VALUTA KURSI QANDAY ANIQLANADI?
Ikki davlat bir-biri bilan import–eksport savdo-sotiq aloqalarini olib borar
ekan, birinchi davlatning ikkinchi davlat valutasiga, ikkinchi davlatning birinchi
davlat valutasiga ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bu esa har bir davlat valutasiga nisbatan,
xuddi tovarlarga bo‘lgandek, talab va taklifni keltirib chiqaradi. Davlat valutasining
kursi unga bo‘lgan talab va taklifga nisbatan shakllanadi. Davlatdan eksport
qilinadigan tovarlar hajmiga qarab, davlat valutasiga bo‘lgan talab shakllanadi.
Davlatdan ko‘p tovar eksport qilinsa, davlatning valutasiga bo‘lgan talab ham
oshadi. Davlat valutasining taklifi esa bu davlatning boshqa davlatdan sotib
olmoqchi bo‘lgan import tovarlarining hajmidan kelib chiqib shakllanadi. Davlat
uchun qancha ko‘p import tovarlari kerak bo‘lsa, davlat valutasining taklifi ham
shuncha ko‘p bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |