Iqtisodiy bilim asoslari


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/281
Sana31.12.2021
Hajmi1,8 Mb.
#216969
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   281
Bog'liq
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 

IQTISODIY  SALOHIYATI

21- MAVZU

 

O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI

Maydoni.


Respublikamiz maydoni 448,9 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi va

u Yer shari quruqlik qismining 0,3 foizini egallaydi. Uning 60 foizi qishloq xo‘jaligiga

yaroqli yerlardir.

Aholisi.

Mamlakatimiz aholisi 2013- yilda 30 million kishiga yetdi. Ishchi kuchi

resurslari aholining yarmini tashkil qiladi. Aholining o‘rtacha yoshi 24 yilni tashkil qiladi.

Tabiiy resurslari.

O‘zbekiston hududida 2700 dan ortiq foydali qazilmalar ning

istiqbolli konlari topilgan. Respublika yer ostidan yiliga qazib olinayotgan foydali

qazilmalarning qiymati 5,5 milliard dollardan ko‘pdir.

O‘zbekiston oltin zaxiralari va qazib chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi

o‘rinlardan  birini  egallaydi.  Respublikamiz  yer  osti  kumushga  ham  boydir.

Mamlakatimiz mis zaxiralarining miqdori bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda

turadi.  Uranning  topilgan  zaxiralari  uni  50—60  yil  qazib  olishni  ta’minlaydi.

Respublikamizda  160  dan  ortiq  gaz,  neft,  ko‘mir  konlari  qidirib  topilgan  va

ochilgan, ularning ko‘pi foydalanishga topshirilgan. Ulardan 5 million tonnadan

ortiq neft va gaz kondensati olinadi, bu esa o‘z ehtiyojlarimizni to‘la ta’minlaydi.

Har yili respublikamizda 51 milliard 200 million kub metrdan ortiq zangori

yonilg‘i — gaz olinadi. Bu o‘z ehtiyojlarimizni to‘la ta’minlagan holda, uni qo‘shni

davlatlarga  eksport  qilish  im konini  ham  beradi.  Bir  yilda  qazib  chiqariladigan

ko‘mir to‘rt million tonnani tash kil etadi. O‘zbekistonda qidirib topilgan ko‘mirning

umumiy zaxiralari 2 milliard tonnadan ko‘p.

Sanoati.

Paxta tozalash, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya,

energetika, to‘qimachilik, gaz, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jalik

mahsulotlarini qayta ishlash, elektrotexnika, radiotexnika va boshqalar. 100 dan

ortiq tarmoqqa mansub 2200 dan ziyod yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat

ko‘rsatmoqda. 1996- yil 19- mayda Andijon viloyatining Asaka shahrida ochilgan

mamlakatimizdagi  birinchi  avtomobil  zavodi  “Nexia”,  “Tiko”  rusumli  yengil

avtomobillar hamda “Damas” rusumli kichik avtobusdan yiliga 200 ming dona

avtomashina chiqara boshlagan edi. Hozirgi kunda AQSHning “General Motors”

kompaniyasi bilan qilinayotgan hamkorlik tufayli “Matiz”, Lacetti”, “Orlando”,

“Malibu”, “Cobalt” va “Spark” rusumli jahon standartlariga to‘la javob beradigan

avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Samarqand shahrida esa “Isuzu” rusumli o‘rta

hajmli avtobuslar va yuk avtomashinalari hamda "MAN" rusumli yirik tonnali

yuk avtomashinalari ishlab chiqarilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonda

mashinasozlik  sanoati  yildan  yilga  rivojlanib,  jahon  andozalariga  moslashib,

yuksalib borayotganidan dalolat beradi.





Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish