Iqtisod nazariyasi


O‘zbekiston pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari. 2019−2021 yillarda pul-kredit siyosati



Download 111 Kb.
bet3/7
Sana29.01.2022
Hajmi111 Kb.
#416705
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fayziyef Faxriddin iqtisodiyot nazariyasi mustaqil ishi

2. O‘zbekiston pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari. 2019−2021 yillarda pul-kredit siyosati


2018 yil 24 noyabrda O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvining ochiq yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Monetar siyosatning 2019 yil va 2020-2021 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
O‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyasiya darajasini pasaytirish va inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish kabi vazifalar belgilab olindi.
Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari dasturiy hujjat hisoblanib, u joriy makroiqtisodiy holat va tashqi iqtisodiy vaziyat tahlili, shuningdek tashqi va ichki sharoitlarning rivojlanish prognozlari asosida ishlab chiqilgan.
Mazkur hujjat o‘z ichiga, o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining maqsad va tamoyillari, pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlili va kutilayotgan natijalar, makroiqtisodiy rivojlanish ssenariylari hamda o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish choralarini qamrab olgan.
Avvalgi yillardan farqli ravishda joriy yilda asosiy yo‘nalishlar kelgusi 3 yillik davr uchun ishlab chiqilib, unda iqtisodiyotning rivojlanishi ssenariylar asosida ko‘rib chiqildi. Asosiy ssenariyga ko‘ra kelgusi yillarda iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarining davom etishi va tashqi sharoitlarning sezilarli darajada o‘zgarmasligi hamda soliq sohasida va tarkibiy islohotlar borasida bosqichma-bosqich kutilgan natijalarga erishilib borilishi nazarda tutilgan. Muqobil (xatarli) ssenariyda esa, tashqi iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi va amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlarning sekinlashuvi taxmin qilingan.
Iqtisodiyot rivojlanishining asosiy ssenariysiga asosan YaIM o‘sish sur’ati 2018 yil yakuniga ko‘ra 5,2 foiz, 2019 yilda esa 5,4 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda. O‘tgan va joriy yillarda investitsion faollikning oshishi hamda iqtisodiyotning real sektorida olib borilayotgan islohotlar natijasida keyingi yillarda iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini yanada tezlashishi kutilmoqda.
Asosiy ssenariydagi ko‘ra yillik inflyasiya darajasining prognoz ko‘rsatkichlari 2018 yilda 16-17 foizni, 2019 yilda 13,5-15,5 foizni va 2020 yilda 10-12 foizni tashkil etadi. 2021 yildan boshlab yillik inflyasiya darajasi bir xonali ko‘rsatkichgacha pasayishi kutilmoqda.
O‘rta muddatli istiqbolda inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi bo‘lishi kutilmoqda. Bunda, davlat korxonalarini isloh qilinishi (xususiylashtirishi) doirasida iqtisodiyotga kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi keyingi yillarda investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi.
Asosiy ssenariyda soliq islohotlarining samarali amalga oshirilishi, “byudjet qoidasi”ning amaliyotga joriy etilishi, fiskal va monetar siyosatlarning muvofiqligini takomillashtirilishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmining o‘sish sur’atlarining maqbullashtirilishi (2019 yilda 25 foiz) ko‘zda tutilgan.
Muqobil ssenariyda esa, tashqi va ichki sharoitlarning yomonlashuvi hamda tarkibiy islohotlarning kutilgan natija bermasligi hisobiga 2019 yilda inflyasiya darajasining 17-18 foizgacha o‘sishi kutilmoqda.
Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni ko‘zda tutmoqda. Bunda, muqobil ssenariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi.
Monetar siyosatning 2019 yil va 2020−2021 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari Markaziy bankning rasmiy saytiga joylashtirildi.
Ma’lumotlarga ko’ra, 2019−2021 yillarda pul-kredit siyosatining ichki sharoitlari va samaradorligi ko‘p jihatdan soliq-byudjet siyosatiga bog‘liq bo‘ladi.
Kelgusida soliq-byudjet sohasida amalga oshiriladigan keng qamrovli islohotlarning asosiy yo‘nalishlari vazifalarni qamrab olgan:

  • byudjet tizimini takomillashtirish;

  • ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni inflyatsiya darajasiga qarab indeksatsiya qilish;

  • soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish;

  • kichik va yirik korxonalarning soliq yuklaridagi farqni qisqartirish;

  • qo‘shilgan qiymat solig‘idan kengroq foydalanish, soliq turlarini kamaytirish;

  • majburiy to‘lovlarni birxillashtirish va ayrimlarini bekor qilish orqali iqtisodiyotda soliq yukini maqbullashtirish.

Moliya vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, taklif etilayotgan islohotlarning dastlabki bosqichida quyidagi natijalar kutilmoqda:

  • sotishdan tushgan tushumdan majburiy ajratmalarning to‘liq bekor qilinishi natijasida korxonalar ixtiyorida qo‘shimcha 5,2 trln. so‘m miqdoridagi daromadlar qoladi;

  • jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lovlarning pasaytirilishi hamda sug‘urta badalining bekor qilinishi hisobiga aholi daromadlari 2019 yilda qo‘shimcha ravishda 6,5%ga oshadi;

  • yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i, foyda solig‘i va kichik biznes sub’ektlari yagona solig‘ining kamaytirilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyorida 2 trln. so‘mlik qo‘shimcha mablag‘lar qoladi.

Shuningdek, soliq konsepsiyasida mazkur mablag‘larning bir qismini soliq ma’murchiligi takomillashtirilishi hamda aholi va tadbirkorlar soliq yuki yengillashtirilishi sababli soliq to‘lovchilar soni va bazasining kengayishi natijasida byudjetga tushumlar ortishi hisobiga qoplash nazarda tutilgan.
Ayni vaqtda o‘rta muddatda soliq islohotlari doirasida QQS to‘lovchilar bazasining kengaytirilishi ishlab chiqarishda qo‘shimcha qiymatni yaratish jarayonlarida uzunroq zanjirlarni hosil qilish imkonini berib, iqtisodiyotda ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi.
Xususan, Moliya vazirligi tomonidan 2019 yilda davlat byudjeti defitsiti yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 1,8%, 2020 yilda esa 0,7% bo‘lishi hamda 2021 yilga borib davlat byudjetining muvozanatli ijro etilishi hisobiga YAIMga nisbatan 0,1%lik profitsit bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Byudjet taqchilligining yuzaga kelishi iqtisodiyotda qo‘shimcha likvidlilikni yuzaga keltirib, bank tizimida likvidlilikning tarkibiy profitsitini shakllantirishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, Markaziy bank tomonidan ko‘riladigan choralarda yuzaga kelgan qo‘shimcha likvidlilikni tartibga solish va uning ta’sirini muvozanatlashtirish masalalari ham o‘z aksini topadi.
Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni, jumladan, ichki narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi davlat qarzini samarali boshqarish va byudjetning xomashyo eksporti tushumlariga bog‘liqligini pasaytirishni talab etadi.
Kelgusi yildan boshlab davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash maqsadida “byudjet qoidalari “va “yig‘ma byudjet” hamda fiskal cheklovlarni belgilash nazarda tutilmoqda.
Umuman olganda, soliq-byudjet siyosatining isloh etilishi, pul-kredit siyosati bilan samarali muvofiqlashtirilishi va “byudjet qoidasi"ning amaliyotga kiritilishi Markaziy bankka pulkredit siyosatini amalga oshirish uchun qulay bo‘lgan shart-sharoitlarni hosil qiladi.


Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish