Iqtisodiy bilim asoslari



Download 14,87 Mb.
bet325/402
Sana17.09.2021
Hajmi14,87 Mb.
#177080
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   402
Bog'liq
Majmua Iqtisodiyot nazariyasi G va IBAO'M-2020-21








































O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NАVОIY DАVLАT PЕDАGОGIKА INSTITUTI

Ro’yхаtgа оlindi:

_______________

20___ yil “___” ___


TАSDIQLАYMАN”

O’quv ishlari bo’yicha prorektor ____________ dots., A.J.Qo’shoqov

“ ___ “ _________ 2020 yil







IQTISОDIYOT NАZАRIYASI

FАNINING

ISHCHI O’QUV DАSTURI

Bilim sоhаsi:

100000 – Talim

Tа’lim sоhаsi:

110000 –Pеdаgоgikа

Tа’lim yo’nаlishi:


5110500 – Iqtisodiy bilim asoslarini o’qitish metodikasi



Mashg’ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

1

Ma’ruza

36

2

2

Amaliy

36




3

Mustaqil ta’lim

78







Jami:

150






Navoiy – 2020 y

Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Ushbu ishchi o’quv dаsturi 2018 yil 28 avgustdagi O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligining 744- sonli buyrug’i bilаn tаsdiqlаngаn vа 2018 yil 18- avgustdagi BD-5112200-2.07 rаqаm bilаn ro’yxatga olingan.

Iqtisоdiyot nаzаriyasi o’quv fаni fаn dаsturi аsоsidа ishlаb chiqildi.



Tuzuvchi(lаr):

Sh.R.Hasanov – “Iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasi katta o’qituvchisi



Taqrizchilar:

Sharifjonova G – “Iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasi katta o’qituvchisi, i.f.n

Zoyirov Z.X. - “Iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasi dotsenti, i.f.n.

Fanning ishchi o’quv dasturi “Iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasining 2020 yil “___” avgustdagi 1-son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.



Kаfеdrа mudiri: _______________

Fanning ishchi o’quv dasturi “Tarix” fakultetning o’quv-uslubiy kengashida muhokama etildi (2020 yil ___ avgustdagi 1-sonli bayonnoma) va institutning ilmiy -uslubiy kengashida tasdiqlashga topshirildi.



Fakultet kengashi raisi: __________ Qarshiyev R.M.

Fanning ishchi o’quv dasturi Navoiy davlat pedagogika institutining o’quv-uslubiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2020 yil ___ avgustdagi ___-sonli _____bandli bayonnoma).



Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i

______________ Xolmirzayev N.

  1. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

Mustaqillikning o‘tgan yillari mobaynida O‘zbekiston ochiq, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida ulkan yutuqlarga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar kishilar ongi va ruhiyatini o‘zgartirmoqda, ularni yangicha fikrlash, bozor iqtisodiyotini chuqurroq idrok etish va bozor talablariga moslashib ishlash va yashashga yo‘naltirilmoqda, tadbirkorlikka intilish keng tus olmoqda. Bu esa o‘z navbatida bozor ilmi iqtisodiy bilimlarni chuqurroq o‘rganishga katta ehtiyoj va qiziqishni keltirib chiqarmoqda. Bundan Oliy maktab talabalari ham chetda qolmaydilar, chunki talabalar Oliy ta'limni bakalavr darajasini olish uchun albatta iqtisodiyotning qonun qoidalarini, sir asrorlarini bilishlari va uni hayotda, mehnat jarayonida qo‘llashga intiladilar.

“Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi.

Shu bilan birga 2017 yil 20 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unda oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalardan biri sifatida “...xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy qilish...” vazifasi qo‘yildi. Belgilangan vazifalar va qo‘yilgan talablardan kelib chiqib, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha ushbu o‘quv dasturi ishlab chiqildi.



  1. O’quv fаnining mаqsаdi vа vаzifаsi

Fanni o‘qitishdan maqsad: Talabalar tomonidan iqtisodiy voqelikni chuqur anglash, bilish va tegishli nazariy xulosalar chiqara bilish, shu asosda zamonaviy iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlarining mohiyatini tushunish, O‘zbekistonda iqtisodiy ustuvorlik g‘oyasi mazmuni to‘g‘risida mustaqil fikrlay olish. O‘zbekistonni bozor munosabatlariga o‘tishining, “O‘zbek modeli”ning hayotiyligini, uning mantiqiy davomi sifatida O’zbekistonni 2017-2021 yillarga mo’ljallangan rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining umumjahon jamoatchiligi tomonidan tan olinganligini uning ilmiy asoslangan tamoyillari amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning negizi ekanligi to‘g‘risida har tomonlama keng qamrovli tushuncha va ko‘nikmaga ega bo‘lishiga erishish.

Fanning vazifalari:

- talabalarda iqtisodiy bilimlarga qiziquvchanligini, nazariy bilimlar, mushohada qilish usullari bilan qurollantirish;

- ularga iqtisodiyot qonun-qoidalarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini chuqur va keng o‘rganish, bilish uchun zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlarni egallab olishlariga yordamlashish;

- talabalar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini va mafkurasining asosiy tamoyillari, qoidalarini hamda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiyalash va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim vazifalarini singdirish:

“Iqtisodiyot nazariyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiradigan masalalar doirasida bakalavr:

- iqtisodiy bilimlarni o‘rganish uslubiyati, qo‘llaniladigan usullar va uslublar, borliq iqtisodiy hayotni, iqtisodiy jarayonlarni, voqea va hodisalarni tahlil qilish usullari haqida bilimga;

- iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalar (kategoriyalar)ni, iqtisodiy masalalar bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va qarorlarni o‘rganishi, bilishi, rioya qilishi va hayotda qo‘llay olishko’nikmaga;.



  • «Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo‘yicha talabalar bilimiga qo‘yiladigan umumiy talablar, ishchi dasturga kiritilgan har bir mavzudagi muammolarni o‘zlashtirishi va ular bo‘yicha mustaqil fikr yuritish darajasi bilan belgilanadi. Buni ishchi dasturga kiritilgan darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan iborat adabiyotlarni o‘zlashtirishi va shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining iqtisodyotga oid bob va moddalarini, Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan bozor iqtisodiyotining rivojlanishi va iqtisodiy islohotlarining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarni o‘rganish malakasiga ega bo‘lishi kerak.

Iqtisоdiyot nаzаriyasi” fаnidаn mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:

t/r

Mavzular nomi

Jami soat

Ma’ruza

Seminar

Mustaqil ta’lim

1-MODUL. IQTISODIY TARAQQIYOTNING UMUMIY ASOSLARI.

1

“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti va bilish uslublari.

6

2

2

2

2

Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari.

8

2

2

4

2-MODUL. BOZOR IQTISODIYOTI NAZARIYASI.

3

Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining asosidir. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi.

8

2

2

4

4

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va uning O‘zbekistondagi xususiyatlari. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati.

8

2

2

4

5

Raqobat va monopoliya. Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari.

8

2

2

4

3-MODUL. MIKROIQTISODIYOTNING AMAL QILISH VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI.

6

Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari.Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi.

6

2

2

2

7

Korxona (firma) xarajatlari va foydasi. Ish haqi va mehnat munosabatlari.

8

2

2

4

8

Agrar munosabatlar va agrobiznes.

8

2

2

4

4-MODUL. MILLIY IQTISODIYOT (MAKROIQTISODIYOT)NING AMAL QILISH VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI.

9

Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari.

8

2

2

4

10

Yalpi talab va yalpi taklif. Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar.

8

2

2

4

11

Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o‘sish va milliy boylik. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi.

8

2

2

4

12

Iqtisodiyotning siklligi va makroiqtisodiy beqarorlik.

8

2

2

4

13

Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik.

8

2

2

4

14

Moliya tizimi va moliyaviy siyosat.

8

2

2

4

15

Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli.

10

2

2

6

16

Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning roli. Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati.

8

2

2

4

5-MODUL. JAHON XO’JALIGI VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI.

17

Jahon xo‘jaligi va uning evolyusiyasi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya va O‘zbekistonning jahon hamjamnyatiga kirib borishi.

8

2

2

4

18

Jahon bozori. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari.

8

2

2

4

Jami

150

36

36

78

Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo’yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar to’la qamrab olinishi kerak.



Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish