsatadi. Umumrossiya iqtisodiy faoliyatlar klassifikatsyasi, xalqaro iqtisodiy faoliyatlar klassifikatsiyasiga o'xshab 17ta bo'lim dan iborat (ular lotin harflari A dan Q gacha).
BoMimlarkategoriyasi — tarmoq klassifikatsiyasining eng yuqori bo'g'ini bo'lib, u mos ravishda tarmoq faoliyatini qo'shadi. Bo'limlar darajasida yirik tarmoqlar bo'yicha jam lovchi ko'rsatkichlar hosil bo'ladi. Bo'limlarga ko'p tarmoqli ishlab chiqarish birliklari kiritiladi.
Bo‘Iimostiga birlashtirilgan faoliyat turlari ikki belgili kategoriyalar bo'lib, ular 01 dan 99 gacha bo'lgan raqamlarga kodlashtirilgan (rezervlarni ham qo'shgan holda). Rezervlar mavjud klassifikatsiyani buzmagan holda yangi paydo bo'lgan ishlab chiqarishlarni qo'shish imkoniyatini beradi. Har bir bo'lim , bir yoki bir necha bo'lim ostini o 'z ichiga oladi. Bo'lim ostidagi bo'lim lar ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatning xususiyatiga qarab, ulardan foydalanish, xomashyo va tayyor buyumlarni qayta ishlash texnologiyasi bo'yicha tuziladi. H ar xil rivojlanish darajasiga ega bo'lgan jahon hamjamiyati mam lakatlar ishlab chiqarish birliklari 60ta bo'lim osti bo'limga birlashtirilgan.
Tarm oq klassifikatsiyasini uchinchi darajasi — guruhlar
uch belgili kategoriyalar bo'lib hisoblanadi. Masalan, 01
bo'lim ostida quyidagi faoliyatlarni ajratish mumkin: Oil, 012 va h.k. Guruhlarga nisbatan bir xil faoliyatlar kiritiladi. Tarmoq klassifikatorining 3 darajasida 21 lta faoliyat turi tashkil etilgan bo'lib — bular boiim ostiga nisbatan bir xil faoliyat turlari hisoblanadi.
IFTKning to'rtinchi darajasi — sinflar — to‘rt belgili kategoriyalar bilan ifodalangan. Sinflarning kod belgilariga uchinchi daraja guruhlar shifri to'liq kiritilib, unga to'rtinchi son qo'shiladi. Sinflar darajasida aniqlik kirituvchi bo'lim bo'lmasa, unga «0» qo‘shib qo‘yiladi.
Sinflar — eng bir xil kategoriyalar bo'lib, ular institut- sional birliklar bazasida faoliyat turlari tarmoqlaridan tashkil topadi. Sinflarga ajratishning muhim belgisi bo'lib, tovar va xizmat turlari hisoblanadi. Jami 406 ta sinf kodlashtirilgan. Ularning ba’zilari uchinchi daraja kategoriyalari bilan mos keladi va bunday faoliyat turlarining juda ham bir xil emas- ligidan dalolat beradi.
Ishlab chiqarishning bir xillik darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar bo'lib quyidagilar: ixtisoslash koeffitsiyenti va qamrab olish koeffitsiyentlari hisoblanadi;
Tarmoqning ixtisoslanishkoeffitsiyenti — shu tarmoqda xarakterli bo'lgan tovar va xizmatlar (qo'shilgan qiymat)ning shu tarmoqdagi ulushi bo'yicha aniqlanadi.
Qamrabolishkoeffitsiyenti shu tarmoqdagi harakatda bo'lgan tovar va xizmatlarning mamlakat bo'yicha shunday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishdagi ulushi bo'yicha aniqlanadi.