Eksportni rag’batlantirishning kredit-moliyaviy usullari quyidagilardan iborat:
— eksportga tovarlar yetkazib berishni subsidiyalash;
— eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy kreditlar berilishini rag'batlantirish;
— xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug'urtalash;
— eksportdan olinuvchi foydadan soliq to'lashdan ozod etish va h.k.
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli to'siq sifatida bojxona bojlarini keltirish mumkin.