Iqtisodiy bilim asoslari



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/205
Sana23.06.2021
Hajmi7,33 Mb.
#99428
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   205
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

Qadriyatlar!
Hech  e’tibor  berganmisiz,  har  gal  qandaydir  narsa  sotib  olsak, 
beixtiyor uning boshqa sotuvchilardagi narxini surishtirishga tushamiz. 
Buyumning narxi haqidagi ma’lumot bizga nima uchun kerak?
http:eduportal.uz


48
Narxlarning  o‘zgarishi  bozor  iqtisodiyotida  resurslarni  ko‘chirish 
yoki  qayta  taqsimlash  uchun  rag‘batlar  hosil  qiladi.  Lavlagining  narxi 
makkajo‘xori  narxiga  nisbatan  ortishi  fermerlarni  ko‘proq  lavlagi  va 
kamroq  makkajo‘xori  ekishga  da’vat  etadi.  Huquqshunoslar  maoshi 
buxgalterlarnikiga  nisbatan  kamligi  kamroq  odamlarning  huquqni 
va  ko‘proq  odamlarning  buxgalteriyani  o‘rganishiga  sabab  bo‘ladi. 
Erkin  bozorda  foydaning  ortishi  resurslarni  jalb  qiladi  va  zararning 
ortishi  bunga  qarama-qarshi  natijaga  sabab  bo‘ladi.  Foyda  iqtisodiy 
hayotning  yashil,  zarar  esa  qizil  chiroqlaridir.  Yaxshi  ishlaydigan  yo‘l 
harakati nazorati tizimi ham yashil, ham qizil rangning bo‘lishini talab 
qilganidek,  yaxshi  ishlaydigan  bozor  tizimi  uchun  ham  foyda,  ham 
zararning mavjud bo‘lishi zaruriyatdir. Yuqorida keltirilgan misollarning 
har birida narxlarning rag‘batlantirish vazifasi namoyon bo‘ladi.
Narxlarning  yana  bir  muhim  vazifasi  —  bu  ularning  taqsimlash 
vazifasidir.  Boshqa  shart-sharoitlar  o‘zgarmay,  biror  tovarning  narxi 
oshsa, odamlar uni kamroq xarid qilishga harakat qiladilar va aksincha, 
narx  qanchalik  past  bo‘lsa,  odamlarda  shu  tovarni  xarid  qilish  istagi 
ortadi.  Narxlar  vositasida  bozorda  tanqis  resurslar,  ular  uchun  pul 
to‘lash  istagi  va  qobiliyati  eng  yuqori  bo‘lgan  iste’molchilar  orasida 
taqsimlanadi.  Shahar  markazidagi  bino  egasi  uni  ofis  binosi  uchun 
ijaraga  berganda,  garaj  yoki  ombor  uchun  bergandagiga  nisbatan 
ko‘proq  ijara  haqi  olish  imkoniyati  bo‘lsa,  demak,  undan  ofis  binosi 
uchun foydalaniladi. Agar 50 000 kishi 5 000 kishilik zalda o‘tkazilishi 
ko‘zlangan  konsertni  tomosha    qilishni  istasa,  chiptaning  narxi  faqat 
5 000 kishi to‘lay olgunga qadar oshishi mumkin, qolgan 45 000 kishi 
chipta narxi qimmat bo‘lgani uchun konsert tomosha qila olmaydi.
Adam Smit bozor tizimi tovarlarga hech kimning aralashuvisiz “ado-
latli” narxlarni o‘rnata oladi deb hisoblagan. U barcha tovarlar o‘zining 
muayyan  narxiga  ega  bo‘lib,  bu  narx  ushbu  tovarni  ishlab  chiqarishga 
ketgan  sa’y-harakatlarga  bog‘liq  deb  hisoblagan.  Uning  fikricha,  tovar 
ishlab  chiqarish  uchun  ishlatilgan  yer  uchun  renta  ko‘rinishidagi  haq 
to‘lanishi lozim. Shu tovarni ishlab chiqarish uchun jalb qilingan kapi-
taldan foydalanilgani uchun ham muayyan miqdordagi haq to‘lash kerak 
bo‘ladi. Jalb qilingan ishchi kuchi uchun ham ish haqi to‘lanishi kerak. 
Adam Smit fikricha, mana shu xarajatlar tovar narxini shakllantiradi. 
Biroq  u  narx  ayrim  paytlarda  birmuncha  o‘zgarishi  mumkin,  masalan, 
taqchillik yuz bergan paytda, deb hisoblagan. 
http:eduportal.uz



Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish