Iqtisodiy siyosat. Yer-suv islohotlari. Sanoatlashtirish siyosati va uning mustamlakachilik mohiyati



Download 30,3 Kb.
bet3/3
Sana10.03.2023
Hajmi30,3 Kb.
#917972
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiy siyosat. Yer-suv islohotlari. Sanoatlashtirish siyosat

3-masala:
XX-asr 20-yillari o‘rtalaridan e’tiboran hukmron kommunistik partiya va sovet davlatining butun diqqat-e’tibori sovetlar mamlakatini industrlashtirishga qaratildi. Buning asosiy sababi shundaki, industrlashtirish SSSRda sotsializm qurish dasturiy rejasining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanardi. Shu sababdan, 1925-yil dekabr oyida VKP(b) XIV-s’ezdida mamlakatni industrlashtirish partiyaning sotsializmni barpo etishga qaratilgan bosh strategik vazifasi, deb belgilanishi bejiz emas edi.
O`zbekistonda sanoatlashtirish ishini amalga oshirish orqali sovetlar ko‘p narsaga umid bog‘lagandilar. Eng asosiysi, ular bu o‘lkada ko‘plab sanoat korxonalari va tarmoqlarini yaratish yo‘li bilan uning bitmas-tuganmas boy tabiiy va mineral resurslarini ishga solish, arzon mahalliy ishchi kuchidan foydalanish va oxir oqibatda Markaz uchun ko‘proq foyda undirib olishni ko‘zlaganlar. Bu mintaqada sanoat-lashtirish jarayonining tashabbuskori va tashkilotchisi bevosita hukmron Markaz va Kommunistik partiya bo‘ldi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, Ittifoq hukumatining sanoatlashtirish rejasida O`zbekistonda zamonaviy yirik industriyal tarmoqlarni emas, balki ko‘proq xom ashyoni, ayniqsa, paxta xom ashyosini qayta ishlaydigan sanoat korxonalarini, tog‘-kon sanoatini rivojlantirisjhga asosiy urg‘u berilgandi. Negaki, bu hudud Markaz uchun ko‘proq xom ashyo mahsulotlari yetkazib berishga ixtisoslashtirilishi kerak edi.
O`zbekistonda 1925-yili atigi 21 sanoat tarmog‘iga taalluqli 149 ta sanoat korxonasi mavjud edi. Ular ham asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga moslashgan, uncha katta bo‘lmagan korxonalar edi. Industrlashtirish yillarida O`zbekiston energetik resurslarga nihoyatda boy bo‘lishiga qaramay, kuchli gidroenergetik inshoatlar qurilishi sust olib borildi. Agar O`zbekistonda 20-yillar oxirida bunyod etilgan to‘ng‘ich Bo‘zsuv GESi bilan Ukrainada qurilgan DneproGES quvvatini bir-biriga solishtiradigan bo‘lsak bunda katta farqli manzara hosil bo‘ladi. Negaki, DneproGESning 50 ming kv/s quvvati bilan Bo‘zsuv GESining esa 2 ming kv/s quvvatini bir-biriga qiyoslab bo‘lmasligi o‘z-o‘zidan ravshandir. Bu ham O`zbekistonning Ittifoq davlati nazdida ko‘proq iqtisodiy qoloq o‘lka sifatida gavdalanishi kerakligiga yaqqol ishoradir.
Sanoatlashtirish davrida respublikada 17 ta paxta tozalash zavodlari barpo etildi. Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Marg‘ilon va Shahrisabzda pillakashlik fabrikalari, Farg‘ona (1930) va Toshkent (1936–1939) to‘qimachilik korxonalari, Chirchiq elektrokimyo (1937) kombinatlari, Toshkent mashinasozlik zavodi, bir necha konserva, g‘isht pishirish va urug‘ yetishtirish korxonalari qurildi. Ularning mahsulot ishlab chiqarish hajmi va salmog‘i ham yil sayin ortib bordi. Chirchiq, Yangiyo‘l kabi sanoat shaharlari vujudga keldi. 1925–1940-yillar davomida respublikada qurilgan GESlar soni 49 taga yetdi. Toshkent – Angren temir yo‘li, Toshkent – Termiz katta o‘zbek trakti avtomobil yo‘li qurildi.
Ikkinchi jahon urushiga qadar bo‘lgan davrda O`zbekistonning sanoat salohiyati 1445 ta yirik va o‘rtacha sanoat korxonalarini hamda 19 mingga yaqin mayda korxonalarni o‘z ichiga olardi. Garchand sanoat qurilishi urushgacha bo‘lgan yillarda ancha ko‘zga ko‘rinarli tarzda rivojlanib, muayyan yutuqlarga erishib borgan bo‘lsada, biroq bu sohada ko‘plab jiddiy muammolar va nuqsonlar mavjud edi. Avvalo, Ittifoq davlati bilan respublika o‘rtasida imperiyachilik munosabatlari tizimi, yuqoridan tazyiq qilish amaliyoti, rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlik usullari O`zbekiston sanoati tarmoqlarida chuqur salbiy asorat qoldirdi. Mustabid tuzum tomonidan O`zbekiston sanoatini rivojlantirish siyosatining amalga oshirilishi orqasida respublika Ittifoqning rangli va nodir metallar, oltingugurt, ozokrit, volfram, molibden, paxta tolasi, xom ipak bilan ta’minlovchi mintaqasiga aylantirildi.
O’zbekistonda bunyod etilgan sanoat korxonalarining ko‘pchiligi xom ashyo yoki yarim mahsulot turlarini tayyorlashga ixtisoslashgan edi. Ular boshqa hududlardagi korxonalarda tayyor mahsulotlarga aylantirilar edi. Bu esa Ittifoq hukumati xazinasiga mo‘may valyuta daromadlarining kelib tushishini ta’min etar edi. Yana shunisi ajablanarliki, O`zbekistonda qurilgan sanoat korxonalarining asosiy qismi uning bevosita tasarrufida bo‘lmay, ular to‘lig‘icha Ittifoq ixtiyoriga bo‘sunardi. 30-yillarning o‘rtalariga kelib Ittifoq tasarrufida bo‘lgan korxonalar 90% ni tashkil qilgan. Buning ustiga industrlashtirishning butun og‘irligi mehnatkash xalq zimmasiga og‘ir yuk bo‘lib tushgan. Ular og‘ir sharoitlarda mehnat qilishga, bu murakkab jarayonlarning barcha qiyinchiliklariga bardosh berishga majbur edilar.
Respublikada industrlashtirishning yana bir xarakterli tomoni shundaki, bu jarayon davomida malakali ishchi kuchi yetishmaganligidan RSFSR hududidan bu yerga juda ko‘plab odamlar oqimi kirib keldi. Ular hisobiga respublikaning ishchilar sinfi saflari to‘ldirilib borildi. Jumladan, 1926-yildan to 1940-yilga qadar O`zbekiston aholisi yangi kelganlar hisobiga 750 ming kishiga yoki 10% dan ortiqroqqa ko‘paydi. SSSRning markaziy tumanlaridan aholining sun’iy tarzda ommaviy ko‘chiriib kelinishi ko‘p jihatdan xalq xo‘jalik mulohazalari bilan emas, balki ko‘proq siyosiy mulohazalar taqozasi bilan amalga oshirilgan edi. Shuningdek, bu tuzum mutasaddilari aholining moddiy, ma’naviy manfaati, shaxsiy qiziqishi, tashabbuskorligi masalalariga mumkin qadar panja ortidan qarar, bularni ikkkinchi darajali ish deb hisoblar edi.
Shunday qilib, sanoatlashtirish yillarida partiya va sovet hukumatining so‘zi bilan amaliy ishi o‘rtasida yakdillik va uyg‘unlik bo‘lmadi. Xalq ommasining o‘n yillar davomida to‘kkan peshona teri, amalga oshirgan tinimsiz mehnati, chekkan zahmati, fidokorligi unga yengillik, baxtu farovonlik keltirmadi. Buning aksicha xalqning mehnat jasorati va bunyodkorlik faoliyati samarasi 30-yillarga kelib mamlakatda bo‘y ko‘rsatgan “kazarma sotsializmi” o‘pqonini to‘ldirishga xizmar qildi. Bu esa tariximizning fojeali sahifasi bo‘lib totalitar tuzumning SSSR hududida qaror topib, chuqur ildiz otib borishiga asosiy sabab bo‘ldi.
Download 30,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish