modellariga tayangan holda, mikrodarajada o‘sishning dinamik modellarini tuza boshlashdi. Ta’kidlangan modellarni tuzishda firmalar chiziqli dasturlash uslublaridan va V.Leontevning ishlab chiqarish funksiyasidan foydalanishdi. Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va iqtisodiy o‘sishga erishishga intilishlari neoklassik yo‘nalish vakillarini iqtisodiy o‘sishning neokeynscha modellariga muqobil bo‘lgan o‘sish modellarini yaratishga faol kirishishga undadi. Bu yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R. Solou va ingliz iqtisodchisi J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik firmalarga o‘z resurslaridan potensial o‘sishga erishish maqsadi to‘laroq foydalanish imkonini berish uchun, iqtisodiyotga davlat aralashuvini qat’iy cheklash lozim degan fikrni olg‘a surishdi. Ular yaratgan modellarning metodologik asoslari bo‘lib, shuningdek, mehnat, kapital va erni ijtimoiy mahsulotni yaratishning mustaqil omillari deb qarovchi ishlab chiqaish omillarining klassik

nazariyasi xizmat qildi. Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo‘lib chekli (chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra ishlab chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu omillarning chekli mahsulotlari (omillarning qo‘shimcha birligi hisobiga yaratilgan qo‘shimcha mahsulot) bilan belgilanadi. Noklassik maktab nazariyotchilari iqtisodiy o‘sishning neokeynscha nazariyalarini uch jihat bo‘yicha tanqid qildilar: - birinchidan, ular e’tiborni faqat iqtisodiy o‘sishning bir omiliga-kapital jamg‘arishga (investitsiyalarnining qo‘shimcha o‘sishiga) qaratishdi. Boshqa omillar(ayniqsa texnologik taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar, ya’ni ishchi kuchining ma’lumot darajasi va malakasining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi hamda boshqalar) ular e’tiboridan chetda qoldi. Neoklassiklar bo‘sh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish uchun yangi ishchi kuchini jalb qilish hisobiga ham ishlab chiqarishning qo‘shimcha o‘sishini ta’minlash mumkin deb hisobladilar; - ikkinchidan, neokeynschilar ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti-s (s= I / Δ Y )ni o‘zgarmas deb qaradilar. Neoklassik modellar esa