Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar
Iqtisodiy o’sish, avvalo, foydalanilayotgan resurslarning soni va sifatiga, shuningdek, foydalanilayotgan texnologiyalarga bog’liq. Agarda, qaralayotgan omillar va iqtisodiy o’sish tarkibiy qismlari yaxlitlashtirilgan bo’lsa, iqtisodiy o’sishni ekstensiv va intensiv o’sishga bo’lish mumkin. Ya’ni, foydalanayotgan resurslar miqdori o’zgarmay qolgan holda ishlab chiqarish o’ssa, to’liq intensiv omillar hisobiga amalga oshgan hisoblanadi.
Umuman olganimizda iqtisodiy o’sish bir nechta omillarga bog’liq. Bular:
tabiiy resurslar soni va sifati;
mehnat resurslari soni va sifati;
asosiy kapital hajmi;
texnologiyalar.
Ushbu omillarning barchasi ishlab chiqarishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu esa iqtisodiy o’sish istiqbollarini belgilashda ishlab chiqarish funktsiyalaridan keng foydalanish imkonini beradi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish omillari miqdorining qo’shimcha o’sish sur’atlari (ΔK/K va ΔL/L) va texnika taraqqiyoti natijasida ularning umumiy unumdorligini qo’shimcha o’sish sur’atlariga (ΔA/A) bog’liq holda mahsulot ishlab chiqarishning qo’shimcha o’sish sur’atini (ΔY/ Y) hisoblash imkonini beradi:
ΔY/Y= ΔA/A+ α x ΔK/K+ (1- α) x ΔL/L
Bunda α koeffitsienti ishlab chiqarilgan mahsulotda kapital hissasini, (1- α) - mehnat hissasini ko’rsatadi.
Faraz qilaylik, milliy mahsulotda kapital hissasi 0,3 ni, mehnat hissasi esa 10,3 = 0,7 ni tashkil etsa, unda kapital (ΔK/K) va mehnatning (ΔL/L) 10% ga qo’shimcha o’sishi ishlab chiqarish hajmining ham 10 % ga qo’shimcha o’sishiga olib keladi. (0 ,3 x 10 % + 0,7 x 1 0% = 3% + 7% = 10%). Ya’ni, iqtisodiy o’sish ekstensiv omillar hisobiga ro’y bergan. Ammo, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi intensiv omillar hamma vaqt ham qadrlangan va iloji boricha ulardan foydalanishga harakat qilinadi. Shuning uchun ham davlat iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlash maqsadida, fan-texnikaning istiqbolli yo’nalishlarini belgilash, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, soliq mexanizmi va tizimini iloji boricha ixchamlashtirish kabi ishlarni olib boradi.
Uzoq muddatli iqtisodiy o’sishni asoslash uchun Keynsning asosiy makroiqtisodiy modelini rivojlantirishga birinchi urinish Roy Xarrod va Evsey Domarlar tomonidan amalga oshirilgan. Bu modellar o’rtasida unchalik katta farq bo’lmaganligi sababli ham Xarrod-Domar modeli deb yuritiladi.
Modelda ko’zda tutilgan asosiy faraz milliy daromadni kapital miqdoriga proportsionalligi hisoblanadi:
Y= ϭK
Bu erda, Y-milliy daromad, K- milliy daromadni yaratish uchun foydalanilgan kapital miqdori, ϭ-kapital qaytimi koeffitsienti.
Ushbu formuladan foydalanib ϭ-kapital qaytimi koeffitsientini aniqlashimiz mumkin:
ϭ= Y / K
Kapital qaytimi koeffitsienti yoki kapitalning o’rtacha unumdorligi birlik kapital hisobiga yaratiladigan daromad miqdorini ko’rsatadi.
Δ Y = ϭ x ΔK
Daromadning qo’shimcha o’sishi kapital qo’shimcha o’sishiga teng.
Agar kapital qo’shimcha o’sishini investitsiyalar sifatida qarasak, ya’ni ΔK=I, unda ifoda quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
ΔY= ϭ x I
Endi iqtisodiyotda jamg’arish me’yori (Sy) doimiy miqdor hisoblanadi, jamg’armalar esa investitsiyalarga teng deb faraz qilsak, unda
S= I= Sy xY
I= ΔY/ ϭ bo’lgani uchun ΔY/ ϭ= Sy xY bo’ladi. Endi so’nggi tenglamada ϭ ni o’ng tomonga o’tkazib, ikkala tomonni Y ga bo’lish orqali Xarrod-Domar modelining yakuniy formulsini olamiz.
ΔY/Y= ϭ x Sy
ΔY/Y nisbat kapitalning to’liq bandligidagi daromad qo’shimcha o’sishini o’zida aks ettiradi. Ushbu formulaga muvofiq aniqlanadigan o’sish sur’atini Xarrod “kafolatlangan” deb atadi, chunki u mavjud quvvatlarning, mazkur holda kapitalning to’liq ishlatilishini kafolatlaydi.
O’sish sur’atining “kafolatlangan” tushunchasi bilan bir qatorda Xarrod “tabiiy” o’sish sur’ati tushunchasini kiritdi. “Tabiiy” o’sish sur’ati deganda Xarrod faol aholining o’sishi va texnika taraqqiyoti imkon beradigan maksimal o’sishi kapital va milliy daromadning shunday o’sish sur’atini ta’minlaydiki, unda kapitpl va mehnatning to’la bandligiga erishiladi. Biroq, ushbu modelda texnika taraqqiyoti quyidagi nisbatlarni, ya’ni K/Y va ΔK/ ΔY o’zgartirmaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |