Windows ish stoli
Kompyuter ekranida Windows yuklangandan keyin paydo bo‘ladigan tasvir ish stoli deyiladi. Ish stolida joylashtirilgan ob’yektlar to‘plami kompyuterning sozlanganliga bo`liqish stolining mumkin bo‘lgan variantlaridan biri ko‘satilgan.
Ish stolida kichraytirilgan (belgichalar) va me’yoridagi oynalar joylashtiriladi, ular foydalanuvchining qiziqtirgan turli xil papkalar, dasturlar, xujjatlar, tarmoqli qurilmalarga tezda murojat qilishni ta’minlaydi, ekran pastida esa, indamaslik bo‘yicha, ishga tushirish tugmasini va ochilgan ob’yektlar belgichasini (shu jumladan ochilgan, lekin oynalarning belgichalariga o‘ralgan) o‘z ichiga olgan masalalar paneli satri joylashadi.
“Пуск” (ishga tushirish) tugmasi ekranga bosh menyuni chiqarish uchun ishlatiladi, u turli amallarni bajarish imkonini beradi: dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, ma’lumotnomani olish, kerakli ob’yektni qidirishni amalga oshirish, kompterni sozlash uchun boshqarish panelini chaqirish va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin.
”Ishni shu tugmani bosish bilan boshlang (Click fure to begin)” yozuvi ko‘rinadigan strelka ham eslatib turadi.
Windows da ko‘plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo‘lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalar qo‘yiladi. Ularni ko‘pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. Hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o‘sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi ko‘rsatiladi.
Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo‘lishi mumkin:
papkalar (tizimning va foydalanuvchining papkalari);
hujjat va dastur fayllari;
qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.
Biroq, odatda ekranda ko‘proq hollarda tizim papkalari va ko‘p murojaat qilinadigan ob’yektlarning yorliqlari joylashgan bo‘ladi.
Tizim papkalari (System Folder)-Windows OS tomonidan tashkil etilgan papkalardir. Tizim papkalariga quyidagilar kiradi:
Мой компьютер Bu papka siz ishlayotgan kompyuterning aksi bo‘lib, uning yordamida kompyuter manbalariga (ya’ni, qattiq hamda yumshoq disklar, CD-ROM va shu kabilarga) ulanish hamda kirishingiz mumkin.
Quyidagi oynada Мой компьютерda mavjud dasturlar keltirilgan. Unda Yumshoq disk [disk (A)], qattiq disk [Disk(S)], CD ROM [D:], boshqaruv paneli (Панель управления), printerlar (Принтеры), uzoqlashgan tarmoqda kirish (Удаленный доступ к сети) timsollari joylashgan bo‘ladi.
Windowsning barcha darchalarining yuqori o‘ng burchagida quyidagi uch tugma joylashgan bo‘ladi.
Oynani masalalar paneliga bekitib qo‘yish.
Oynani ekran bo‘yicha yoyish, yoki standart o‘lchamga qaytish.
Oynani yopish vazifalarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |