IQTISODIY RIVOJLANISHNING NOTEKISLIGI
Dunyo bo‘yicha har yili yaratilayotgan iqtisodiy boylik, moddiy ne’matlarning
85 foizi Yer yuzi aholisining 17 foizi istiqomat qilayotgan 25 ta davlat aholisi
tomonidan iste’mol qilinmoqda. Davlatlar iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi
farq kun sayin kattalashmoqda. Bu holat jahon iqtisodiyotining globallashuvi
natijasida yanada keskinlashmoqda. Dunyo o‘ta boy va kambag‘al davlatlardan
tashkil topgan ikki qutbga ajralib bormoqda. Bu o‘z navbatida, kelajakda dunyo
miqyosidagi ijtimoiy nizo, siyosiy va iqtisodiy tanglikni keltirib chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |