2.6. ELEKTRON USLUBIY TA’MINOTNING IQTISODIY SAMARASI.
Respublikamizda ta’lim sohosiga qaratilayotgan ahamiyat ta’limda juda ham katta o’zgarishlarni amalga oshirishga yordam bermoqda. Mana shulardan biri ta’limda zamonaviy Fizikadan foydalanishni keng yo’lga qo’yilishi, internet tizimining imkoniyatlaridan keng foydalanish va masofaviy o’qitishni yo’lga qo’yilishiga qratilayogan ahamiyatdir.
Masofaviy o’qitishni tashkil qilishdagi eng muhim masalalardan biri bu tizimga mos elektron o’quv adabiyotlarini yaratish hisoblanadi.
Fan bo’yicha tayyorlangan elektron darsliklar , o’rgatuvchi-o’qituvchi dasturlar , elektron uslubiy ishlanmalar, elektron uslubiy ta’minotlar, virtual tajriba stendlari, darslarning kompyuter modellari va xokozolar intellektual mulk hisoblanadi. Har qanday ishlab chiqilgan tovar kabi mazkur intellektual mulkni ham sotish, sotib olish yoki undan masalan, ta’lim tizimida foydalanish mumkin. Agar biz o’zimiz yaratgan dasturiy maxsulotimizni tovar sifatida qarsak, albatta uni sotish va foyda olish masalalarini o’ylab ko’ramiz.Bu ma’noda dasturiy mahsulotning tannarxini hisoblab, chiqqan summaga foydani qo’shib mahsulotimizni sotuv narxini aniqlaymiz. Bu holda bajargan ishimizni iqtisodiy samarasi yaqqol ko’zga ko’rinadi. Endi biz yaratgan dasturiy mahsulotni o’quv jarayoniga qo’llash natijasida qanday ihtisodiy samaraga erishamiz degan savolga javob berishga harakat qilaylik. Bu holda iqtisodiy samara birdaniga ko’zga chalinmaydi.U boshqa ko’rinishlarda ifoda bo’lishi mumkin. Ana shu samaralarni sanab o’tishga harakat qilaylik.
Dasturiy mahsulotdan foydalanishni talaba yoki o’quvchi o’ziga qulay paytda amalga oshirishi mumkin. Bu holda o’quvchining ta’lim olishga sarflamoqchi bo’lgan vaqtini sutkaning ixtiyoriy vaqtiga shurishi mumkin, ya’ni talaba an’anaviy mashg’ulotlariga borish, ta’lim muassasasiga qatnsh va h.z.lardan ozod bo’ladi. Demak, talaba dasturiy mahsulot deb ataluvchi elektron o’quv adabiyotini afzalroq deb biladi;
An’anaviy dars mashg’ulotlariga o’quv darsliklari asosida olib boriladi. O’quv darslarin yozish, chop etish, ko’paytirish va o’quvchi sotib olishigacha bo’lgan texnologik zanjir uzoq davom etuvchi jarayondir.O’quv materiallari mazmuniga qo’shimchalar kiritish lozim bo’lsa, bu shini tez amalga oshirib bo’lmaydi,Albatta, qog’ozli texnologiyaga asoslangan bu o’quv darsliklari yana qator kamchiliklarga ega. Bu esa elektron qo’llanmaga bo’lgan qiziqishni ortiradi;
Elektron uslubiy qo’llanmalaridan foydalanuvchilar sonini ko’p bo’lishi bu dasturiy mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini keskin pasaytiradi.
Elektron o’quv qo’llanmalaridan foydalanish o’quvchida mustaqil fikrlash qobilyatini keskin orttiradi. Mustaqil fikrlovchi, bilimli o’quvchi esa ertangi kunimizning yetuk mutaxassisiga aylanib, halqimiz va vatanimizga xizmat қилади.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, elektron uslubiy ta’minotlardan foydalanishni keng yo’lga qo’yilishi davlatmiz, halqimizning yuqori malakali mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Prezidentimiz aytganlaridek, yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega, erkin fikrlovchi kadrlar davlatimizning iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy muammolarini yechishning kalitidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |