Toshkent xususiy do`konlarida savdo hajmi va baholari
Mahsulot turlari
|
o`lchov birligi
|
Mahsulot miqdori
|
1kg yoki dona bahosi
so`m
|
Yakka indekslar
% %
|
bazis davr
|
Joriy davr
|
bazis davr
|
joriy davr
|
Mahsulot miqdori
|
baho
|
q0
|
q1
|
p0
|
P1
|
|
|
go`sht:
|
|
|
|
|
|
|
|
qo`y, mol
|
t.
|
100
|
120
|
1350
|
1300
|
120.0
|
96.3
|
Parranda
|
t.
|
50
|
40
|
1800
|
2000
|
80.0
|
111.1
|
sabzavot:
|
|
|
|
|
|
|
|
Kartoshka
|
t.
|
150
|
180
|
120
|
100
|
120.0
|
83.3
|
Karam
|
t.
|
80
|
85
|
70
|
60
|
100.3
|
85.7
|
pomidor
|
t.
|
100
|
140
|
50
|
40
|
140.0
|
80.0
|
tufli:
|
|
|
|
|
|
|
|
erkaklar
|
ming juft
|
10
|
10
|
3100
|
3000
|
100.0
|
96.8
|
ayollar
|
|
12
|
12
|
5700
|
6000
|
100.0
|
105.3
|
gilam (3*4)
|
ming
dona
|
1.0
|
0.6
|
25000
|
40000
|
60.0
|
160.0
|
Zanjirsimon, o`zgarmas asosli va o`zgaruvchan asosli yakka indekslar
Zanjirsimon indekslar davr sayin hodisalar o`zgarishini aniqlaydi.
Zanjirsimon indekslar ayni (har bir) davr ko`rsatkichini o`zidan oldingi davr ko`rsatkichi bilan solishtirish natijasida hosil bo`ladi. Bu jihatdan ular zanjirsimon o`sish suratlarini eslatadi.
Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (12.3)
Sifat ko`rsatkichlari uchun (12.4)
Bu yerda qi, pi ayrim solishtirilayotgan davrlarga tegishli ko`rsatkichlar. qi-1, pi-1 solishtirilayotgan davrdan oldingi davr ko`rsatkichlari.
Zanjirsimon indekslar davr (oy, yil) sayin indekslashtirilayotgan hodisalarning o`zgarishini tasvirlaydi.
O`zgarmas asosli indekslar boshlang`ich davrdan to solishtirilayotgan davrgacha o`tgan vaqt davomida o`rganilayotgan hodisalar o`zgarishi qanday darajalar bilan ifodalanishini ko`rsatadi. Ular har bir davr ko`rsatkichini boshlang`ich davr ko`rsatkichiga taqqoslash hosilasi hisoblanadi:
O`zgarmas asosli indekslar boshlang`ich davrga nisbatan keyingi davrlarda hodisalar o`zgarishini belgilaydi.
Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun: (12.5)
Sifat ko`rsatkichlari uchun: (12.6)
Bu yerda: q0, p0 boshlang`ich davr ko`rsatkichlari.
O`zgaruvchan asosli indekslar taqqoslanayotgan davrlardan boshlab muayyan taqqoslanuvchi davrgacha o`tgan vaqt davomida o`rganilayotgan hodisalar qanday darajada o`zgarganligini aniqlaydi. Ular joriy davr ko`rsatkichini birmuncha oldingi davrlarga tegishli ko`rsatkichlarga nisbati hisoblanadi:
Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun: (12.7)
Sifat ko`rsatkichlari uchun: (12.8)
bu yerda q1, p1 -joriy davr (qatorning oxirgi davri) ko`rsatkichlari, qi-k, pi-k undan birmuncha oldin o`tgan davrlarga tegishli ko`rsatkichlar.
12.5. Yakka indekslarning xossalari
Zanjirsimon, o`zgaruvchan va o`zgarmas tarkibli indekslar orasida ma`lum munosabat mavjud. Zanjirsimon indekslar ko`paytmasi o`zgaruvchan asosli indekslarga teng:
(12.9)
Oxirgi davrni boshlang`ich davr bilan taqqoslashdan olingan o`zgaruvchan asosli indeksni ketma-ket tartibda har bir keyingi davrlar bilan qiyoslab aniqlangan shunday indeksga nisbati tegishli davrlarning o`zgarmas asosli indekslariga teng:
(12.11)
Oxirgi davr uchun olingan o`zgarmas asosli indeksni ketma-ket tartibda har bir keyingi davrlar indeksiga bo`lsak, tegishli davrlarning o`zgaruvchan asosli indekslariga ega bo`lamiz:
12.12
Shunday qilib, zanjirsimon, o`zgarmas va o`zgaruvchan yakka indekslar orasida sirkulyar (doiraviy) bog`lanishlar mavjud. Bu yakka indekslarning davrali (aylanma) teskarilanish xossasi deb ataladi.
Biror iqtisodiy jarayonda ro`y bergan ikkita hodisaga tegishli miqdoriy ko`rsatkich indeksi bilan sifat ko`rsatkichi indeksining bir biriga ko`paytmasi real mazmunli uchinchi indeks hosil qiladi va u natijaviy o`zgarishni ifodalaydi. Masalan, bozorda sotilgan mahsulot hajmi indeksini uning bahosi indeksiga ko`paytirsak, sotuvchilarning daromadi yoki iste`molchilarning xarajati indeksiga ega bo`lamiz:
ip*iqipq
(12.13)
Yakka indekslarga xos bu xususiyat omillarning teskarilanish xossasi deb ataladi.
Yakka indekslarga xos yana bir muhim xususiyat shundan iboratki, ularning formulasida bazis va joriy davrlar o`rnini almashtirilsa, u holda yangi va eski indekslar teskari miqdorlar singari o`zaro (bir - biriga) nisbatda bo`ladi.
(12.14)
Yakka indekslarning bu xususiyati ularning vaqt bo`yicha teskarilanish xossasi deb ataladi.
Joriy va bazis davrlarda indekslashtirilayotgan ko`rsatkichlarning qiymatlari o`zgarmasa, yakka indeks, qanday hodisa - natijaviy yoki omil hisoblanishidan qat`i nazar, har doim birga teng bo`ladi, ya`ni hodisalarda o`zgarish yo`qligini qayd qiladi:
12.15
Indekslarning bu xususiyati aynan birday bo`lish xossasi deb yuritiladi. Nihoyat, indekslar qanday o`lchov birliklar qo`llanishiga bog`liq emas, demak, bir o`lchov birligi boshqasi bilan almashtirilsa, bu hol indeksga ta`sir etmaydi. Bu xususiyat indekslarning bir o`lchamlik xossasi deb ataladi.
Xulosa
Ma’lumki yakuniy ma’lumotlar tarzida o‘z aksini topadi. Bu esa agregat indekslarni qo‘llash imkonini bermaydi, chunki agregat indekslarini hisoblash uchun uni tashkil qiluvchi elementlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qiymatlari alohida mavjud bo‘lishi talab qilinadi. Bunday hollarda o‘rtacha indekslar qo‘llaniladi. O‘rtacha indekslar hech qanday qiyinchiliksiz indekslarning agregat shaklida foydalanilib hosil qilinadi. Faraz qilaylik miqdor (fizik xajm) umumiy indeksning hisoblash zaruriyati tug‘ilsin, lekin bizga faqatgina o‘tgan vaqt hisobot davrlardagi mahsulot qiymati va shuningdek hisobot davriga kelib, o‘tgan davriga nisbatan mahsulot hajmining o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumot ma’lum bo‘lsin. Bu holda indekslarning agregat shaklidan foydalanib, o‘rta arifmetik indeksni hosil qilish mumkin.
Asosiy adabiyotlar:
Ефимова Н.В. Практикум по общей теории статистики. 2-из. – М.: Финансы и статистика, 2006, 336 с.
Соатов Н.М., Тиллахўжаева Г.Н. Бозор жараёнларининг индекс таҳлили – Т.: ТДИУ, 2005, 250 б.
Соатов Н.М. Статистика. Дарслик. – Т.: Тиббиёт нашриёти, 2003, 567 – 628-б.
Макарова Н.В. Статистика в Eхcel. – М.: Финансы и статистика, 2003, 368 с.
Г.В.Ковалевский. Индексный метод в экономике. -М.: Финансы и статистика, 1989, 239-б.
П.Кёвеш. Теория индексов и практика экономического анализа. Перев. с анг. -М.: Финансы и статистика, 1990, 303 б.
Р.А.Аллен. Экономические индексы. Перев. с анг. -М.: Статистика, 1980, 256 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |