Iqtisodiy siyosatga kirish


Agrar siyosatining asosiy vazifalari



Download 41,5 Kb.
bet2/3
Sana28.05.2023
Hajmi41,5 Kb.
#945384
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiy siyosat fani Mustaqil ishi

Agrar siyosatining asosiy vazifalari.
Agrar sohadagi jarayon va qarashlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki kishilarning shu sohadagi qarashlari, jarayonlari va qonunlari tizimidagi faoliyatini ochib berishdir.Agrar siyosatning boshqa bir muhim vazifalaridan biri agrar qonunchilikka ta’sir ko’rsatish hisoblanadi. Agrar sohada bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida davlat, birinchi navbatda, agrar bozordagi ishlab chiqaruvchilar va ist’emolchilar huquqlarini himoya qilish vazifasini qo’yadi. Iqtisodiy faoliyat bir me’yorda ketishi uchun faoliyat ko’rsatuvchi sub’ektlar qonuniy himoya qilingan bo’lishi kerak. Avvalo, xo’jalik yurituvchilarning yerga nisbatan va mulkka nisbatan faoliyatlarini erkin bo’lishiga erishish lozim. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mulk huquqini kafolatlaydigan agrar qonunchilik zarur. Agrar siyosatning aniq vazifalariga quyidagilar kiradi:  mamlakat aholisini iqtisodiy asoslangan baholardagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;  qishloq xo’jaligining umumiy daromad yaratish sohasidagi ishtirokini ta’minlash;  atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilish. Umuman olganda, O’zbekiston qishloq xo’jaligini rivojlantirish quyidagi muhim strategik maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi: - Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda qishloq xo’jaligida “dekapling” samarasiga erishish va organik qishloq xo’jaligini rivojlantirish; - Paxta va g’alla maydonlarini maqbul bo’lgan nisbatlargacha qisqartirish va ulardan bo’shagan yer maydonlariga aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan qishloq xo’jaligi ekinlari ekish va shu orqali oziq –ovqat xavfsizligini ta’minlash; - Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportini ko’paytirish orqali mamlaakatimizga valyuta tushumini oshirish; - Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish orqali qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda shu asosda aholi bandligi va turmush darajasini oshirish.
Agrar islohotlar.

Qishloq xoʻjaligidagi islohotlar — davlatning yerga mulkchilik munosabatlari va yerda xoʻjalik yuritish usullarini oʻzgartirishga karatilgan chora-tadbirlari majmui. Dastlab Agrar islohotlar konsepsiyasi maqsad va vazifalari, yoʻnalishi, uni oʻtkazish bosqichlari aniqlab olinadi. Shunga asoslanib Agrar islohotlarni oʻtkazishning aniq chora-tadbirlari belgilanadi va ularni davlat amalga oshiradi. Tarixda Agrar islohotlarning 3 turini koʻrish mumkin. Birinchisi — anʼanaviy (natural, biqiq, qoloq) iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtishni koʻzlovchi Agrar islohotlar Ular jumlasiga 19-20-asrlarda Yevropa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi Agrar islohotlarni kiritish mumkin. Ikkinchisi — bozor xoʻjaligidan totalitar-rejali tuzumga oʻtishni koʻzlagan va proletariat diktaturasi yordamida amalga oshirilgan Agrar islohotlar Uchinchisi — 90-yillar boshidan sobiq sotsialistik mamlakatlarda rejali iqtisodiyotdan qayta bozor munosabatlariga oʻtishga qaratilgan Agrar islohotlar Birinchi toifadagi islohotlar qishloq xoʻjaligida tovar ishlab chiqarishni oʻstirib, uni bozor iziga solishni moʻljallaydi.


Zamindorlar mulki boʻlgan yer uni ekadiganlarga — dehqonlarga haq toʻlash sharti bilan yoki bepul beriladi, yerga dehqonlarning xususiy mulki oʻrnatiladi. Dehqonlar tabaqalashib, ularning bir qismi boylarga aylansa, boshqa qismi yollanma ishchilarga aylanadi. Agrar islohotlar qishloq xoʻjaligida mexanizatsiyani qoʻllab, bu sohadan ish kuchini siqib chiqarishga olib keladi. Agrar islohotlar fermerlar sinfini shakllantirib, ularning mavqeini mustahkamlaydi. Ikkinchi toifadagi Agrar islohotlar sobiq SSSR, Mongoliya, Sharqiy Yevropa davlatlarida va boshqa mamlakatlarda amalga oshirilgan. Bunday islohotlar natijasida yer toʻla-toʻkis yoki qisman xususiy mulkdorlar tasarrufidan chiqarilib, davlat mulkiga aylantiriladi, mustaqil dehqon xoʻjaligi oʻrniga davlat rejasiga binoan ishlovchi davlat xoʻjaligi va jamoa xoʻjaliklari barpo etiladi, ularni hukumat toʻla nazorat qiladi.
Bu islohotlar qishloqdagi erkin bozor munosabatlarini yoʻqotadi, qishloq xoʻjaligida stimullar soʻna borganidan u inqirozga yuz oʻgiradi, oziq-ovqat taqchilligi doimiy tus oladi. Uchinchi turdagi Agrar islohotlar davlatlashtirilgan qishloq xoʻjaligidan erkin bozor xoʻjaligiga oʻtishni koʻzda tutadi, ular natijasida yerga davlat egaligi qisman yoki toʻla-toʻkis bekor qilinadi, yerni ijaraga ishlatishga ruxsat beriladi, davlat va jamoa xoʻjaligining mulki dehqonlar oʻrtasida bepul, qisman bepul, yoxud haqini toʻlash sharti bilan taqsimlanadi. Dehqon (fermer) xoʻjaligi asosiy xoʻjalik turiga aylantiriladi, bu xoʻjalik bozor talabiga qarab va oʻz manfaatini koʻzlab ish yuritadi.20-asr davomida Oʻzbekistonda Agrar islohotlarning soʻnggi ikki turi amalga oshirildi. Shoʻrolar davrida yer-suvlar ularning egalaridan tortib olinib, dehqonlarga berildi.
Lekin tez orada ulardan yana tortib olinib davlat mulkiga aylan-tirildi. Bunday islohotlar 1917-22 yillarda oʻtkazildi. 1925-26 yillarda yer-suv islohoti oʻtkazildi. Bu islohotlarda mahalliy boylarga qarashli yerlarning bir qismi yersizlarga bepul taqsimlab berildi. Bunday islohotlar natijasida bozorga ishlovchi mustaqil dehqon hoʻjaligi rivojlandi. Ammo bu uzoqqa bormadi, chunki 20-yillar islohoti qishloqni yoppasiga jamoalashtirish bilan yakunlandi. 1929-32 yillar mobaynida dehqon xoʻjaligi tamoman tugatilib, oʻrniga davlat va jamoa xoʻjaliklari barpo etildi, qishloq xoʻjaligi totalitar-rejali tizim girdobida qoldi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, yangi mazmunga ega boʻlgan islohotlar boshlandi. Respublikada tub Agrar islohotlarning huquqiy 153asoslarini yaratadigan qonunlar qabul qilindi. Jumladan, „Yer toʻgʻrisida“ (20.06.1990), „Oʻzbekistonda tadbirkorlik toʻgʻrisida“ (15.02.1991), „Davlat tasarrufidan chikarish va xususiylash-tirish toʻgʻrisida“ (19.11.1991), „Ijara toʻgʻrisida“ (19.11.1991), „Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida“ (3.07.1992), „Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida“ (9.12.1992), „Yer soligʻi toʻgʻrisida“ (6.05.1993) va boshqa qonunlar hamda hukumat qarorlari qishloq xoʻjaligida koʻp ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yoʻl ochdi. 1998-yil aprelda chiqilgan „Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida“, „Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida“, „Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida“ qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilindi.
Qishloqda mulkdorlar sin-fini shakllantirish siyosatdagi muhim yoʻnalishga aylandi. Oʻzbekistonda bozor tizimini yaratishga qaratilgan yangi Ai. davomida davlat va jamoa xoʻjaliklari yerining bir qismi (jami 500 ming ga) aholiga tomorqa tarzida foydalanish uchun berildi. Natijada 1996-yil aholining tomorqa xoʻjaligida yer 640 ming gani tashkil etdi. Yangi Agrar islohotlar ikkinchi yoʻnalishi — bu qishloqni fermerlashtirish, yaʼni davlat va jamoa xoʻjaliklari oʻrniga dehqon va fermer xoʻjaliklarini tashkil etishdan iborat. Yerga davlat mulki saqlangani holda yer xoʻjalik yuritish uchun merosga oʻtish sharti bilan dehqonlarga berildi. 1996-yil jami 19,5 ming dehqon va fermer xoʻjaligi ishladi.
Agrar islohotlarning uchinchi yoʻnalishi saqlanib qolgan davlat va jamoa xoʻjaliklarida dehqonlarning ulushbay mulkiga oʻtishdan iborat boʻldi. Xoʻjaliklardagi molmulk pulga chaqilib, u dehqonlarga ulush (pay) qilib berildi. Dehqonlar umumiy mulkdagi ulushiga qarab haq oladigan boʻldilar. Agrar islohotlar Oʻzbekistonning xususiyatini hisobga olgan holda yangi mulkchilik va bozorga mos xoʻjalik usullarini bunyod etish yoʻnalishida bormoqda.


XULOSA
Xulosa qiladigan bo’lsak, agrar siyosatni amalga oshirishning strategik vazifalari bo’lib iqtisodiyot bo’yicha samarali raqobatbardosh agrosanoat ishlab chiqarishini shakllantirish, ijtimoiy soha bo’yicha qishloq aholisi turmush darajasini oshirish va qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ekologiya borasida esa ekologik toza iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish va agrosanoatning
texnologik darajasini oshirish hamda resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali tabiiy resurslarni saqlab qolish hisoblanadi. Agrar siyosatning ob’ekti milliy agrosanoat majmuasi doirasida shakllanadigan va o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste’mol munosabatlari yig’inidisidir. Zamonaviy agrar siyosat uni amalga oshirish bilan bog’liq aniq mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga oluvchi yondashuvlar o’z ichiga oladi. Agrar siyosat qishloq hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirish, yer resurslaridan samarali foydalanish, qishloqlar aholisi bandligi va turmush darajasini o’sishini ta’minlashga qaratilgan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatlaridan biridir.
Agrar siyosatni amalga oshirishning eng muhim yo’nalishlari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz:

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga byudjet mablag’larini ajratish;

  • qishloq xo’jadigi korxonalari uchun alohida imtiyozli soliq rejimini qo’llash;

  • davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligining oziq-ovqat va xom-ashyo mahsulotlarini sotib olish, saqlash, qayta ishlash va yetkazib berishni amalga oshirish;

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorini bojxona-tarif va turli notarif yo’llar bilan tartibga solish;

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorini antimonopol siyosat bilan tartibga solish.


Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish