FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUT Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi
“Iqtisodiy siyosatga kirish” fanidan TEZIS
Bajardi: 72I-20I guruh talabasi O’rinboyev.I Qabul qildi: Xomidov. M Un tortish yorma omuxta sanoati Un-yorma sanoati - oziq-ovqat sanoatiimng galla donlarini qayta ishlaydigan tarmogʻi. Asosiy mahsuloti un va yorma. Un tortish qadimdan maʼlum. Dastlab donlar yorgʻuchoq (toshyorma) va oʻgʻirda yanchilgan, qoʻl tegirmonda yorma yoki un qilingan, keyinchalik suv tegirmonlari, 17-asrda kam suvli joylarda shamol tegirmonlari qurildi. 1786-yil Buyuk Britaniyada, 1818-yilda Rossiyada bugʻ bilan ishlaydigan dastlabki tegirmonlar paydo boʻldi. Elektr energiyasi paydo boʻlishi bilan tegirmonlar asosan shu energiya bilan ishlatila boshlandi va soha jadal rivojlandi.Hozirgi kunda O’zbekistonda 2022 yida aholini bug’doy va un maxsulotlari bilan barqaror taminlash maqsadida respublikada 1 mln 27 ming gektar yer maydonida bug’doy ekildi,natijada joriy yilning iyun- iyul oylarida 7 mln 679 ming tonna hosil yetishtirish rejalashtirilgan. Shuningdek 2021 yilda bug’doy hosilida 6 mln 656ming tonna bug’doy yetishtirilgan bo’lib shumdan 2 mln 533ming tonnasi respublika don zaxiralari uchun « O’zdonmaxsulot » ga qolgan 4 mln 123 ming tonnasi axoliva fermer ixtiyorida qolgan.O’tgan yil yakuniga qadar 2 mln 771 ming tonna bug’doy doni va357.7 ming tonna un xususiy sektor tomonidan asosan Qozog’istondan import qilingan hamda 26.8 ming tonna bug’doy doni (Tojikistonga 94%va Qozog’istonga 6%) va 949.1 ming tonna un (1 mln 265 ming tonna bug’doy hisobida) Afg’onistonga eksport uchun yo’naltirilgan. Bundan tashqari vazirlar maxkamasining 31 martdagi qaroriga muvofiq « Oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risidagi » qarori qabul qilindi. Bunga ko’ra O’zbekiston 2022 yilning aprel- iyul oylarida Qozog’istondan 100 ming tonna 3 –sinf bug’doyini maqbul narxlarda import qiladi.Ichki va tashqi bozorlardagi vaziyatdan kelib chiqib yana 500 ming tonna bug’doy hariq qilish rejalashtirilimoqda.Hozirgi kunda bozorlardan kelib chiqqan holda 1 tonna bug’doy narxi 1 mln.300 ming so’mmiqdorda belgilanmoqda.
Yorma oziq-ovqat maxsulaoti ko’pincha sholi,no’xat,bug’doy makkajo’xori singari donlarni maxsus mashinada oqlab yoki maydalab tayyorlanadi.Fiziologik asoslangan ovqatlanish me’yorlarigako’raovqat uchun 1 yildaaholi jon boshiga o’rtacha 14-15 kilogramm turli Yorma maxsulotlarini istemol qilish tasvsiya qilinadi.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda bugʻdoy uni oziq-ovqat mahsuloti tayyorlashda asosiy oʻrinda turadi. Bu mamlakatlarda aholi jon boshiga non isteʼmol qilishning pasayib borishiga qaramay, un ishlab chiqarish hajmi oʻsib bormokda. AQSH, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Meksika, Braziliya va boshqa mamlakatlarda unyorma ishlab chiqarish sanoati yaxshi taraqqiy etgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak hozirgi kunda O’zbekistonda un yorma sanoati yaxshi rivojlanib bormoqda lekin bu rivojlanishning o’zi biz uchum kamlik qilmoqda.Buning uchun davlatimiz fermerlar uchun klasterlarga o’tishi uchun qulay sharoit yaratib berishi lozim.Sifatini yaxshilash maqsadida yoshlarimizni yaxshi mutaxasis qilib tayyorlash va tadbirkorlarga keng ko’lamli imkoniyatlar ochib berish kerak. Nega aynan bizni yurtda Qozog’iston unlaring narxi o’zimizning unga nisbatan qimmat sifati ham yaxshi biz ham shunday natijaga eshishimiz mumkin buning uchun bizga ozgina vaqt kerak bo’ladi.Chet eldan investitsiyalar va un yorma maxsuloti uchun kerak bo’ladigan yangicha texnalogiyalarni jalb qilishimiz lozim.