Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet114/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

4 -§. Muomala xarajatlari statistikasi

Savdo korxonalari muomala xarajatlariga mahsulotlarni ish­ lab chiqaaivchidan iste’molchiga yetkazish bo'yicha qilingan xarajatlar, umumiy ovqatlanish korxonalari m uom ala xarajat­ lariga esa o ‘zi ishlab chiqarigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar va sotib olingan mahsulotlarni olish uchun qilingan xarajatlar kiradi.


M uom ala xarajatlari iqtisodiy mohiyati bo'yicha sof va q o ‘shim cha xarajatlarga ajratiladi:
Sof muomala xarajatlari — tovar-pul alm ashuvini tashkil
etish bilan, tovarlar egasini almashtirish bilan bog‘liq bo'lgan xarajatlarni o ‘z ichiga oladi.
Q o‘shimcha muomala xarajatlari — savdo tarm og‘ida ish­
lab chiqarish jarayonini davom ettirish bilan bog‘liq bo'lgan xarajatlarni o 'z ichiga oladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha qo'llaniladigan us-
lubiy tavsiyanom aga asosan, m uom ala xarajatlari quyidagi m oddalardan tashkil topadi:
— transport xarajatlari (tashqi tashkilotlar xizmatlar
haqini to 'lash);


— ish haqi to'lovlari;
— ijtimoiy ehtiyojlar uchun to'lovlar;
— im oratlar, inshootlar, binolar, uskuna va asbob- uskunalarni asrash va ijaraga olish xarajatlari;
— asosiy vositalar amortizatsiyasi;
— asosiy vositalarni ta ’mirlash xarajatlari;
— sanitar va maxsus kiyim-bosh eskirishi, oshxona ji- hozlari, o'lchov asboblari va boshqa tez eskiradigan buyum - lam ing eskirish;
— yoqilg'i, gaz, elektroenergiyadan ishlab chiqarish ehti- yojlari uchun foydalanish;
— tovarlarni asrash, qayta ishlash, qayta sortlarga ajratish, qadoqlash xarajatlari;
— reklama xarajatlari;
— qarzlardan foydalanilgani uchun to'langan foizlar;
— texnologik chiqindilar va tovarlarni tabiiy yo'qotish;
taralarga xarajatlar;
— boshqa xarajatlar.
M uom ala xarajatlari hajmi ikkita ko'rsatkich orqali ifodalanadi:
1) Muomalalar xarajatlarining mutloq hajmi — yuqorida qayd etilgan m oddalarning yig‘indisidan tashkil topadi.
2) Muomala xarajatlarining nisbiy darajasini aniqlash uchun muom ala xarajatlari hajmi tovar aylanish hajmiga bo'linadi va foizlarda ifodalanadi:
u=M X /T a x 100%; bunda, M X — m uom ala xarajatlari hajmi;
Т а — tovar aylanish hajmi.
Bu ko'rsatkich 100 so'm lik tovar aylanishini amalga oshirish uchun necha so'm m uom ala xarajati qilinganini
ko'rsatadi.


M uom ala xarajatlari dinamikasini o ‘rganishda quyidagi ko'rsatkichlar hisoblanadi:
— m uom ala xarajatlari hajmining pasayishi (ortishi) haj­
mi:
A u= ui-u 0;
Bu ko‘rsatkich 100 so‘mlik tovar aylanishni am alga oshirishdagi xarajat hajm ini pasayishi (ortishini) ifodalaydi.
M asalan, bazis davrda m uom ala xarajatlarining tovar ay- lanishiga nisbatan darajasi 14%, joriy davrda esa 16% ni tash­ kil etgan (uo=14% , u i= 16 % ). U holda Ди=16% -14% =:+2% yoki 2 so‘mga ortgan.
— m uom ala xarajatlari darajasining pasayishi (o'sishi) tempi:
ui-uo/uo x 100 yoki Ju x 100 — 100 M asalan, yuqoridagi misolimizda,
Ju= 16 / 14= 1,143 yoki 114,3%. Demak, m uom ala xarajat­ lari darajasi 14,3% ga ortgan.
— m uom ala xarajatlari darajasining o ‘zgarishi hisobiga qilingan iqtisod (ortiqcha sarflash) summasi:
I= ( u i- u 0/100 ) x T a;
I=(16 % -14 % ) x 100 m .s.=+ 2 % x 100 m .s.= + 2 m.s. o r­
tiqcha sarflangan.
M uom ala xarajatlarining nisbat darajasi faqat korxonalar faoliyatining sam aradorlik darajasiga bog‘liq boMmay, balki tovarlar va m aterial xarajatlar elem entlari va xizm at tarif- lariga bo'lgan baholarga ham bog‘liq. Shuning uchun yuqori­ dagi ko'rsatkichlar tizim ini hisoblashdan aw a l hajm ko'rsatkichlarini solishtirm a (o‘zgarmas) baholarda hisoblash lozim boMadi. Buning uchun aw alo baho indekslarini hisoblab, so‘ngra am aldagi tovar aylanish va m uom ala xara-
jatlarini shu indeksga boMish kerak.



Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish