Iqtisodiy o’sish tushunchasining nazariy va ilmiy asoslari


Islohotlar iqtisodiy o‘sish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega



Download 0,66 Mb.
bet19/21
Sana31.12.2021
Hajmi0,66 Mb.
#250091
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
2 5271969895100190479 (2)

Islohotlar iqtisodiy o‘sish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega 2017 yildan buyon O‘zbekiston hukumati iqtisodiyotini liberallashtirish bo‘yicha olib borayotgan islohotlar biznes yuritish yo‘lidagi xorijiy valuta konvertatsiyasi yetishmasligi, yuqori import bojlari va soliq stavkalari kabi cheklovlarni bartaraf etmoqda. Bank ekspertlari O‘zbekiston hukumatiga davlatning iqtisodiyotdagi rolini maqbullashtirishni davom ettirishni va xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida qolgan to‘siqlarni bartaraf etishni tavsiya etmoqda. Ushbu cheklovlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• investitsiya muhitini yaxshilash;

• soliq ma'muriyatchiligidagi islohotlarni to‘liq amalga oshirish;

• davlat budjeti operatsiyalarining, ayniqsa, davlat korxonalariga beriladigan samarasiz yashirin subsidiyalarga nisbatan shaffofligini ta'minlash;

• yerdan foydalanish bo‘yicha huquq hamda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligida mulkka egalik qilish huquqini isloh qilish;

• davlat monopolistik korxonalarini tarkibiy jihatdan (tizimli) qayta qurish, korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobotga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish;

• davlatning eksportga yo‘naltirilganlikni qo‘llab-quvvatlashi (jumladan, ISO standarti bo‘yicha sertifikatlash, ekspert xatarlarini kamaytirish, diversifikatsiyalash, Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish).

O‘rta muddatli istiqbolda infratuzilmani (xususan, energetika, transport va logistika) modernizatsiya qilish hamda oliy ta'lim sifatini yaxshilash mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga yordam beradi.

Inqiroz davom etayotgan davrida milliy iqtisodiyotning birinchi galdagi vazifalari bozor ishonchini tiklash, nobozor sektorini, birinchi navbatda renta munosabatlari ta’sir hududini qisqartirish va raqobatchilikni rivojlantirishdan iborat. Milliy iqtisodiyotni energiya-xom ashyo yo‘lidan innovatsion yo‘nalishga o‘tkazish samaradorligi aholining turli ijtimoiy guruhlari, hokimiyat va biznes o‘rtasidagi aloqalarning ishonch darajasi bilan belgilanadi. Shuningdek, korxonalarning raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy holatiga koronavirus pandemiyasining ta’sirini yumshatish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish, transaksion sarflarni tejash chora - tadbirlari tavsiya etilgan. Moliyaviy nochor korxonalarga imtiyozli kredit berish, bankdan olgan kreditlarini so‘ndirishga imtiyoz yaratish, mahsulotlarning energiya va boshqa xom ashyo sig‘imini pasaytirishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarini lokalizatsiya dasturlariga kiritish, ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni oshirish tadbirlari belgilangan. Ishlab chiqarishni yangi mahsulotlar va faoliyatlar bilan kengaytirish hisobiga diversifikatsiyalashni amalga oshirish, mahsulotlar va xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, ulardagi qo‘shimcha qiymat sig‘imini oshirish, sotish kanallari va bozorlarini kengaytirish, bandlikni, o‘z – o‘zining bandligini ta’minlash chora –tadbirlari keng joriy etilmoqda. Bu holatlar kelgusida mamlakatimiz tez fursatda inqiroz ta’siridan chiqgan inqirozgacha bo‘lgan holatni tiklab barqaror rivojlanish trayektoriyasiga o‘tishiga xizmat qiladi. Shu xususida yana bir olimlar o‘rtasidagi inqirozdan keyingi rivojlanish ssenariyalari munozarali bo‘lib turibdi. Ayrim olim va mutaxassislar kelgusida iqtisodiyotlarning rivojlanishi to‘g‘risida lotincha L- shaklida ( L- shape), U- shaklida ( U –shape) yoki V –shaklida (V-shape) bo‘lishini prognoz qilishmoqda. Ushbu harflarning ko‘rinishi yalpi taklif egri chizig‘ining shaklini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda milliy iqtisodiyotlar va jahon iqtisodiyoti oldingi shakliga kirib rivojlanish bosqichiga o‘tadi deganidir. O‘zbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplab bu yilgi YaIM ning o‘sish sur’ati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga ko‘tariladi. Jahon iqtisodiyoti va rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya) iqtisodiyotlari iqtisodiyotining U – shaklda rivojlanadi, Boshqacha qilib aytganda bu iqtisodiyotlarga tiklanishi va rivojlanishi uchun ko‘proq vaqt (bir va bir yarim yil) talab etiladi.

Xulosa

Iqtisodiy taraqqiyot ikki yo‘l bilan, revolyutsion va evolyutsion yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Revolyutsion yo‘l birdaniga katta to‘ntarishlar, keskin burilishlar yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Lekin bu yo‘l xatarli bo‘lib, ko‘plab ijtimoiy to‘qnashuvlarga, talofatlarga, yo‘qotishlarga, ishsizlik, inflyatsiya darajalarining oshib ketishi kabi noxush hodisalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bizning mamlakatimizda iqtisodiy taraqqiyotning har tomonlama o‘ylangan evolyutsion yo‘li tanlandi.

Iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarda borishini ta’minlashda mamlakat iqtisodiyotida quyidagi chora-tadbirlarni bajarish muhim deb hisbladim:

- Iqtisodiyotning real sektori resurs bazasini kengaytirish va investitsion faollik o’sishini taminlash;

- Elektro–energetika sohasini moderizatsiya qilish;

- Kichik beznesning rivojlanishini qo’llab – qo’vvatlashni kuchaytirish, aholi bandligiga va yangi ish o’rinlarni tashkil etishga ko’maklashish kabi chora

– tadbirlarni qamrab oladi;

- Respublikada o’tkazilayotgan iqtisodiy islohatlar o’z miqiyosi va o’zgartirishlar buyicha xo’jalik yuritishda yangicha yondashuvlar va mehanizmalar zarurligini talab etadi.

- Hududlarni boshqarishda iqtisodiy usullarni rivojlantirishdan asosiy maqsad – yirik mintaqaviy sotsial – iqtisodiy muammolarni hal etishni amalda ta`minlash va shu asosda samarali mintaqaviy siyosat o’tkazishni yaxshilashdir.

- Mintaqalarning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi yunalishlarni eng yuqori darajada asoslash va uning o’ziga xos hususiyatlarini to’liqroq hisobga olish uchun, fikrimizcha muayyan vazifa yoki muammolar eg’indisi nuqtainazaridan mintaqaga har tomonlama chuqur ta`rif beradigan o’zaro bog’liq ko’rsatkichlarning butun tizimini e`tiboriga olish lozim.

- Turizimni rivojlantirish va sanoatni jonlantirish bizning invistitsiyainnovatsion stratigiyamiz bo’lishi shart.

- Respublika mintaqalarning yanada rivojlanishi faoliyat turlari raqobatbardoshligini oshirishga yunaltirilgan investitsiya-innovatsion stratigiyasini amalga oshirish bilan bevosita bog’liq bo’lib, undan mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar raqobat afzalliklariga ega. Ushbu vazifani hal qilish uchun mintaqalarning raqobat salohiyatini ob`ektiv baholash va uni iqtisodiyotni leberallashtirish va modernizatsiyalash sharoitida rivojlantirishga ko’maklashish maqsadga muvofiqdir.




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish