46. Ish haqi nima?
a) Ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir;
b) ish haqi iqtisodiy resurs hisoblangan mehnatning bahosi;
g) barcha javoblar to‘g‘ri;
d) to‘g‘ri javob yo‘q.
47. Mamlakatda ish haqining umumiy darajasiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
a) foydalanilgan umumiy kapital miqdori;
b) foydalanilgan tabiiiy resurslar miqdori;
g) mehnat unumdorligi;
d) yuqoridagilarning barchasi.
48. Mehnat shartnomasida nimalar aks etadi?
a) ish haqi darajasi, ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka;
b) dam olish kunlari, tanaffuslar;
g) baholar o‘zgarganda ish haqini tartibga solish tizimi;
d) yuqoridagilarning barchasi.
49. Kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirishga qanday yo‘llar bilan erishishi mumkin?
a) ishchi kuchiga talabni oshirish orqali;
b) ishchi kuchi taklifini qisqartirish orqali;
g) mehnat unumdorligini oshirish orqali;
d) yuqoridagi barcha yo‘llar bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |