BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Shuningdek, tovarga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga:
a) iste’molchining daromadlari;
b) boshqa tovarlarning xususiyatlari va narxi haqidagi ma’lumotlar ta’sir etadi.
Topshiriq
Ingliz iqtisodchisi Robert Giffen qiziq iqtisodiy hodisani kuzatgan. XIX asrda
Irlandiyadagi ochlik paytida kartoshkaning narxi oshishiga qaramasdan uni iste’mol
qilish oshgan. O‘sha paytlarda kambag‘al kishilarning asosiy xo‘ragi bo‘lgan kartoshka
narxining oshishi ularning real daromadlarini kamaytirgan. Shu bois, odamlar nisbatan
qimmat bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olmasdan, ularning o‘rniga kartoshka
sotib olishga majbur bo‘lishgan. Yana qaysi tovarlar bunday xususiyatga ega bo‘lishi
mumkin? Javobingizni asoslang.
Do'stlaringiz bilan baham: |