FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
28- MAVZU
Valuta
— davlatlar pul birliklarining umumlashgan nomi.
VALUTA KURSI NIMA?
Bir davlat pul birligining boshqa davlat pul birligidagi narxi valutaning
ayirboshlov kursi deb ataladi. O‘zbekistonda chet el valutasining ayirboshlov kursi
— uning bir birligini sotib olish uchun to‘lash lozim bo‘lgan so‘m miqdoriga teng
bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonda 2014- yil 17- martda AQSH dollarining sotib olish
kursi 2243 so‘mni, yevroning kursi 3085 so‘mni tashkil qilgan. Odatda, bir davlat
valutasining kursi ikkinchi davlat valutasining kursi bilan taqqoslanayotganda, bu
valutalarning AQSH dollariga nisbatan kursidan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |