Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet159/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

XIV bob. INVESTITSIYALAR VA INVESTITSION FAOLIYAT STATISTIKASI


l - § . Investitsiyalar va investitsion faoliyat haqida tushuncha va statistikaning vazifalari

Milliy iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos holda faoliyat olib borishi uchun m untazam ravishda ilmiy- texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish lozim . Buning uchun yangi texnologiyalarni joriy etish, yangi uskunalarni, xomashyo va m ateriallarni sotib olish, xodim lar malakasini oshirish lozim bo‘ladi. Bunday holatni m untazam ravishda saqlab turish uchun xo'jalik yurituvchi subyektlar m a’lum miqdordagi kapitalga ega bo‘lishlari kerak. Ammo am a ld a doim ham shunday bo'laverm aydi. Shuning uchun rahbarlar va menedjerlar oldida strategik rejalarni amalga oshirish uchun investitsion mablag‘lar m anbalarini qidirib topish masalasi ko‘ndalang turadi.


O 'zbekiston Respublikasida investitsion faoliyatni bosh- qarish asosi bo'lib quyidagi qonunlar hisoblanadi:
1. «Kapital qo'yilm alar sifatida am alga oshiriladigan in­ vestitsion faoliyat haqida»gi (2001 -yil) qonuni;
2 . O 'zbekiston Respublikasidagi xorij investitsiyalari haqida» gi (2002 -yil) qonuni.
B u hujjatlarda investitsion faoliyatning asosiy holatlari va kategoriyalari keltirilgan va biz bu kategoriyalarning asosiylari m ohiyatini ko‘rib chiqamiz.
B ozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizm atlar bozori bi-


Ian birga, kapital bozori ham mavjud bo‘lib, u har xil m oli­ yaviy bozorlar yig‘indisidan tashkil topadi. Moliyaviy bozor- larning asosiy xususiyati shundan iboratki, unda kapital egalari (investorlar) pul mablagMarini taqdim etib, darom adni esa kelajakda talab qiladilar, shu bozom ing boshqa q atnash- chilari kapital sotib olib, uni harakatga keltiradilar, o ‘z loyi- halarini am alga oshiradilar, foyda ko‘rishni rejalashtiradilar va kelajakda ko‘rgan foydalarining m a’lum qismini kapital egasiga foiz sifatida qaytarib beradilar.
Investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda yetakchi o ‘rinni egallaydi, chunki investitsiya orqali kapital jam g‘arm alari jam g‘arishiga va uning natijasida m am lakat- ning ishlab chiqarish im koniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o ‘sishga erishiladi.
Bizning fikrim izcha, investitsiya — uzoq m uddatli resurs q o ‘yilmalari boMib, ular yangi ishlab chiqarishlarni tashkil e t­ ish va eskilaririi m odernizatsiya qilish, texnika va texnologi- yalarning yangi turlarini o'zlashtirish, ishlab chiqarilayotgan m ahsulot (ish, xizm at) hajm ini orttirish va sifatini yaxshilash va shu asosda ko‘zlangan foyda (darom ad)ni olishdir. Inves­ titsiyalash asosida milliy iqtisodiyot miqyosida ayrim re- gionlar iqtisodiy potensiali tenglashtiriladi, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishdagi qing‘irliklar bartaraf etiladi, sha- h ar va qishloqlar ko‘t kiga ko‘rk qo‘shiladi.
Investitsiya lotincha «invest» so‘zidan olingan boMib,
uning aynan tarjim asi «solish» degan m a’noni anglatadi va u ju d a keng m a’nodagi tushuncha. Bir xil investorlar kapitalni korxona yoki kafeni qurishga yoki sotib olishga yo'naltiradilar, boshqalar ishlab chiqarish uskunalarini yoki potok liniyalarini sotib oladilar, uchinchilar mablagMarini ak- siyalar, obligatsiyalar yoki boshqa qim m atbaho q o g ‘ozlarga
q o ‘yadiIar; to ‘rtinchiIar o ‘z jam g‘arm alarini o‘zlarining ilm


va m adaniy saviyalarini ko‘tarish uchun sarflaydilar, beshin- chilar pul mablag‘larini bank depozitiga m a’lum foiz asosida q o ‘yadilar, oltinchilar m a’lum mahsulot ishlab chiqarish uchun patent yoki litsenziya sotib oladilar, yettincnilar kapi- talni kolleksionlashtirish uchun qo‘yadi!ar, kitoblar, m arkalar sotib oladilar va h.k. Bularning barchasi investitsiya boMib hisoblanadi, shuning uchun investitsiyaga yagona, har to- m onlam a ta ’rif berib boMmaydi, chunki u juda keng va chu- q u r m a’nodagi ishlab chiqarish m unosabatlarini o ‘zida aks ettiradi.
Investitsiyalar birinchi navbatda yalpi ichki m ahsulot bir qism ining harakati boMib, ular milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish param etrlarini aniqlab beradi, iste’mol va iqtisodiy o ‘sish qat’iyligini, ijtimoiy rivojlanishning kelajagini real aks ettiradi.
Investitsiyalarning iqtisodiy m azm uni va mohiyati b o ‘yicha qarash va nuqtai nazarlarni tahlili shuni ko‘rsatdiki, turli iqtisodiy fanlar va am aliy faoliyatlarda ular turlicha talqin qilinadi. Umumiy iqtisodiy fanlarda investitsiyalar — kapitalni jam g'arish jarayoni deb qaraladi. Moliya nazari- yasiga ko‘ra, ular boMajak natijalarni qo‘lga kiritish m aqsadida, m azm uni bo‘yicha, hozirgi kapital harakatlarni bildiradi. BM Tning 1953-yilda qabul qilgan M H Tda va shu asosda 1995-yilda qabul qilingan Yevropa M H Tda investit­ siya tushunchasi kengaytirilgan holda o ‘rganilib, asosiy kapi­ talni yalpi jam lanishi, unum dorlikni oshirish yoki xizmat qil­ ish m uddatini ko‘paytirish m aqsadida asosiy kapital elem ent- larini qayta qurollantirish bilan bog‘liq xarajatlardan chiqari- ladi. Bizning fikrimizcha, investitsiyalarning ta ’rifida ularni m ohiyatini bildiruvchi maqsad va funksiyalari o ‘z aksini top- ishi zarur va u aw alo, sarm oya egasi uchun darom ad m anbai
boMib hisoblanadi. U donor (sarm oya egasi)ning bo‘sh pul


m ablag‘larini m uom alaga kiritish orqali unga qo‘shim cha darom ad keltiradi, am m o bunday faoliyat mavjud b o ‘lgan aniq va noaniq risklar bilan bog'liq ekanini esda tutish kerak. Shu bilan birga investitsiya akseptor (sarmoya jalb qiluvchi) uchun ham foydali hisoblanadi. Odatda, investitsiya uchun sarm oya egasiga toManadigan haq (foiz, dividend va h.k. shaklida) kredit uchun to'lanadigan foizdan past bo'lishi uning akseptor uchun qanchalik m anfaatli ekanligidan dalolat beradi.
Investitsiyalarning mohiyati rejali, bozor va o 'tish davri iqtisodiyoti sharoitlarida bir-biridan investitsion faoliyat qat- nashchilari, m oliyalashtirish manbalari, investitsiya riski, in­ vestitsion sikl axborot bazasi, loyihani am alga oshirish sha- roiti va h.k.lar bo‘yicha farq qiladi.
Investitsiyalarni kelib chiqish m anbalariga qarab, ikki xilga: ichki va tashqi investitsiyalarga ajratish mum kin:
ichki investitsiyalar mamlakat milliy darom adining jam g‘ariladigan qismi;
tashqi xorij investitsiyalari bir iqtisodiyotdan ik- kinchisiga o 'tayotgan kapital oqimi bo'lib, ular ichki investit- siyalardan keskin farq qiladi. Ular m am lakatlararo ko'chadi, faqat o ‘z m aqsadini ko‘zlaydi, amal qilish sharoitlari o ‘zgaradi. Xorij investitsiyalari kirib kelishi kapital im port qiluvchi m am lakatlarda soliq, ijara haqqi va boshqa tushum - larni ko‘payishi ta ’m inlanadi.
Iqtisodiyot bo‘yicha N obel m ukofotining laureati (1990- yil) U .F .Sharp eng om m abop bo‘lgan «Investitsiya» nomli darsligida investitsiyalar kelgusida (ehtim ol, nom uayyan) qiy- m atni olish m aqsadida hozirgi vaqtda muayyan qiym atdan voz kechishdir» 1, deb ta ’riflaydi. «Investitsiyalash» atam a-



Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish