4.Muomala harajatlarini tarkibi va ularni tashkil topishiga tasir etuvchi omillar.
Savdo korxonasining faoliyati uning tuzilish vaqtidan boshlab mehnat, material va moliyaviy resurslarning turli harajatlari bilan bogliq. Oz tabiatida bu harajatlar ikki asosiy turga ajratiladi -joriy va uzoq muddatli harajatlar.
Savdo korxonasining joriy harajatlari korxonaning tovarlarni sotib olish, olib kelish, saklash va sotishga, material-texnik bazaga xizmat korsatish; xodimlarni saqlash va shu kabi xojalik faoliyatida yechiladigan masalalar bilan bogliq harajatlaridir.
Uzoq muddatli harajatlar esa (investitsiyalar) qurilish, tamirlash yoki yangi savdo binolarini sotib olish, yangi turdagi mashina, mexanizm va uskunalar sotib olish, turli nomaterial aktivlar sotib olish, qimmatli qogozlarning uzoq muddatli portfelini pgayushantirish kabi strategik masalalarni hal etish harajatlaridir,
Savdo korxonasining joriy harajatlari, asosan, uning muomala harajatlari bilan ifodalanadi, Muomala harajatlari deganda korxona, muassasa yoki tashkilotning savdo-ishlab chitsarish faoliyati uchun sarflangan mehnat, material va moliyaviy resurslarning pul shaklidagi ifodasi tushuniladi, YAni tovarlarni ishlab chiqarishdan to istemolchilarga yetkazishgacha boladigan jarayonlarga sarflanadigan harajatlar muomala harajatlarini tashkil etadi. Yuk tashish, mehnat haqi, ijtimoiy sugurta, majburiy mol-mulk sugurtasi, asosiy fond amortizatsiyasi, sanitariya kiyimlari, sochiq, dasturxon, arzon baho va tez eskiruvchan buyumlarning eskirishi, oshxona idishlari va ovqatlanish anjomlari uchun, ishlab chiqarish uchun sarflanadigan gaz va elektr quvvati, tovarlarni saklash, qayta ishlash, saralash va joylashtirish, reklama, imoratlarni saqlash, remont qilish va ijara harajatlari, tovarlarni sotish jarayonidagi nobudgarchiliklar idish harajatlari va shu kabi qator harajatlar kiritiladi.
Chakana savdo tashkilotlarining muomala harajatlari - aholiga yuqori sifatli madaniy xizmat qilib, ularning kun sayin osib borayotgan talab va ehtiyojlarini imkon qadar tolaroq qondirish uchun tovarlarni istemolga yetkazib bsrish uchun qilinadigan zaruriy harajatlardai iborat boladi. Shu boisdan ham chakana savdoda muomala harajatlari miqdorini kamaytirish uchun mavjud va foydalanmasdan yetgan imkoniyatlarni aniqlash va ishga tadbiq qilish iqtisodiyotning muhim vazifalaridandir.
Savdo korxonasining muomala harajatlarining absolyut summasi, savdo faoliyati harajatlilik darajasi, harajatlar samaradorliga darajasi, muomala harajatlarining rentabellik darajasi kabi korsatkichlar bilan ifodalanadi.
a) Savdo korxonasi muomala harajatlarining absolyut summasi savdo korxonasining joriy harajatlari hajmi haqida umumiy tasavvurni shakllantiradi, lekin ushbu harajatlarning samaradorlik darajasi haqida malumot bermaydi.
b) Savdo faoliyatining harajatlilik darajasi muomala harajatlari summasining tovar aylanishi summasiga nisbatining foizdagi ifodasi sifatida aniqlanib, tovarlarning sotilish narxida savdo korxonasining joriy harajatlari ulushini korsatgan holda korxona xojalik faoliyatining tejamkorligi haqidagi eng muhim sifat korsatkichi hisoblanadi.
v) Savdodagi muomala harajatlari samaradorlik darajasi harajatlilik darajasiga teskari korsatkich bolib, u korxonaning muomala harajatlari birligiga togri keladigap tovar aylanishi hajmini ifodalaydi.
g) Muomala harajatlarining rentabellilik darajasi foyda summasining muomala harajatlari summasiga nisbatining foizdagi ifodasi, yani joriy harajatlar samaradorligining asosiy korsatkichlaridan biridir.
Savdo korxonasining joriy harajatlarining tejamkorlik sharti, uning savdo faoliyati harajatliligi darajasini tushurishga intilishi bilan harakterlanadi. Harajatlarni pasaytirish umuman savdo faoliyatining foyda miqdori, rentabellik darajasi, iqtisodiy ragbatlantirish fondlariga ajratmalarning yuksalib borishi; raqobat ustunliklarining kolga kiritilishi, yani savdoni erkinroq olib borilishi va boshqa teng ehtimolli vaziyatlarda kattaroq foydaga erishishga qolga kiritilishiga sharoit yaratilishidan iborat.
Savdo korxonalarida mehnatni mexanizatsiyalash vositalarini joriy etish bilan, xususan tovarni qadoqlash vositalari bilan jihozlanish orqali harajatlar darajasi pasaytiriladi, Ammo, shuni ham esda totish lozimki, chakana savdoda muomala harajatlari miqdorini kamaytirish, xizmat korsatish sifatini oshirish, alohida harajat talab etuvchi tovarlar sotuvini yolga qoyib borish bilan, joriy yildagi qisqa muddatli iqtisodiy foyda uchun strategik rivojlantirish masalalarini hal etib borish bilan bir qatorda olib borilishi kerak bolgan faoliyatdir. YAni muomala harajatlari summasini foyda miqdoriga nisbatan kamaytirish korxonaning vazifasi, lekin maqsadi emasligi kozda tutilishi kerak.
Muomala harajatlari iqtisodiy tarkibi, mazmuni va harajatlar yonalishiga kora bir qancha belgilari boyicha tasnif qilinadi.
Birinchi guruhga kiradigan harajatlar tovarlarni sotish bilan bogliq bolgan, transport, ammortizatsion, reklama, tovarlarning nobudgarchiliklari, idish-qoplama, sugurta, xavfsizlik, marketing va boshqa harajatlardir.
Ikkinchi guruh bu boshqaruv harajatlari bolib, mamuriy va boshqaruv xodimlari ish haqi, ijtimoiy sugurta, ijara va asrab-saqlash, tamirlash, amortizatsiya (asosiy fondlardan) hisobi, ajratmalar, majburiy sugurta, xizmat safarlari va shu kabi harajatlardan iborat.
Uchinchi guruh esa boshqa operatsion harajatlar, yani xodimlar tayyorlash. Maslahat-konsultatsiya, auditorlik ishlari, qoshimcha tatil, bepul tovar tarqatish (xodimlarga), qoshimcha nafaqa, bank xizmati, majburiy budjet tolovlari, jarimalar va sud harajatlari, aybdor shaxslar aniqlanmagan vaqtdagi zararni qoplash va boshqa harajatlardir.
3. Muomala xarajatlarini minimallashtirish.
Muomala harajatlarini kamaytirishda mehnat upumdorligini oshirish, mehnat va moliyaviy rssurslardan foydalanishda iqtisodiy tsjamkorlikka rioya qilish hamda hisob va iqtisodiy tahlilning togri yolga qoyilishi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun savdo korxonasida muomala harajatlarini boshqarishning asosiy maqsadi bolib, kozda tutilgan tovar aylanishi va foyda hajmipi taminlaydigan darajada ular summasi va darajasini maqbullashtirish hisoblanadi.
Savdo korxonasi muomala harajatlarini samarali boshqarish uchun ularning klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan bolib, bu klassifikatsiya muomala harajatlarini hisoblash, tahlil qilish, rejalashtirish va nazorat qilish jarayonida ishlatiladi va quyidagi asosiy belgilar boyicha olib boriladi.
Muomala harajatlarini kamaytirishda iqtisodiy tejamkorlik, hisob va iqtisodiy tahlilning togri yolga qoyilishi muhim ahamiyatga ega.
Tahlilning vazifalari joriy davr rejalarini tekshirish va baholash, tejalgan va ortiqcha sarflangan mablaglar summasini hisoblash, harajatlarning bir necha yillar mobaynidagi ozgarish dinamikasini belgilash, rejadan farq qilish sabablarini organish, muomala harajatlariga tasir korsatuvchi barcha omillarni aiiklash, muomala harajatlarini kamaytirish uchun imkoniyatlarni topish, kelgusi davr rejasini ishlab chiqishda tahlil materiallaridan foydalanish kabilardan iborat.
Tahlil jarayonida muomala harajatlarini organishga doir analitik ishlar malum izchillikda otkaziladi: avvalo, umuman savdo korxonasi boyicha muomala harajatlari rejasining bajarilishi tekshirilib, umumiy baho beriladi, keyin muomala harajatlari darajasi tovar aylanishi hajmiga nisbatan belgilanadi, savdo korxonalari ish sifatining muhim korsatkichlaridan biri bolib, foyda bilan chambarchas boglikdir. Muomala harajatlari darajasi qanchalik kam bolsa, boshqa teng sharoitlarda foyda shunchalik yuqori boladi. Songra tahlilni yanada chuqurroq otkazish uchun harajatlarni har bir moddasi boyicha tahlil qilishga otiladi.
Tahlilda muomala harajatlari mutlaq summasining ozgarishiga tasir korsatuvchi omillar ham aniqlab olinadi. Bu omillarni umumiy qilib ikki yirik omilga bolish mumkin: tovar aylanishi hajmining ozgarishi va muomala harajatlari ortacha darajasining ozgarishi.
Tovar aylanishi hajmi ozgarishining muomala harajatlari summasiga tasirini aniqlash uchun hisobot davridagi tovar aylanishi hajmini rejadagidan farqini rejadagi muomala harajatlarining ortacha darajasiga kopaytirib yuzga bolinadi.
Muomala harajatlari ortacha darajasining ozgarishini muomala harajatlari summasining ozgarishiga tasirini aniqlash uchun hisobot davridagi muomala harajatlarining ortacha darajasi farqini hisobot davridagi tovar aylanishi hajmiga kopaytirib, yuzga bolinadi.
Yuqorida aytilgan omillardan tashqari muomala harajatlari darajasiga quyidagi omillar ham tasir korsatadi.
Tovar ishlab chiqarish bilan bogliq bolgan omillar.(yani tovar sifati va talabga mosligi).
Tovar narxi ozgarishining tovar aylanishiga tasiri omili.
Tovarlarni transportga ortish-tushirish bilan bogliq bolgan omillar. Tovarlarni markazlashtirilgan tartibda, konteynerlardan foydalangan holda yetkazib berish ular bilan bogliq harajatlarni ancha kamaytiradi.
Savdo jarayoni bilai bogliq bolgan omillar. Bu omillarga tovar aylanishi hajmi va tuzilishi, xizmat korsatishning ilgor shakllarini va savdoda ilgor tajribalardan foydalanishni kiritish mumkin.
Tahlil jarayonida hisobot yilidagi korsatkichlar otgan yilgi hisobot korsatkichlari bilan hamda rejadagi korsatkichlar bilan taqqoslanib, ortiqcha sarflangan va tejalgan miqdor aniqlanadi.
Muomala harajatlarining ozgarishiga tasir qiluvchi omillar aniqlangandan song choraklar va bolimlar boyicha muomala harajatlarining bajarilishi tahlil qilinadi.
Bunday tahlilning mohiyati shundan iboratki, choraklar va bolimlar boyicha muomala harajatlari darajasining pasayishi yoki kopayishi hisobiga hisobot davridagi tovar aylanish hajmiga iisbatan nisbiy tejalgan yoki nisbiy ortiqcha sarflangan muomala harajatlari summasini aniqlashga imkoniyat yaratib beradi. Nisbiy tejalgan yoki nisbiy ortiqcha sarflangan muomala harajatlari summasini topish uchun hisobot davridagi tovar aylanishi hajmi muomala harajatlarining ortacha darajasi boyicha farqiga kopaytirilib, 100ga bolinadi. Tahlil jarayonida muomala harajatlari ortacha darajasining ozgarishiga tasir korsatuvchi omillar ham aniqlanadi. Muomala harajatlari ortacha darajasining ozgarishiga tovar aylanish hajmining tarkibiy tuzilishini ozgarishi ham tasir korsatadi. Buni aniqlash uchun tovar guruhlari boyicha tovar aylanishini ulushi farqi rejalashtirilgan muomala harajatlarining ortacha darajasiga kopaytirilib foiz hisobidagi sonlarning yigindisi 100ga bolinib, hisobot davridagi tovar aylanishi hajmiga kopaytiriladi.
Muomala harajatlari darajasining ozgarishiga yuqorida aytib otganimizdek yana quyidagi omillar tasir korsatishi mumkin; tovarlarga qoyiladigan chakana baholarning ozgarishi, savdo shaxobchalaridagi, ombordagi va yoldagi tovarlarning tez aylanishi, savdo korxonalariga tashqaridan jalb qilinadigai ishlar uchun belgilangan tarif darajalarining ozgarishi, ilgor shakllarni qollash, mayda savdo korxonalarini yiriklashtirish kabi tadbirlar oz navbatida muomala harajatlarini pasaytirishga olib keladi.
4.Savdo korxonalarining muomala xarajatlari tahlili.
Savdo korxonalari boyicha muomala harajatlarini organish harajatlarning qaysi moddasi va turi hisobiga tsjamkorlikka erishilgan yoki ortiqcha harajatlar qilinganligini aniqlash imkonini bermaydi, shu tufayli muomala harajatlari rejasining bajarilishi harajatlarning har bir moddasi, moddalar ichida esa harajat turlari boyicha tahlil qilinadi.
Moddalar boyicha harajatlar tahlili jadvallarda hisoblab chiqiladi. Tahlilni chuqurlashtirish uchun tovar aylanish hajmi ozgarishining va boshqa omillarning moddalar boyicha harajat miqdoriga tasiri yuzasidan hisoblar otkaziladi.
Savdoda barcha muomala harajatlari harajat moddalari va turlariga qarab tasniflanadi. Muomala harajatlarini moddalar boyicha tasnif qilish harajatlar tuzilishini koplab harajatlar talab qiladigan moddalarni aniqlashga imkon beradi.
Shunday qilib, muomala harajatlarini tovar aylanishi hajmiga bogliq va bogliq bolmagan dsb ikki guruhga: shartli - ozgaruvchan va shartli ozgarmasga ajratish mumkin. Bular tahlilidan maqsad har ikkala korsatkichlar boyicha mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlashdan iborat. Shartli ozgaruvchan muomala harajatlari nisbiy farqi rejadagi shu harajatlar tovar aylanishi rejasining bajarilgan foiziga kopaytirilib 100ga bolinadi, rejadagi shartli ozgarmas muomala harajatlari qoshilib hisobot davridagi muomala harajatlari bilan taqqoslanadi.
Savdo korxonalarining yangi tizimida muomala harajatlarining moddalari boyicha rejalashtirilishi korxona tomonidan ishlab chiqiladi. Shartli ozgaruvchan va shartli ozgarmas muomala harajatlarini boshqacha uslub bilan ham, yani nisbiy farqni hisoblash (korxona boyicha) orqali ham aniqlash mumkin.
Mehnatga haq tolash fondi shtatni aniqlashni ifodalovchi xojalik faoliyatining eng muhim korsatkichlaridan biridir. Mehnatga haq tolash fondidan foydalanishni tahlil qilishda, dastlab fondning tsjalishiga yoki ortiqcha harajat qilinganligiga baho beriladi. Bunday baxo chetlanishlarning sababini aniqlashga, mehnat haqi fondidan foydalanishda yuz bergan kamchiliklarni bartaraf qilish tadbirlarini ishlab chiqishga imkon beradi. Bunday tahlildan fondning togri sarfi, fond boyicha mutlaq va nisbiy tejam va oshiqcha sarfni aniqlash, fond tejami yoki ortiqcha sarfini hisoblab ularga tasir korsatuvchi omillarni aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Tahlilda mehnat haqi fondida mehnat haqini hisoblash qaydnomalari, statistik hisobot va reja malumotlari fondni tahlil qilish materiallari bolib hizmat qiladi. Taxlil materiallar tanlash va tayyorlash, zaruriy hisob-kitoblarni otkazish, tahlil korsatkichlarini organish, savdo korxonasi boyicha fondning ayrim elementlari boyicha sarflanayotgan mablaglarga baho berish va xulosa chiqarib olish kabi jarayonlarni oz ichiga oladi.
Shuni eslatib otish kerakki, tovar aylanishi rejasining bajarilishi, asosan sotuvchilarga bogliq bolgani uchun, mehnat haqi fondining (sotuvchilarniki) mutlaq farqini aniqlash bilan birga nisbiy farqni aniqlash ham kerak.
Reja boyicha sotuvchilar mehnat haqi fondi tovar aylalishi rejasining bajarilish foiziga kopaytirib yuzga bolinadi va hisoblangan korsatkich haqiqatda sotuvchilarning mehnat haqi fondi bilan taqqoslanadi. Chiqqan natija fond boyicha nisbiy yoki ortiqcha sarfni korsatadi.
Mehnat haqi fondining ozgarishi quyidagi omillarga bogliq.
1. Tovar aylanishi hajmining ozgarishi. Bu omilning tasirini aniklash reja boyicha belgilangan mehnat haqi fondi tovar aylanish rejasining ortiqcha yoki kam bajarilgan foiziga kopaytirilib, 100ga bolinadi.
2. Sotuvchilar soni boyicha nisbiy farqning ozgarishi. Ikkinchi omil sotuvchilar sonining nisbiy farqi, bu uchun esa rejadagi sotuvchilar sonini tovar aylanishi rejasining bajarilish foiziga kopaytirib, yuzga bolinadi, keyin chiqqan natijani haqiqatda ishlagan sotuvchilar soni bilan taqqoslanadi.
3. Bitta sotuvchiga togri keladigan ortacha yillik mehnat haqi miqdorining ozgarishi. Bu omilning tasirini aniqlash uchun bitta sotuvchiga togri keladigan ortacha yillik mehnat haqidagi farqni hisobot davridagi sotuvchilar soniga kopaytiriladi.
XULOSA
Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik tеkshiruvidan o’tkazishdan maqsad sodir bo’lgan xo’jalik muomalalarini hisobga olish va soliqqa tortishda qo’llanilayotgan tartibning O’zbеkiston Rеspublikasi mе'yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Tеkshiruv jarayonida auditor quyidagi masalalarni hal etadi:
-ishlab chiqarish xarajatlari tasnifini nizom talablariga mosligini aniqlash;
-egri xarajatlarni taksimlanish usullarni maksadga muvofiqligini tasdiqlash;
-tayyor mahsulotni baholash boyicha usul asosli tanlab olinganligi va togri qollanilayotganini tasdiqlash;
-tayyor mahsulot toliq kirim qilinayotganligini aniqlash;
-jonatilgan va sotilgan mahsulotlar hajmlarini tasdiqlash; -jonatilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxini tasdiqlash.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish boyicha hisob yuritilishi holatini tеkshirish bo’yicha ma'lumot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarish xarajatlari hisob qaydnomalar, tayyor mahsulotni omborda hisobga olish bo’yicha varaqalar, prеyskurantlar, mahsulotni еtkazib bеrish to’g’risida shartnomalar, schеtfakturalar, sotish bo’yicha daftarlar, tayyor mahsulotni bеrish to’g’risida yuk xatlari, xaridorlar ishonchnomalari, tushum kеlib tushganligi to’g’risida dastlabki bank va kassa hujjatlari (to’lov talabnomalar, talabnoma-topshiriqnomalar, kirim kassa ordеrlari va boshqalar), 2010, 2810, 2910, 9010, 9110, 5010, 5110, 4010-sonli va boshqa schеtlar bo’yicha hisob rеgistrlari (ro’yxatnomalar, jurnal-ordеrlar, mashinogrammalar), Bosh kitob, "Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot" (2-sonli shakl) va boshqalar.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining to’g’riligini va mahsulot, ish hamda xizmatlar tannarxi to’g’risidagi hisobotni tuzishning to’g’riligini nazorat qilish uchun quyidagilarni tеkshirish lozim: hisobot davridagi haqiqiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarida o’z vaqtida, to’liq va ishonarli aks ettirilishi; ishlab chiqarishga xarajat qilingan xom ashyolar, matеriallar, yoqilg’ilar, ehtiyot qismlar va yoqilg’i-moylash matеriallarini baholashning to’g’riligi; bеlgilangan xarajat smеtalari, lavozim maoshlari, tarif stavkalari, ishlab chiqarish xodimlarining mеhnatiga haq to’lash va mukofotlash haqidagi Nizomga rioya qilish ustidan nazoratning ta'minlanganligi; noishlab chiqarish sarflari va yo’qotishlarning paydo bo’lish sabablari hamda hisobdan chiqarilishning asoslanganligi.
Asosiy xarajatlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarining to’g’ri va asoslangan hamda mе'yorlarga muvofiqligini tеkshiriladi. Mahsulot (ish, xizmat) larning rеjadagi va hisobot kalkulyatsiyasining to’g’riligini xarajat moddalari bo’yicha tеkshiriladi. Natijada rеja va haqiqiy tannarx o’rtasidagi tafovutlarni moddalar bo’yicha tahlil qilinib, tafovutlar sababi aniqlanadi. Xom ashyo va matеriallarni sarflashning to’g’riligi, baholar to’g’riligini tеkshirish mеtodlari, mahsulot (ish, xizmat) birligiga to’g’ri kеladigan sarf mе'yoriga rioya qilinishi tеkshiriladi. Brak (yaroqsizlik) dan ko’rilgan yo’qotishlar va ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarini yopishning to’g’riligini tеkshirish.
Auditor shuni yaxshi bilishi zarurki, mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxi buxgaltеriya hisobida oddiy faoliyat turlari bo’yicha hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) va rеalizatsiya bilan bog’liq sarflar yig’indisi kabi aniqlanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlari to’langan vaqtidan qat'iy nazar (oldin yoki kеyinchalik to’langan), qaysi hisobot davriga taalluqli bo’lsa, shu davr tannarxiga qo’shiladi.
Auditor ushbu xo’jalik muomalasini asossiz, ya'ni o’tgan yildagi mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxini sun'iy ravishda oshirgan va moliyaviy natijani hamda foyda solig’ini pasaytirgan dеb topdi va tuzatish kiritishni tavsiya qildi. Shu bilan birga to’langan ijara haqi kеyingi yil davomida umumiy summaning 1G`12 qismi miqdorida har oyda xarajatga hisobdan chiqarishi lozimligini tushuntirdi. O’zbеkiston Rеspublikasi «Buxgaltеriya hisobi to’g’risida»gi qonunining 9-moddasiga muvofiq korxonada sodir etilgan barcha xo’jalik muomalalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki amalga oshirilib bo’lingandan so’ng tеgishli dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Xarajatlarni hujjatlashtirish tamoyili auditorning xarajatlarni asoslash uchun isbotlovchi hujjatlarning mavjudligi, hamda ushbu muomalalarni buxgaltеriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini tasdiqlash vazifasini bеlgilab bеradi.
Yuqorida nomi qayd qilingan, «Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom» ga muvofiq barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
1.Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bеvosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bеvosita va bilvosita mеhnat xarajatlari;
v) boshqa bеvosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar.
2.Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmasdan, davr sarflari tarkibida hisobga olinib, asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar:
a)sotish xarajatlari;
b)boshqaruv xarajatlar (ma'muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa muomala xarajatlari va zararlar.
3. Xojalik yurituvchi sub'еktlarning umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda yoki ko’rilgan zararlarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan, uning moliyaviy faoliyatiga doir xarajatlar:
a)foizlar bo’yicha sarflar;
b)xorijiy valyuta muomalalari bo’yicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qogozlarga qoyilgan mablaglarni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |