DAVLAT BUDJETI KAMOMADI VA PROFITSITI
Odatda, davlat budjetining daromad va xarajat qismlari o‘zaro teng bo‘lmaydi.
Ko‘pincha, daromadga qaraganda xarajat ko‘proq bo‘ladi. Davlat budjetining
xarajatlari va daromadlari o‘rtasidagi musbat farqni budjet kamomadi deb atashadi.
Yillar davomida jamlanib kelingan budjet kamomadining jami miqdori davlat qarzini
tashkil qiladi. Davlat qarzi ichki va tashqi qarz ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ichki
qarz davlatning o‘z fuqarolari, firma va tashkilotlari oldidagi majburiyatlari bo‘lsa,
tashqi qarz chet el davlatlari, xalqaro banklar va moliyaviy muassasalar oldidagi
qarzidir. Davlat budjetining daromadlari xarajatlaridan ortiq bo‘lgan holda davlat
budjeti profitsiti yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |