Iqtisodiy bilim asoslari



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/205
Sana23.06.2021
Hajmi7,33 Mb.
#99428
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   205
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

Shavkat Mirziyoyev
http:eduportal.uz


60
11- MAVZU
ISTE’MOLCHILARNING DAROMADLARI 
VA XARAJAT TURLARI
1. Rasmdagi oilaning qanday daromadlari bo‘lishi mumkin deb o‘ylaysiz?
2. Bu oila yaxshi turmush kechirishi uchun bir oyda qanday harajatlar 
qilishi kerak?
3. Oilaning har bir a’zosi  iste’molchi  sifatida o‘z ehtiyojlarini alohida 
o‘zi  to‘la  qondira  oladimi?  Buning  uchun  unga  nimalar  yetmasligi 
mumkin?
4. Oilaga xo‘jalik yuritish uchun har bir a’zosining shaxsiy xarajatlaridan 
tashqari yana qanday umumiy xarajatlar zarur bo‘ladi deb o‘ylaysiz?
 FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Iste’molchi  –  bu  turli  tovar  va  xizmatlarni  o‘z  shaxsiy  yoki  oilaviy 
ehtiyojlari  uchun  sotib  oluvchi  yoki  buyurtma  beruvchi  shaxs.  Bunda 
iste’molchi sifatida alohida olingan fuqarodan tashqari butun bir oilani 
ham nazarda tutiladi. Iste’molchi sifatida qaralganida iqtisodiyotda oila 
tushunchasi o‘rniga ko‘pincha uy xo‘jaligi tushunchasi ishlatiladi.
Kishining  ma’lum  vaqt  davomida  (bir  oyda  yoki  bir  yilda)  ishlab 
topgan va qo‘lga kiritgan barcha moddiy hamda pul tushumlari daromad
deb ataladi. Daromad bevosita mehnat yoki biror mulk (boylik)ni ishlatish 
evaziga hosil qilinishi mumkin. Bu darsda daromadning bevosita mehnat 
evaziga hosil qilinadigan turi haqida to‘xtalamiz. Ish haqi mehnat evaziga 
olinadigan daromad bo‘lib, u iste’molchilar daromadining asosiy qismini 
tashkil qiladi.
Ish haqining quyidagi turlari bo‘lishi mumkin:
—  ishchining  tayyorlagan  mahsuloti  miqdori  yoki  bajargan  ishiga 
qarab to‘lanadigan pul miqdori — ishbay ish haqi.
http:eduportal.uz


61
Har  bir  kishi  hayot  kechirishi  uchun  u  qanchadir  darajada  xarajat 
qilishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, oziq-ovqat, kiyim-bosh, shaxsiy gigiyena 
tovarlari va h.k. Oila a’zolarining shaxsiy xarajatlaridan tashqari oilada 
xo‘jalik yuritish uchun umumiy xarajatlarni ham amalga oshish zarurati 
ham bor. Masalan, uyni jihozlash, birgalikda hordiq chiqarish, avtomobil 
xarid qilish va h.k.
Iste’mol xarajatlarini ikki turga bo‘lish mumkin: majburiy xarajatlar 
va  erkin  xarajatlar.  Majburiy  xarajatlar —  kundalik  turmushda  ularsiz 
— ishchining ishlagan vaqti miqdoriga qarab to‘lanadigan pul miqdori 
—  vaqtbay  ish  haqi.  Bir  oyga  qat’iy  belgilangan  vaqtbay  ish  qo‘lhaqi  – 
oylik maoshdir.
Davlat tashkilotlarida ishlovchilar, asosan, oylik maosh ko‘rinishidagi 
vaqtbay ish haqi oladilar. Zavod va fabrikalarning ishchilariga, ko‘pincha, 
ishbay ish haqi belgilanadi. O‘qituvchilar, odatda, o‘tgan darslari uchun 
vaqtbay ish haqi olishadi. Shuningdek, ba’zi korxona va tashkilotlarda 
ishchilarga qat’iy oylik maosh tayinlanishi bilan bir qatorda, bajarilgan 
ish hajmiga bog‘liq ravishda qo‘shimcha ishbay ish haqi ham beriladi.
Iste’molchi  daromadlari har doim ham pul ko‘rinishida bo‘lavermaydi. 
Masalan,  oila  o‘z  tomorqasida  sabzavot  ekinlari  yetishtirib,  iste’mol 
qiladi. Bu bilan ular to‘g‘ridan to‘g‘ri tushum ko‘rinishidagi daromadni 
o‘zlashtiradilar.
Qariyalar  har  oyda  qarilik  pensiyasi  oladilar.  Stipendiya talabalarga 
o‘qish davrida, nafaqalar esa ishsizlik, kasallik yoki boshqa sabablarga 
ko‘ra  vaqtincha  ishlay  olmaydigan  kishilarga,  ko‘p  bolali  yoki  kam 
ta’minlangan  oilalarga  davlat  va  korxonalar  tomonidan  beriladigan 
yordam pulidir. 
Davlat  tomonidan  beriladigan  yordam  pullari  boshqacha  ijtimoiy 
transfertlar deb ham ataladi.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish