BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
•
Davlatning budjet-soliq siyosatiga narxlar barqarorligi, to‘la bandlik
va iqtisodiy o‘sishga qaratilgan soliqqa tortish hamda davlat budjetini muvo-
fiqlashtirish chora-tadbirlari kiradi.
•
Davlatning pul-kredit siyosati markaziy bank tomonidan muomaladagi pul
massasi va kredit berish imkoniyatlarini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Buni yodda tuting!
Aytaylik, markaziy bank tijorat banklari uchun zaxira normasini 20%
qilib belgiladi.
Tijorat banklari markaziy bankdan 5 mlrd so‘m kredit olishdi. Ular o‘z
mijozlariga necha so‘m qarz bera oladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |