p
0
8 400
9 000
8 800
1 2 3
9 200
5 6 7 8 9
q
S
D
M
8 600
4
Guruch
narxi (p),
so‘mda
Guruchga
bo‘lgan
talab
miqdori
(q
D
), t
Guruchning
taklif
miqdori
(q
S
), t
9 000
0
8
8 800
2
6
8 600
4
4
8 400
6
2
http:eduportal.uz
106
sotuvchilar uchun ma’qul tushadi. Tovarga bo‘lgan talab va taklif miqdori
teng bo‘lgan holatdagi tovar narxi muvozanat narx yoki tovarning bozor
narxi deb ataladi. Bozor narxiga mos talab (yoki taklif) miqdori muvozanat
miqdor deb yuritiladi. Yuqorida ko‘rilgan bozordagi guruchning muvozanat
narxi, ya’ni bozor narxi 8 600 so‘mni, muvozanat miqdori esa 4 tonnani
tashkil qiladi. Talab va taklif chiziqlarining kesishish nuqtasi (M nuqta)
muvozanat nuqta deb ataladi. M nuqtaning ordinatasi muvozanat narxni,
absissasi esa muvozanat miqdorni bildiradi.
Qat’iy narxlar
— bozorda davlat tomonidan qat’iy qilib o‘rnatiladigan,
bozor narxidan farqli bo‘lgan narx.
Taqchil bozor
— tovar taklif miqdo rining unga bo‘lgan talab miq doridan
past bo‘lgan bozor.
To‘yingan bozor
— tovar taklifi miqdorining unga bo‘lgan talab
miqdoridan yuqori bo‘lgan bozor.
Muvozanat miqdor
— tovarning bozor muvozanat narxiga mos talab
(yoki taklif) miqdori.
Tovarning bozor (muvozanat) narxi
— bozorda tovarga bo‘lgan talab
miqdorining taklif miqdoriga teng bo‘lgandagi narx.
Aytaylik, bozorda qat’iy narx 8 400 so‘m qilib belgilangan bo‘lsin.
Unda bozorda guruchga bo‘lgan talab miqdori 6 tonna, taklif esa
2 tonnani tashkil qiladi. Demak, taklif qilingan 2 tonna guruch tezda
sotilib, xaridorlarning yana 4 tonnalik talabi qondirilmay qoladi, ya’ni
mahsulot taqchilligi yuzaga keladi. Bozordagi bunday holat taqchil bozor
holati deb ataladi.
Aksincha, bozorda guruch narxi 8 800 so‘m qilib belgilangan bo‘lsa,
guruchga bo‘lgan talab miqdori 2 tonna, taklif esa 6 tonnani tashkil
qiladi. Natijada, taklif qilingan guruchning faqat 2 tonnasi sotib olinib,
4 tonnasi ortib qoladi. Bozordagi bunday holatga to‘yingan bozor holati
deb ataladi.
Ko‘rib turganingizdek, yuqoridagi har ikkala holda ham bozorda
muvozanat yo‘q. Shu bois, bozorda narxlarning bunday yuqoridan
qat’iy qilib o‘rnatilishi maqsadga muvofiq emas. Agarda bozorda doimiy
muayyan narxlardagi talabga ega tovarlar miqdori xuddi shunday
narxdagi taklif qilinayotgan tovarlar miqdoriga teng bo‘lsa bozorning
bu xolati bozor muvozanati deb ataladi. Bunday bozor iqtisodiyot fanida
muvozanatlashgan bozor deb yuritiladi
http:eduportal.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |