Iqtisodiy bilim asoslari


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/205
Sana23.06.2021
Hajmi7,33 Mb.
#99428
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   205
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
15- MAVZU
IQTISODIY QAROR QABUL QILISH
Muqobil 
imkoniyatlar 
(sotib olish 
mumkin bo‘lgan 
narsalar nomi)
Baholash mezonlari (sotib olishning 
maqsadga muvofiqligi va undan keladigan naf mezonlari)
Pulning 
yetishi
Ehtiyojning 
borligi
Bilim 
olishga 
foydasi
Sog‘liqqa 
foydasi
Uydagilarga 
xush kelishi
1. Velosiped
2. Kostum-shim
3. Audio-pleyer
4. Karate  seksiyasi
5. Ingliz tili kursi
6. ...
http:eduportal.uz


77
“Bo‘ston” fermer xo‘jaligining rahbari Kamol Abdullayev o‘zi yashab 
turgan qishloqda sutni qayta ishlash korxonasini qurishga  qaror qildi.
Keling, bunday qarorning paydo bo‘lish sabablarini o‘zimizcha tahlil 
qilishga  urinib  ko‘raylik.  Albatta,  har  bir  qarorning  qabul  qilinishidan 
oldin  iqtisodiy vaziyat, mavjud resurslardan foydalanish imkoniyatlari 
sin chiklab o‘rganib chiqilgan. Iqtisodchilar tili bilan aytadigan bo‘lsak: 
Nima  ishlab  chiqarish  kerak?  Qanday  ishlab  chiqarish  kerak?  Kim 
uchun  ishlab  chiqarish  kerak?  degan  savollarga  javob  izlangan.  Ya’ni 
qaror  (imkoniyatlardan  birini  tanlash)  iqtisodiy  jihatdan  eng  maqbul 
qaror  bo‘lgan.  Abdullayev  bunday  qarorni  qabul  qilishdan  oldin  har 
xil  muqobil  imkoniyatlarni  obdon  taqqoslab  ko‘rdi.  Uning  oldida 
konserva zavodi, meva sharbati ishlab chiqarish, go‘shtni qayta ishlash 
korxonalarini  qurish  imkoniyatlari  ham  mavjud  edi.  Lekin  u  barcha 
imkoniyatlarini ‘‘qancha mablag‘ talab qilinishini’’, ‘‘mahsulotga talab 
mavjudligi’’,  ‘‘keltiradigan  daromadi  va  foydasi’’,  ‘‘mavsumiyligi’’ 
kabi  mezonlar  bo‘yicha  iqtisodiy  tahlil  qilib  ko‘rdi.  Ushbu  mezonlar 
yordamida imkoniyatlarni baholadi va o‘zi uchun eng iqtisodiy maqbul 
bo‘lgan qarorni qabul qildi – sut ishlab chiqarish korxonasini qurishni 
tanladi.  Ya’ni,  bunday  iqtisodiy  qaror  qabul  qilish  bo‘yicha  ish  bir 
nechta muammo, muqobil imkoniyatlar, baholash mezonlari, baholash, 
tanlov kabi bosqichlarda amalga oshirildi.   
Har  bir  qarorning  qadr-qimmati  va  nafi  alohida  olingan  shaxsga 
hamda jamiyatga keltiradigan qiymati bilan o‘lchanadi. Abdullayevning 
sutni qayta ishlash korxonasini qurish haqidagi qarorining xususiy qadr-
qimmati, korxonani ishlatish natijasida, avvalo, uning o‘ziga keladigan 
foyda  va  o‘z  ishidan  qoniqish  hissi  kabi  naf  bilan  korxonani  qurish 
uchun  sarflanadigan  xarajatlar  va  qo‘ldan  boy  berilgan  imkoniyatlarni 
o‘zaro taqqoslash natijasida aniqlanadi. Ikkinchi tomon dan, bu qarorning 
ijtimoiy qadr-qimmati ham bo‘lib, u qishloqda qo‘shimcha ish o‘rinlarini 
yaratish, odamlarning sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish 
kabi  jamiyatga  keltiriladigan  naf  bilan  jamiyat  tomonidan  qilinadigan 
chiqimlar  va  boy  berilgan  boshqa  muqobil  imkoniyatlarni  o‘zaro 
taqqoslash  natijasida  aniqlanadi.  Shunday  qilib,  har  bir  shaxs  qaror 
qabul qilayotganida ham shaxsiy, ham ijtimoiy nuqtai nazardan qo‘lga 
6. Qarorlaringizni  yoningizda  o‘tirgan  o‘rtoqlaringizniki  bilan  taqqoslang. 
Nima sababdan qarorlar turlicha bo‘lib chiqdi? 
http:eduportal.uz


78
kiritadigan yutuqlari bilan qo‘ldan boy beradigan imkoniyatlarini, albatta, 
o‘zaro taqqoslashi lozim ekan.
Kamol  Abdullayev  sutni  qayta  ishlash  korxonasini  qurishga  qaror 
qilganida  bu  qaror,  albatta,  tejamkorlik  bilan  ratsional qabul  qilingan. 
Ikkinchi tomondan esa bu qarorni amalga oshirgandan so‘ng olinadigan 
natija haqida o‘ylab ko‘rilgan. Bu natija, albatta, o‘zining eng “katta”, 
maksimal  qimmatli  nafga  ega  bo‘lishi  bilan  ajralib  turishi  lozim.  Aks 
holda bunday qaror qabul qilinmas edi. Haqiqatan, agar K.Abdullayev 
uchun sutni qayta ishlash korxonasidan ko‘ra konserva zavodini qurish 
ko‘proq  qimmatli  va  nafli  (samarali)  bo‘lganida  edi,  u  o‘z  qarorini 
o‘zgartirgan bo‘lar edi.
Endi davlat miqyosidagi bitta qaror bilan tanishib chiqaylik.
O‘zbekiston hukumati 2025 yilga kelib paxta tolasini eksport qilishni 
butkul to‘xtatishga va uni mamlakatimizning o‘zida to‘liq qayta ishlashni 
yo‘lga qo‘yishga qaror qildi.
2025- yilga kelib mamlakatimizda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab 
chiqarishni  2,6  marta,  eksport  hajmini  esa  4,7  marta  oshirish,  ya’ni                            
7,1 mlrd AQSH dollariga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Bir  qarashda,  paxta  tolasi  eksporti  davlatga  juda  katta  hajmdagi  chet  el 
valutasini olib keladi. Lekin ikkinchi tomondan, 1 tonna paxta tolasini eksport 
qilishdan  tushgan  daromadga  qaraganda  uni  qayta  ishlaganda  olinadigan 
to‘qimachilik  mahsulotini  eksport  qilish  bir  necha  marta  ko‘p  daromad 
keltiradi. Shuni hisobga olgan holda hukumatimiz shunday qaror qabul qilgan. 
Demak bu yerda ham qaror ratsionallik va maksimallik xususiyatlariga ega.
Demak, har qanday iqtisodiy qaror xoh u kichik tadbirkor  darajasida, 
xoh davlat miqyosida qabul qilingan bo‘lsin, bu qaror qaysidir ma’noda, 
o‘zining  ratsionallik  va  maksimallik  xususiyatlari  bilan  ajralib  turishi 
lozim ekan.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish