Bozor infratuzilmalari
— bozor vazifalarini amalga oshirishda bevosita
qatnashmasdan, unga yordam beruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi korxona,
tashkilot va muassasalar.
Bozor iqtisodiyoti
— xususiy mulkchilikka asoslangan, barcha iqtisodiy
yechimlar bozor mexanizmlari yordamida aniqlanadigan iqtisodiy
tizim.
Bozor qatnashchilari
— davlat, ishlab chiqaruvchilar va uy xo‘jaliklari.
Budjetdan ajratiladigan subsidiya
– davlat tomonidan muayyan maqsadlar
uchun budjet hisobidan beriladigan pul mablag‘lari.
Daromad
— kishi (oila)ning ma’lum vaqt davomida ishlab topgan yoki qo‘lga
kiritgan barcha moddiy va pul tushumlari.
Davlat mulki
— davlat korxona va tashkilotlariga tegishli mol-mulk.
Dividend
– aksiya evaziga beriladigan daromad.
Do'stlaringiz bilan baham: |