FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Oldingi ikki darsda tovarning sotilish hajmini xaridorlar nuqtai na-
zaridan tahlil qilgan edik. Bu darsda tovarning sotilish hajmini sotuvchilar
nuqtai nazaridan qarab chiqamiz.
Tovar taklifi yoki taklif sotuvchilarning muayyan vaqt davomida tovarni
turli narxlarda qanchadan sotishga bo‘lgan xohish va imkoniyatlarini
aniqlaydi. Taklif miqdori deb sotuvchilarning muayyan vaqt davomidagi
ma’lum narxda sotishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdoriga aytiladi. Taklif
deganda alohida, shaxsiy taklifni (muayyan sotuvchining taklifini) yoki
taklifning umumiy hajmini (bozordagi barcha sotuvchilarning umumiy
taklifini) qarash mumkin. Ammo iqtisodiyot fanida, asosan, muayyan
tovarga bo‘lgan umumiy taklif kattaligi o‘rganiladi.
http:eduportal.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |