4.Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. Mutanosibliklarning tasniflanishi.
Iqtisodiy mutanosiblik – bu iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo‘lishidir. Bunda tenglik bo‘lishi shart emas. Ular mos keluvchi nisbatlarda (masalan, 2:3, 5:3, 3:1) bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy mutanosibliklarning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.
1. Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg’arish fondi o‘rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o‘rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |