Iqtisodiy praktikum


Daromadlarning o`sishida mehnat unumdorligining roli



Download 321,5 Kb.
bet4/6
Sana16.12.2022
Hajmi321,5 Kb.
#888107
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi

3. Daromadlarning o`sishida mehnat unumdorligining roli
Mikroiqtisodiy darajada har qanday korxona, firma yoki kompaniyaning asosiy "bosh og`rig`i", (muammosi) olinayotgan daromadlarning muttasil ko`payib, o`sib borishini ta`minlashdir. Daromadlarning ko`payishiga ta`sir etuvchi omillar juda ko`p. Ularga asosan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, reklamani yo`lga qo`yish, mahsulotning yangi bozorlarini ochish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va hokazolar kiradi. Daromadlarni ko`paytirishning aytib o`tilgan omillari yoki yo`nalishlarining har biri ham muhim. Biroq har qanday sharoitda ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan asosiy omil mehnat unumdorligidir.
Mehnat unumdorligi ko`rsatkichi korxona (firma) ishini, uning xo`jalik faoliyati samaradorligini ko`rsatadi. Bu ko`rsatkichni o`lchash (yoki aniqlash) juda ham oson. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar yoki ko`rsatilgan xizmatlar qiymatini, ya`ni daromadlar summasini ishlab chiqarishda yoki xizmat ko`rsatishda band bo`lgan ishchilar va xodimlar soniga taqsimlash kifoya, ya`ni:

Fikrimizni yanada oydinlashtirish uchun quyidagi shartli misolni keltiramiz. Firmada ishlovchi ishchi va xodimlar soni 50 kishini tashkil etadi va unda bir oyda 50 mln. so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi va sotildi, deylik. Oddiy arifmetika yo`li bilan mazkur firmada ishlovchi har bir kishining oylik mehnat unumdorligi 1,0 mln. so`mni tashkil etganini aniqlash qiyin emas. Muayyan tadbirlarni amalga oshirish, masalan, yangi texnologiyani joriy qilish natijasida kelgusi oyda o`sha 50 kishi mehnat qilayotgan firmada 55 mln. so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi, deylik. Demak, firmada mehnat unumdorligi 1,1 mln. so`mni tashkil etdi yoki o`tgan oyga qaraganda 10 foizga o`sdi.
Xo`sh, mehnat unumdorligi korxona (firma) daromadlarini ko`paytirishning hal qiluvchi omili bo`lsa, uning o`zi nimaga bog`liq?
Hozirgi davrda mehnat unumdorligiga bevosita ta`sir qiluvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-mehnat resurslarining sifati;
-mashina va texnologik uskunalarning sifati;
-resurslardan foydalanish samaradorligi;
-mehnatni tashkil etish va boshqarish darajasi.
Endi ushbu omillarning har biri xususida alohida to`xtalib o`tamiz.
Mehnat resurslarining sifati - mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko`rsatish bilan band bo`lgan ishchilarning ma`lumoti va malakasi qancha yuqori bo`lsa, ular ma`lum vaqt (smena, oy, kvartal yoki yil)da shuncha ko`p mahsulot (xizmat) yaratadi va aksincha. Shu sababli mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yangi ta`lim andozalari va dasturlari yaratilayotgani va ta`lim tizimini chuqur isloh qilish asosida zamon talablariga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash vazifasi hal etilayotganini uzoqni ko`zlab amalga oshirilayotgan ish deb baholash mumkin.
Mashina va texnologik uskunalarning sifati. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnika vositalarining sifat darajasi (unumdorligi, ishonchliligi va hokazo) qancha yuqori bo`lsa, korxona (firma)da ma`lum vaqt ichida shuncha ko`p va sifatli mahsulot ishlab chiqariladi, binobarin, uning daromadlari ham shuncha ko`p bo`ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish arafasida mamlakatimizda foydalanib kelingan ishlab chiqarish texnikasi aksariyat hollarda eskirgan, ya`ni 20-30 yillar davomida ishlayotgan edi. Shu sababli O`zbekistonda mehnat unumdorligi dunyodagi eng past ko`rsatkichlardan biri edi, desak xato bo`lmas. Shu sababdan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar ishlab chiqarishni tubdan zamonaviylashtirish, xorijiy mamlakatlardan kelayotgan sarmoya (investitsiyalar)ni, avvalambor, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgandir.
Resurslardan foydalanish samaradorligi. Har bir korxona yoki firma mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish uchun muayyan moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanadi. Mahsulot birligiga sarflanayotgan resurslar xarajati qancha kamaysa, daromadlar shuncha ko`paya boradi.
Demak, har qanday iqtisodchi yoki menejerning, korxona (firma) rahbari yoki tadbirkorning muhim vazifasi ishlab chiqarishga sarflanayotgan resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, ya`ni mahsulot (xizmat) birligiga sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirishdir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan hozirgi kunda rivojlangan deb tan olingan mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatmoqdaki, resurslardan foydalanish samaradorligi ko`p jihatdan menejer - boshqaruvchi faoliyatiga bog`liq. Ishchilarni yollash va ularni o`qitish, mehnat unumdorligi yuqori bo`lgan ishchini tegishli tarzda moddiy rag`batlantirishni ta`minlash, "imillagan" ishchi yoki xodimni ishdan chetlatish kabi o`nlab muhim vazifalarga aynan menejer javob beradi.
Mehnatni tashkil etish va boshqarish darajasi. Mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatishning barcha bo`g`inlari va bosqichlari ishchi kuchi sarfi bilan bog`liq. Shuning uchun har bir ish o`rniga kasbiy bilim va mahorati etarli bo`lgan ishchilarning tanlanishi va ularning mehnat faoliyati uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarning yaratilishi juda muhim ahamiyatga ega.Kasbiy bilimi va mahorati yuqori bo`lgan ishchi malakasiz va tajribasiz ishchiga nisbatan yuqoriroq unumdorlik bilan mehnat qiladi va, binobarin, ma`lum vaqt mobaynida korxonaga ko`proq daromad (foyda) keltiradi.Ishchi qanchalik malakali bo`lmasin, uning mehnat faoliyati uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlar yaratilmagan bo`lsa, u yo pastroq unumdorlik bilan ishlaydi, yoki umuman bekor turib qoladi. Masalan, qurilish ob`ektiga binolarni bo`yash uchun zarur bo`lgan buyoqlar o`z vaqtida va kerakli miqdorda etkazib berilmadi, deylik. U holda nima bo`lishini o`zingiz bir tasavvur qilib ko`ring.Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, mehnat unumdorligini oshirish har qanday xo`jalik yurituvchi sub`ekt daromadlarini ko`paytirishning bosh omili bo`lib xizmat qiladi.

Download 321,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish