Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Mundarija Kirish


Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va cheklanganligi



Download 0,75 Mb.
bet17/18
Sana20.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#684951
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
kurs ishi iqt.naz.

Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va cheklanganligi


Yuqorida keltirilgan iqtisodiyot borasidagi mushohadalardan kelib chiqib, nima sababdan iqtisodchilar dunyoga tanqislik nuqtai-nazardan boqishlarini ko’rish mumkin.
Tanqislik tushunchasi iqtisodiy resurslar cheklangan mahsulotlar va xizmalart turlarini ifodalaydi.Tanqislik insondagi istagancha tanlab olish imkoniyatini cheklab, bizga mavjud narsalarnigina tanlay olishni talab qiladi. Endi biz hamma narsalardan xohlagancha foydalana olmasdan, mavjud narsalar bilangina kifoyalanishimiz kerak ekanligini anglatadi. “Hech qachon sichqon tutgichda tekin pishloq bo’lmaydi” degan oddiygina naql iqtisodiyotni o’zagini tashkil etadi. Aytaylik, siz biror-bir mahsulotdan bepul foydalandingiz deylik, ammo huddi shu mahsulotni ishlab chiqargan boshqa bir ishlab chiqaruvchi unga qanchadir mablag’ safrlagan-ku!


III BOB : XULOSA
Tanqislik tushunchasi iqtisodiy resurslar cheklangan mahsulotlar va xizmalart turlarini ifodalaydi.Tanqislik insondagi istagancha tanlab olish imkoniyatini cheklab, bizga mavjud narsalarnigina tanlay olishni talab qiladi. Endi biz hamma narsalardan xohlagancha foydalana olmasdan, mavjud narsalar bilangina kifoyalanishimiz kerak ekanligini anglatadi. “Hech qachon sichqon tutgichda tekin pishloq bo’lmaydi” degan oddiygina naql iqtisodiyotni o’zagini tashkil etadi. Aytaylik, siz biror-bir mahsulotdan bepul foydalandingiz deylik, ammo huddi shu mahsulotni ishlab chiqargan boshqa bir ishlab chiqaruvchi unga qanchadir mablag’ safrlagan-ku! Biror–bir oddiy bo’lib ko’ringan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ham qanchadir o’lchamdagi yer maydoni, ish quroli, qo’l mehnati, bunyodkorlik salohoyati kabilar talab qilinadi.
So'nggi o'n yil ichida firma yoki korxonada resurslarni tejash muammosi ayniqsa keskinlashdi. Mavjud korxonalami texnik qayta jihozlash yoki rekonstruksiya qilish - ulami resurslarni tejaydigan texnologiyalarga o'tkazish zarur. Korxonada resurslaming doimiy aylanishi va o'zgarishi bilan ulami tejash va samarali ishlatish juda muhimdir.
Resurslarni tejash-ishlab chiqarish omillaridan iqtisodiy va samarali foydalanish bilan bog'liq chora-tadbirlar majmui. Barcha resurslar bir xil tezlikda aylanmaydi - ba'zilari ishlab chiqarish jarayonida to'liq iste'mol qilinadi, boshqalari, masalan, uskunalar-qisman va ko'p hollarda bir xil emas va ulaming iste'mol darajasi asosan ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish xodimlarining ta'sirining etarliligi bilan belgilanadi. Resurslarni tejash-iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish muammolarini hal qilish uchun barcha turdagi resurslardan (moddiy, mehnat, tabiiy, moliyaviy va boshqalar) foydalanishni anglatadi.
Resursni tejashga rioya qilish texnologiya va texnologiya sifatining muhim xususiyati hisoblanadi. Agar ishlab chiqarish va ishlatish uchun kamroq mablag ' sarflashni talab qilsa, texnika resurslarni tejash hisoblanadi. Resurs tejovchi texnologiya kam yoki chiqindilarsiz texnologiya deb ataladi. Resursni tejash zarurati ko'plab turdagi resurslaming etishmasligi, tabiatdagi zaxiralaming kamayishi, ishlab chiqarish xarajatlarining sezilarli darajada oshishi va boshqa omillar bilan bog'liq.
1. Iqtisodiyotning bosh masalasi - ehtiyojlaming cheksiz o‘sib borishi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi o‘rtasidagi ziddiyat va uni hal qilish yo‘lini izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni yechish zaruriyati kishilar oldiga quyidagi muammolami qo‘yadi: a) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslami ko‘proq ishlab chiqarishga jalb qilish;
b) mavjud resurslaming har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish;
v) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalami joriy qilib, yangi energiya, material, xomashyo turlari, ulaming manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslardan foydalanish samaradorligining oshishiga erishish;
g) kishilaming chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishi.
2. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yo‘l va unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko‘pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shunday bo‘lsada, ular bir-birini to‘ldiradi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalarini mutlaq va doimiy haqiqatga ega deb bo‘lmaydi. Turli-tuman fikr va qarashlar olamidan haqiqatni izlab topish chuqur iqtisodiy bilim va tafakkumi taqozo etadi.
3. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani barcha iqtisodiy fanlaming nazariy-uslubiy asosidir. U fundamental fan bo‘lib, insonlami jamiyatning iqtisodiy asoslarini ilmiy tadqiq etishga yo‘naltiradi, ulami nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi.
4. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy qonunlari va kategoriyalari to‘g‘risidagi fan bo‘lib, u turli ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. 5. Iqtisodiyot nazariyasi nafaqat nazariy fan, balki u bevosita amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Iqtisodiyot nazariyasini bilmay turib, murakkab iqtisodiy jarayonlami to‘g‘ri hal qilib bo‘lmaydi.
6. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani doirasida inson va jamiyatning yashashi hamda faoliyatining ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy tomonlarini tadqiq qilish va bilish mumkin.
7. Iqtisodiyot nazariyasining bilish, amaliy, uslubiy va g‘oyaviytarbiyaviy vazifalari mavjud. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, о‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy vatanparvarlik, milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda iqtisodiyot nazariyasi g‘oyaviytarbiyaviy vazifasining ahamiyati tobora oshib bormoqda.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish