Topshiriqlar:
1-topshiriq. Matnni o‘qing, uning zaruriy qismlarini aniqlang
va tavsiflang.
Korxona ma’lumotlaridan foydalanilgan xolda boshlang’ich qoldiqlarini shakillantirish
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, (budjet muassasalari, sug‘urta tashkilotlari va banklardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘rayuridik shaxs hisoblangan korxonalar, hamda huquqiy shaxs hisoblanmagan, lekin mustaqil balansga va bankda hisob-kitob schyotiga ega bo‘lgan korxona, birlashma va tashkilotlarning filiallari, vakolatxonalari va boshqa bo‘limlari ham choraklik va yillik moliyaviy hisobot topshiradilar. Chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil topgan korxonalar faqat yillik moliyaviy hisobot topshiradilar.
1.2. Choraklik va yillik moliyaviy hisobot shakllarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
1.3. Yillik moliyaviy hisobotlar quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi — 1- shakl
b) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2- shakl
v) asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot — 3- shakl
g) pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot — 4- shakl
d) xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot — 5- shakl
e) Balansga ilova — debitorlik va kreditorlik qarzlar haqidagi ma’lumotnoma (2a- shakl)..
“Moliyaviy- iqtisodiy holat bo‘yicha ma’lumotnoma” 2-b shakl;
Yillik moliyaviy hisobotga, korxona faoliyatining hisobot yilidagi yakuniy natijalariga ta’sir etuvchi asosiy omillar, korxonaning yillik moliyaviy hisoboti va sof foydani taqsimlash natijalari bo‘yicha ko‘rilgan muhokama qarorlari, buxgalteriya hujjatlarining tekshirilganligi to‘g‘risidagi auditorlik xulosalari bayon etilgan tushuntirish xati ilova qilinadi.
Agar kirish balansi yil boshiga o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda hisobotga ilova qilingan tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablari tushuntiriladi. Shuningdek, unda qabul qilingan va keyingi yilga qabul qilinishi kerak bo‘lgan hisob siyosati (agar u hisobot yilidagi qabul qilingandan farq qilsa) keltiriladi.
1.4. Moliyaviy hisobot shakllarida ko‘zda tutilgan hamma ko‘rsatkichlar keltiriladi. U yoki bu modda (satr, ustun) to‘ldirilmagan hollarda, ya’ni korxonaning kerakli aktivlari, passivlari, jarayonlari bo‘lmaganda, o‘sha moddalar (satrlar, ustunlar) chizib qo‘yiladi.
1.5. Shaklning muqova kismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
Zaruriy qism “Korxona”da — korxonaning (belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan ta’sis hujjatlariga binoan) to‘liq nomi va uning kodi OKPOga muvofiq ko‘rsatiladi;
Zaruriy qism “Tarmoq (faoliyat turi)”da — tarmoq (faoliyat turi) va uning kodi OKONXga muvofiq ko‘rsatiladi;
Zaruriy qism “Davlat mulkini boshqarish organida — davlat yoki hududiy (agar shunday korxona mavjud bo‘lsa) korxona ustidan boshqaruv huquqiga ega bo‘lgan va moliyaviy hisobot yuboriladigan organning nomi ko‘rsatiladi;
Zaruriy qism “Manzilgoh”da — korxonaning aloqa uchun to‘liq manzilgohi ko‘rsatiladi;
Zaruriy qism “Nazoratdagi miqdor” — korxona tomonidan to‘lg‘azilmaydi.
1.6. Yil (chorak)lik hisobot tuzishda korxona egasi va davlat manfaatlariga rioya etish, investorlar, kreditorlar, aksionyerlar, soliq nozirliklari, ta’sischilar, bank muassasalari, xalqaro standartlar talablarini hisobga olish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining amaldagi farmonlaridan, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunidan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirliginining 1995-yil 4-apreldagi 17-02/28 - sonli xatidan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidan, hamda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishga taa’lluqli barcha amaldagi yo‘riqnomalardan qo‘llanish zarur.
1.7. Korxona, ishlab chiqarish birlashmasi va tashkilot o‘zining barcha bo‘linmalarining faoliyat ko‘rsatkichlarini hisobot shakli ma’lumotlariga kiritishi shart.
1.8. Moliyaviy hisobot tuzishda hisobot davrining eng oxirgi kalendar kuni hisobot tuzish kuni hisoblanadi.
Tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, mulkchilikning davlat shaklini jamoa shakliga o‘zgartirgan korxona hisobot davrida yil boshlanganidan to tugatilgan (qayta tashkil qilingan) davrigacha hisobot berishning amaldagi shakllari bo‘yicha hisobot topshiradi.
Yangidan tashkil etilgan korxonalar o‘z mablag‘lari va ularning manbalarini (sotib olish, qabul qilish qiymatida) hisobotda, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan oyning 1 kunidan boshlab hisobot yilining 31-dekabriga, hisobot yilining 1-oktabridan keyin tashkil qilingan korxonalar esa, davlat tomonidan ro‘yxatga olingan kunidan boshlab hisobot yilidan keyingi yilning 31-dekabriga ko‘rsatadilar (Tugatilgan (qayta tashkil qilingan) korxonalar bazasida tashkil qilingan korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy qismlari uchun ushbu tartib joriy qilinmaydi).
1.9. Korxona balansining moddalari to‘liq o‘tkazilgan aktivlar va passivlar inventarizatsiya (yo‘qlama)si ma’lumotlariga asoslangan bo‘lishi kerak. Buning uchun, yillik hisobotni taqdim etishga qadar, amaldagi doimiy inventarizatsiya hay’ati a’zolari tomonidan inventarizatsiya natijasida aniqlangan moddiy boyliklarning haqiqiy miqdori bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi farqlar to‘g‘rilanishi kerak. Shuningdek, debitor va kreditor qarzlari ham taqqoslash dalolatnomasi yoki o‘zaro tasdiqlangan hisob-kitob qoldiqlari rasmiylashtirilgan xatlar asosida inventarizatsiya o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida, o‘tkazilgan inventarizatsiya soni va natijalari shuningdek, inventarizatsiya o‘tkazilmagan bo‘lsa, uning sabablari aks ettirilishi shart.
1.10. Balans moddalarining miqdori moliya, soliq organlari va bank muassasalari hisob-kitobi bilan kelishilgan va aynan bir xil bo‘lishi shart. Ushbu hisob-kitoblar bo‘yicha noaniq miqdorlarni balansda qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
1.11. Moliyaviy hisobot va buxgalteriya balansida birorta o‘chirish yoki buzib to‘g‘rilash bo‘lmasligi kerak. Agar shunday hollarga yo‘l qo‘yilsa, xato tuzatilgan sana ko‘rsatilgan holda hisobot va balansga imzo chekib tasdiklangan shaxslarning tegishli izohlari bo‘lishi shart.
1.12. O‘tgan yil hisoboti (u tasdiqlangandan so‘ng) ma’lumotlarining ham, joriy hisobot ma’lumotlarining ham noto‘g‘riligi e’tirof etilsa, bu narsa joriy hisobotda (xatoga qaysi davrda yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa o‘sha davr hisobiga, chorak, yil boshidan) to‘g‘rilanadi.
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish mobaynida ishlab chiqarish xarajatlariga, unga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni qo‘shish natijasida daromadni yashirilganligi yoki moliyaviy natijani kamaytirilganligi aniqlangan hollarda, o‘tgan yilgi buxgalteriya hisobi va hisobotiga o‘zgartirish kiritilmasdan, balki hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar foydasi ko‘rinishida joriy hisobotda aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |