2.7. TEXNIKA XAVFSIZLIGI VA MEHNAT MUHOFAZASI
Mehnat muhofazasi ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini va xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan qonunlar majmuasi, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigiyenik va profilaktika tadbirlari va vositalaridir.
Mehnat muhofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ishlovchilarga ta’sirini eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan chora tadbirlarni ko’rishdan, ishchining shikastlanishini oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulay sharoitlarni yaratishdan iborat. «Mehnat muhofazasi» kursi 4 bo’limdan iborat.
Mehnat qonunchiligi asoslari-Huququy me’yorlar majmuasi bo’lib, ishchi va xizmatchilarning mehnat munosabatlarini boshqarib turadi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi-ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta’sirini oldini oladigan chora-tadbirlar va texnik vositalar majmuasidir.
Texnik xavfsizligi-ishchilarni xavfli ishlab chiqarish omillari ta’siridan asrab qolish va zaharlanuviga olib keluvchi tadbirlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar va texnik vositalaridir.
Yong’in xavfsizligi-korxonada yong’in paydo bo’lishi xavfini oldini olish, insonning moddiy boyliklarni muhofaza qilishidan iborat.
Xavfsizlik texnikasi elektr xavfsizligi va yong’inga qarshi tadbirlar xavfsizlik texnikasi mexnat shartnomalarini xavfsizligini ta’minlaydigan texnikaviy va tashkilish tadbirlar majmuasidir. Mamlakatimizda mehnat muxofazasini yuqori unimdorlikni ta’minlovchi qulay sog’lom va xavfsiz mehnat shartnomani uy yaratishga qaratilgan. Mehnat xuquqning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi.
Kasb-xunar kolejini ustaxonalariga va ishlab chiqarish korxonalarida mehnatni muhofaza qilish raxbarlik va javobgarlik tashkilot raxbari va bosh muhandisiga yuklanadi.
Korxona shahobchalarida mehanat havfsizligini qoidalarga rioya qilish o’yicha javoblar bo’limi raxbari xisoblanadi.
Instruktajning uch xil holatda bo’ladi:
Kirish.
Ish o’rnida o’tkaziladigan
Qayta
1. Kirish instruktaj-xodim xizmachi ishchilarni Yangi qabul qilinagan vaqtida o’tkaziladi. Instruktajning xavfsizlik texnikasi bo’yicha muxandis yoki masul shahs o’tkazadi.
Instruktajdan maqsad tashkilotning o’ziga xos tomonlari bilan ichki tartibi ximoya vositalaridan foydalanish. qonun qoidalari Bilan yong’inga qarshi chora tadbirlar elektr xavfsizligi va dastlabki tibbiy yordam berish usullari bilan tanihtiriladi.
2. ish o’rnida instruktaji-ustashahobcha yoki laboratoriya amaliyot raxbarlari tomonidan o’tkaziladi. Bunda xizmatchi xodim ishchilar ish o’rni jixozlar ishlab chiqarish texnologiyasi va mexnatni xavfsizlik usullari shuningdek mazkur kasbga tegishli bo’lgan intruksiyalar bilan tanishtiriladi.
3. Qayta instruktaji-Mehnat xavfsiziligi bo’yicha bilimlarni oshirish xavfsizlik usularini takomillashtirish mAqsadida ma’muriyat tomonidan o’tkaziladi.Qayta instruktaj ishxi-xizmatchilarning xavfsizlik texnikasi qoidalarini qanchalik bilimlarni tekshirib turish maqsaddad o’tkaziladi
O`quvchilarga va talabalarga texnika havfsizligi qoidalaridan tushuntirish o`tkazishga oid ko`rsatmalar:
Kompyuterga to’g’ri munosabatda bo`lish va undan ishlashning to’g’ri qulay va havfsiz ussularidan foydalanishni o`rgatish uchun texnika havfsizligi mexnat gigiyenasi hamda sanitariya qoidalaridan o`quvchilarga tushuntirib berish lozim.
.Texnika havfsizligi va mexnat gigiyenasi hamda sanitariya qoidalaridan maslaxatlar informatika xonasidagi birinchi darsda, keyinchalik esa kompyuterda amaliy mashg’ulotlar o’tkazish oldidan o`tkaziladi.
Boshlang’ich tushintirishlarda o`qtuvchi o`quvchilarga xonadagi tartib va intizomga, texnika havfsizligi hamda mexnat gigiyenasi qoidalari ish jarayonida uchrashi mumkin bo`lgan ko’ngilsiz xolatlar va ulardan saqlanish yo`llarini tanishtirishi lozim.
Boshlang’ich maslaxatlar xona mudiri (o`qtuvchi) tomonidan suxbat yoki maruza tarzida o`tkaziladi.
Kompyuterda ish boshlashdan oldin otkaziladigan tushintirishlar boshlang`ich maslaxatlarni to`ldiradi va o`quvchilarga shaxsiy ish joyini to`g`ri tashkil qilish, ishni bajarishning havfsiz ussullari va ximoya vositalaridan foydalanish qoidalari, kompyuterda ishlayotgan o`quvchining majburiyatlari va bundan tashqari havfli xolat ro`y berganda qanday xarakatlar qilish kerakligi bilan tanishtiradi.
Ish joyida beriladigan maslaxatlar berilib, o`quvchilarning barchasi aytilgan yol-yo’riqlarni o`zlashtirib olishganiga ishonch xosil qilingach, ularning mustaqil islashlariga ruxsat beriladi.
Ish joyida o`tkaziladigan tushintirishlar qisqa, aniq ko`rsatmalardan tashkil topishi kerak va ishning to`g`ri, hamda havfsiz ussullarini ko`zda tutish lozim.
O`quvchilar kompyuterda ish bajarayotganda o`qtuvchi yoki labarant har-bir o`quvchi bajarayotgan ishning to`g`ri va to`la-to`kis hamda havfsizligini nazorat qilib turishlari lozim.
O`quvchilarga kompyuterda ishlashning texnika havfsizligi yuzasidan berilgan barcha tushuntirishilar maxsus jurnalga yozib boriladi, o`quvchilarga maslaxat olganliklari haqida imzo chektirib tasdiqlatib olinadi.
Tushintirish o`tqazilganda xozir bo`lgan (raxbar injiner, texnik) xodimlarning nomlari xam maxsus jurnalga qayd etilib imzo chktirib olinadi.
2.8. ATROF-MUHIT MUHOFAZASI
O‘zbekiston Respublikasi atrof-muxit muxofazasi masalalari Konstitutsiyada va yer, yer osti boyliklari, suv, o‘mon, atmosfera havosi va xayvonot olami haqidagi qonunlarda, shuningdek, Prezident xuzuridagi Vazirlar Maxkamasining maxsus qarorlarida o‘z aksini topgan. Tabiat muxofazasi xozirgi kunda davlatning organik funksiyasi bo‘lib kelmoqda, chunki gap odamlar salomatligi va mamlakat milliy boyligiga tejamkorlik va egalik nuqtaiy-nazaridan yondashish zarurligi haqida ketmoqda.
Ekologiyaga solinayotgan xavf O‘zbekiston uchun, umuman butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun naqadar yuqori ekanligini hisobga olgan holda xukumat va davlat atrof-muhitni ximoya qilish, tabiat zaxiralaridan oqilona foydala olish masalalariga juda katta e’tibor bermoqda. Atrof-muxit muxofaza qilishni taominlashga qaratilgan qonun xujjatlari qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muxofaza qilish borasidagi milliy tadbirlari boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish ishi bilan kushib olib borilmoqda. Atrof-muxitni muxofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish oqimni turli jixatlarini tartibga soluvchi ko‘plab xilma-xil xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzildi.
O‘zbekiston MDX davlat boshliqlarining 1992 yil 8 fevralda imzolangan Bitimiga muvofiq tuzilgan MDH mamlakatlari Davlatlararo Ekologiya Kengashining to‘la huquqli a’zosidir. MDH mamlakatlarining ana shu ekologiya kengashi darajasidagi hamkorligi aozo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida kelishib olingan, muvofiqlashtirilgan sa’yi-harakatlar qilish maqsadini ko‘zlaydi.
Hozirgi paytda Respublikada istiqbolga, yaoni atrof-muxitni muxofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish bo‘yicha 2005 yilgacha mo‘ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqilgan. Tabiatdan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilish sohasidagi butun faoliyat ana shu dastur asosida tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |