Iqtisodiy bilim asoslari


Kredit resusrlarining manbalari. Kredit berish tamoyillari



Download 14,87 Mb.
bet240/402
Sana17.09.2021
Hajmi14,87 Mb.
#177080
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   402
Bog'liq
Majmua Iqtisodiyot nazariyasi G va IBAO'M-2020-21

3.Kredit resusrlarining manbalari. Kredit berish tamoyillari.
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:

  1. korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;

  2. mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;

  3. korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag’batlantirish fondlari;

  4. korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;

  5. bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;

  6. aholining bo‘sh pul mablag’lari.

Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha bo‘sh pul resurslari hosil bo‘lishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim bo‘g’inlari va sohalarida qo‘shimcha pul mablag’lariga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Avvalo kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining bo‘sh pul mablag’lari ssuda fondi shaklida to‘planib, keyin bu mablag’lar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. SHu orqali kredit ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xo‘jalik amaliyotiga joriy etish vazifasini bajaradi.

Uchinchidan, kredit naqd pullar o‘rniga kredit pullarni rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi.

To‘rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy o‘sishni rag’batlantirish vazifasini bajaradi.

Beshinchidan, kredit o‘z muassasalari orqali iqtisodiy sub’ektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi.

Nihoyat, kreditning o‘ziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi.

Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki – pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, iste’mol va xalqaro kredit shakllarini oladi.



Bank krediti – kreditning asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari – banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.

Bank krediti yo‘nalishi, muddati va kredit bitimlari summasi bo‘yicha cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda keng, tovar muomalasidan tortib kapital jamg’arilishigacha xizmat qiladi.




Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish