Mashq
14- MAVZU
DAVLATNING IQTISODIYOTDAGI ROLI
DAVLATNING BUDJET-SOLIQ SIYOSATI
Ma’lumki, davlat budjetining daromad qismi, asosan, soliqlardan, xarajat qismi
davlat ehtiyojlari uchun zarur tovar va xizmatlar sotib olish xarajatlari va aholiga
to‘lanadigan transfert xarajatlaridan iborat bo‘ladi. Davlatning budjet-soliq (fiskal)
siyosati asosida xuddi shu soliqlar, davlat xarajatlari va transfert to‘lovlari miqdorini
o‘zgartirish yordamida yalpi talab va yalpi taklif hajmiga ta’sir qilish yotadi.
Yuqoridagi chizmada davlat tomonidan soliq stavkasi oshirilishi natijasida
mamlakat iqtisodiyotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar tasvirlangan. Siz soliq stavkasi
kamaytirilgan holatda mamlakat iqtisodiyotida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni
taxmin qiling va sharhlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |