Bog'liq Iqtisodiy bilim asoslari. 8-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)
TAKLIFGA TA’SIR ETUVCHI BOSHQA OMILLAR 20-MAVZU FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Chinni buyumlar bozoridagi choynak taklifi yuqoridagi jadvalda berilgan. Bu jadvaldan
foydalanib, chinni buyumlar taklif chizig‘ini quring.
1. Arzon chinni xomashyosi respublikamizda ishlab chiqariladigan bo‘ldi. Bu holat chinni
buyumlar bozorida qanday o‘zgarishga olib keladi? Endi choynak ko‘p ishlab chiqariladimi
yoki kam ishlab chiqariladimi? Choynak taklifi chizig‘i qanday o‘zgaradi? Bu o‘zgarishni
grafik yordamida ko‘rsating.
2. Chinni buyumlar bozoriga katta miqdorda Xitoyda ishlangan choynaklar keltirildi va
ko‘plab sotuvchilar ularni sota boshladilar. Bu holat chinni buyumlar bozorida qanday
o‘zgarishga olib keladi? Choynak taklifi chizig‘i qanday o‘zgaradi? Bu o‘zgarishni grafik
yordamida ko‘rsating.
Choynak narxi (
p ),
so‘mda
Choynak taklifi miqdori (
q ),
ming donada
3000
10
4000
30
5000
60