Iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari


Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.16.00 Savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik] [TSZ



Download 405,29 Kb.
bet6/6
Sana11.08.2021
Hajmi405,29 Kb.
#144795
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RISBOYEV. S DIH 55

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.16.00 Savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar ko‘rsatish]

16. Qonunni buzgan holda aksiz markalarisiz savdo faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning harakatlarini tavsiflashda sudlar O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga binoan aksiz soliqning bir turi ekanligi va shu sababli aybdorlar Jinoyat kodeksining 184 va 189-moddalari bo‘yicha javobgarlikni ko‘zda tutuvchi jinoyatlar majmui bilan javobgar qilinishlari kerakligidan kelib chiqishlari lozim.

Aksizsiz savdo qilish oqibatida keltirilgan zarar miqdorini aniqlashda nafaqat aksiz markalarisiz haqiqatan sotilgan mahsulotning summasidan, balki sotuvda bo‘lgan aksiz markalarisiz barcha mahsulotlar miqdoridan, garchand bu mahsulotlar bir xil bo‘lmasada, kelib chiqish zarur.

17. Sudlarga tushuntirilsinki, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish shaxs normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq vakolatli davlat organiga tegishli faoliyatni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki uni tiklash yoxud o‘zgartirish to‘g‘risida murojaat etishi shart bo‘lib, biroq qasddan buni bajarmagan holda mavjud bo‘ladi.

Shaxsni JK 188-moddasi bilan aybdor deb topish uchun tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan juda ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganligi fakti aniqlangan bo‘lishi kerak.

18. Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (JKning 184-moddasi) iqtisodiyot sohasida sodir etilayotgan eng xavfli jinoyatlardan hisoblanadi va bu har bir fuqaro tomonidan qonun bilan belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdek konstitutsiyaviy burchlarini qasddan bajarmaslikda ifodalanadi. Qayd etilgan toifadagi ishlar bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish davlat soliq organlari va shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) o‘rtasida vujudga keladigan soliq sohasidagi huquqiy munosabatlarning qonuniyligini mustahkamlashga ko‘maklashishi lozim. Ushbu huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

19. Jinoyat kodeksining 184-moddasi dispozitsiyasi blanket (havola qiluvchi) dispozitsiya bo‘lib, “daromadlar”, “foyda”, “soliq to‘lanadigan obyektlar”, “soliqlar”, “majburiy to‘lovlar” kabi tushunchalarning mazmunini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga murojaat qilish lozim. Jumladan, Soliq kodeksining 12 va 23-moddalari soliq va majburiy to‘lovlar tushunchasini, 22-moddasi foyda tushunchasini yoritib beradi va h. k. Xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lish oqibatida hisobni yoki hisobotni chalkashtirib yuborish, foydani hisoblashda xatoga yo‘l qo‘yish holatlarining o‘zinigina Jinoyat kodeksining 184-moddasi bilan tavsiflash mumkin emas, lekin tegishli asoslar bo‘lgan taqdirda Jinoyat kodeksining 207-moddasida ko‘zda tutilgan mansab sovuqqonligi jinoyatining tarkibini tashkil etadi.

[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]

20. Foydani, daromadni yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni yashirish, kamaytirib ko‘rsatish bu fuqarolarning yoki mansabdor shaxslarning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullaridir.

Foydani, daromadni yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni yashirish — bu soliq organlariga taqdim etiladigan tegishli hisobot hujjatlarida ularni olganlik to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlarni qasddan ko‘rsatmaslik, shuningdek, ularning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yashirib qolish maqsadida ularning kelib tushishini hisobga olish tartibini buzganlikdir.

Foydani, daromadni yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni kamaytirib ko‘rsatish soliq organlariga taqdim qilinadigan hisobot hujjatlariga bila turib soliqning miqdori to‘g‘risida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, balki uni pasaytirish va kamaytirish tomoniga ma’lumotlar kiritishda ifodalanadi.



[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]

21. Jinoyat kodeksi 184-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan jinoyatning subyekti qonunga binoan foyda, daromad va soliq solinadigan boshqa obyektlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishlik va belgilangan summani davlat foydasiga o‘tkazishlik vazifasi zimmasiga yuklatilgan shaxslar bo‘lishi mumkin. Bular qatoriga mulk shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq buxgalteriya hisobotini olib borish, hujjatlar taqdim qilish zimmasiga yuklatilgan (korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, bosh hisobchilari va hisobxonaning mansabdor shaxslari) mansabdor shaxslari kiradi.

Qonunga binoan belgilangan hisobot shaklida hujjatlar taqdim etishga va soliq to‘lashga majbur bo‘lgan jismoniy (soliq to‘lovchilar) shaxslar ham, ushbu jinoyatning subyektlari bo‘lishi mumkin, o‘zlarining harakatlari bilan foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning kamaytirilishiga ko‘maklashgan boshqa shaxslar esa ushbu jinoyatning ijrochilari emas, balki ishtirokchilari (tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi) bo‘lishi mumkin.

[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]

22. Agar foyda va daromad to‘g‘risida ko‘rinib turgan yolg‘on ma’lumotli tegishli hisobot hujjatlarini soliq organiga taqdim qilish hamda soliqlarni ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda (bitta, bir nechta yoki barcha soliqlar bo‘yicha) haqiqatan kam to‘laganlik holati mavjud bo‘lsa, soliq va boshqa to‘lovlarni ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda to‘lashdan bo‘yin tovlash tugallangan jinoyat hisoblanadi.



[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]

23. Sudlar moddiy zararning miqdori aybdor tomonidan yashirilgan yoki kamaytirilgan soliq to‘lanadigan obyektning butun miqdoridan emas, balki uning mazkur soliq to‘lanadigan obyektdan to‘lashi lozim bo‘lgan soliq summasidan kelib chiqib belgilanishini inobatga olgan holda sinchiklab aniqlashga majburdirlar.

Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, foydani, daromadni va soliq to‘lanadigan boshqa obyektlarni yashirish, kamaytirib ko‘rsatish davomli jinoyat hisoblanadi. Shu sababli zarar miqdori soliq to‘lanmagan barcha muddat uchun kam to‘langan summalar yig‘indisi bilan belgilanishi kerak.

24. Tergov organlari va sudlar to‘lanmagan soliq, daromad va soliq to‘lanadigan boshqa obyektlarning miqdorini aniqlashda Soliq kodeksining yigirma birinchi bobi (chegirmalar va zararlar) talablarini hisobga olishga majburdirlar, ya’ni bunga binoan foydani (daromadni) aniqlashda, masalan, xodimlarning ish haqi, asosiy fondlarni ta’mirlash, ijara to‘lovi bo‘yicha va boshqa xarajatlar chegirilib tashlanadi.



[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]

25. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash aybdor tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunlarning belgilangan me’yorlarini bajarmasligini taqozo etadi. Shu sababli ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish qarorlarida, ayblov xulosasida va hukmda ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan soliq qonunlarining aynan qaysi me’yorlari buzilganligi ko‘rsatilishi shartligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.

26. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish uchun javobgarlik faqat to‘g‘ri qasd bo‘lganda hamda fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazish tarzidagi oqibat yuz bergandagina kelib chiqishligi sudlarga tushuntirilsin.

Mansabdor shaxsning egallab turgan lavozimi tufayli unga yuklatilgan xizmat majburiyatlaridan kelib chiqadigan vazifalari mansabdorlik vakolatlari hisoblanadi.

27. Fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazish moddiy zarar tarzida ham, boy berilgan foyda tarzida ham, shuningdek, turli xil manfaatlarga boshqacha zarar yetkazishda, hokimiyat organlarining obro‘siga putur yetkazishda, og‘ir jinoyatlarni yashirishda va hokazolarda ifodalanishi mumkin.

28. Mansab vakolati doirasidan chetga chiqishning (JKning 206-moddasi) asosiy ko‘rinishlari deganda: mansabdor shaxs tomonidan boshqa shaxsning vakolati doirasiga kiruvchi harakatlarning sodir etilishi; mansabdor shaxs tomonidan faqat qonunda yoki qonun osti hujjatida ko‘rsatilgan alohida holatlar mavjud bo‘lgandagina sodir etilishi mumkin bo‘lgan harakatlarning sodir etilishi; kollegial organ vakolatiga kiruvchi harakatni mansabdor shaxs tomonidan yakka tartibda sodir etilishi; hech kim va hech qanday holatda amalga oshirishga haqi bo‘lmagan harakatlarning mansabdor shaxs tomonidan sodir etilishi va boshqalar hisoblanmog‘i lozim.



[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.03.00 Jazo va uning tayinlanishi. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish]

29. Sudlar, jazo tayinlashga individual yondoshish tamoyillariga rioya qilgan xolda tovlamachilarga, o‘zganing mulkini talon-toroj qiluvchilarga, soliq to‘lashdan ashaddiy bo‘yin tovlovchilarga, o‘zlarining harakatlari bilan davlat va jamoat manfaatlariga yoki fuqarolarning huquq va manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan mansabdor shaxslarga, jinoiy guruhlarning tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga nisbatan qattiq jazolarning qo‘llanilishini ta’minlashga majburdirlar. Shuning bilan birga, iqtisodiyot sohasidagi ishlarni ko‘rayotganda sudlar moddiy sanksiyalarni, shuningdek, muayyan mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazolarni kengroq qo‘llashlari lozim bo‘ladi. Davlatga va fuqarolarga yetkazilgan zararni to‘liq undirishga erishilsin.

30. Ushbu toifadagi ishlarni ko‘rayotganda sudlar iqtisodiyot sohasida jinoyatlarning yoki boshqa qonunbuzarliklarning sodir etilishiga imkon bergan barcha sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari va ularga lozim darajada munosabat bildirishlari kerak.

31. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rayotganda birinchi bosqich sudlari tomonidan iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratish, ularni qo‘llashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni muntazam tahlil qilib borish va bartaraf etish tavsiya etilsin.



XULOSA
Fikrimizcha, yuridik shaxslarning korrupsion qilmishlar uchun

javobgarligi masalasida koʻproq ustunlik yuridik shaxslarning

jinoiy javobgarligiga qaratiladi, chunki faqat jinoiy

javobgarlikkina boshqa javobgarlik turlaridan farqli oʻlaroq

yuridik shaxslar faoliyatini toʻla, obyektiv tartibda tergov

qilinishi va sudda koʻrib chiqilishini taʼminlash bilan bir vaqtda

yuridik shaxslarning har xil huquqbuzarlik va jinoyatlarni sodir

etishdan tiyib turuvchi chora sifatida kafolat bera oladi.

Shuningdek, korrupsion qilmishlari uchun yuridik shaxslarning

faqat oʻzlari sodir etganlik qismi bilangina jinoiy

javobgaralikka tortish bilan cheklanmasdan, balki uning

manfaatlari yoki boshqa kompaniya manfaatlari yohud shu yuridik shaxs

faoliyati bilan bogʻliq boshqa shaxslar manfaatlari yoʻlida qilmish

sodir etgani uning masʼul xodimlarining harakatlari uchun ham

javobgarligi masalasini koʻrib chiqish joizdir.

Undan tashqari, yuridik shaxslarning korruputsion qilmishlar

sodir etganligi uchun javobgarligi masalasini moddiy va protsessual

huquq doirasida avtonom tarzda taʼminlash masalasi ham muhim

hisoblanadi. Bu yerda jinoyat sodir etgan shaxsni (bajaruvchi)

aniqlash, unga nisbatan jinoiy taʼqibni amalga oshirish va odil

sudlovga taqdim etish yuridik shaxsni javobgarlikka tortishning

zaruriy sharti sifatida qaralmasligi lozim, zero bunday talab

sodir etilgan qilmishda aybdor boʻlgan jismoniy shaxs

aniqlanmagan, bajaruvchi turli sabab bilan javobgarlikka

tortilmay qolgan yoki bir guruh shaxslar jamoaviy aybdor boʻlgan

yoxud jismoniy shaxs-bajaruvchi boshqa sabablar bilan javobgarlikka

tortilmay qolgan holatlarda yuridik shaxslarni javobgarlikka

tortishni imkonsiz qilib qoʻyadi. Shu bilan bir vaqtda yuridik shaxs

bilan jismoniy shaxsning ustidan olib borilayotgan jinoiy

taʼqibga bitta umumiy talab qoʻyilishi, bir ish doirasida tergov

qilinishi va sudga oshirilishi ishni yanada murokkablashtirib

yuborishi mumkin. Shu bois, korrupsion qilmish sodir etgan yuridik

shaxsga nisbatan alohida jinoiy taʼqibni amalga oshirish, tergov

qilish va aybdor deb topib tegishli jazo tayinlash, jismoniy shaxsbajaruvchiga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi boʻyicha qanday

protsessual qaror qabul qilinishidan qatʼi nazar amalga oshirilishi

maqsadga muvofiq boʻladi. Yuridik shaxsga nisbatan shunday alohida,

avtonom surishtiruvni amalga oshirish doirasida barcha tergov

uslublarini qoʻllash imkoniyati yaratilishi joiz.



Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. http://lex.uz/docs/111453

2. Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi 187-modda.

http://lex.uz/docs/2304138

3. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 112-modda.

http://lex.uz/docs/1286558.



4. Vikipediya.
Download 405,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish