Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog’liq bo‘lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi. O‘z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida ishchilarni ishdan bo‘shata boshlaydilar. Shu tariqa iqtisodiyotda siklik ishsizlik deb nomlanuvchi ishsizlar guruhi paydo bo‘ladi. Siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi ishsizlikning tabiiy darajadan farqlanishini ko‘rsatadi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |