Bog'liq Iqtisodiy bilim asoslari. 8-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 5-MAVZU MEHNAT TAQSIMOTI VA IXTISOSLASHUV MEHNAT UNUMDORLIGI VA UNGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR Ishlab chiqarish jarayoni resurslarning o‘zaro birikishi natijasida vujudga keladi.
Resurslarning muayyan miqdoridan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriushbu resursning
mahsuldorligi deb ataladi. Har bir korxonaning maqsadi kam resurs sarflab, ko‘p miqdorda
mahsulot ishlab chiqarishdan, ya’ni mahsuldorlikni oshirishdan iborat bo‘ladi. Chunki
ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi nafaqat qancha ishchi ishlayotganiga, balki qanday
ishlayotganiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich mehnat unumdorligi yordamida
aniqlanadi.
Mehnat unumdorligi deb vaqt birligi ichida bir birlik resursdan foydalanib ishlab
chiqarilgan tovar va xizmat miqdoriga aytiladi.