Buni yodda tuting!
5. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar nima maqsadda tuziladi?
6. Qanday xalqaro iqtisodiy tashkilotlarini bilasiz?
7. 1980- yili AQSH hukumati tomonidan Yaponiya avtomobillarining AQSH
bozorlariga kirib kelishini cheklash maqsadida o‘rnatilgan kvota ta’sirida
Amerika avtomobillari 400 AQSH dollarga, Yaponiya avtomobillari esa 1000
AQSH dollarga qimmatlashdi. Nega bunday bo‘lganini izohlashga urinib ko‘ring.
8. O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi aloqalarning oddiy xalqaro savdo-
sotiq aloqalaridan farqlaydigan jihatlarini sanab ko‘rsating.
9. Koreya Respublikasi bilan o‘zaro hamkorlikda iqtisodiyotimizga zamonaviy
texnologiyalarni kiritishga asosiy e’tibor qaratilayotganining mamlakatimiz
taraqqiyoti uchun qanday ahamiyati bor?
10. Koreya Respublikasining mamlakatimiz iqtisodiyotiga katta hajmda
investitsiyalar kiritayotganligi bilan hukumatimiz tomonidan tadbirkorlar uchun
yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
11. Mamlakatimizning Janubiy Koreya bilan iqtisodiy hamkorligi samaralariga
atrofingizdagi hayotdan misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |