Vertikal karyera deyilganda, xizmat lavozimi pillapo yalaridan bevosita yuqoriga ko‘tarilish tushuniladi. Lavozimda o‘sish mexnatga to‘lanadigan haq qoshishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Gorizontal karyera. Bu faoliyatning boshqa turi bilan shug‘ullaniladigan lavozimiga siljitishni yoki korxona xizmat lavozimlari tizimida qat’iy belgilab qo‘yilmagan muayyan xizmat vazifasini (masalan, muvaqqat guruh, bo‘linma, loyiha rahbari)
bajarish yuklatilishini anglatadi. Egallab turgan lavozimida avval belgilab qo‘yilgan vazifalarning qoida bo‘yicha ish haqi miqdori oshirilgan holda kengaytirilishi yoki murakkablashtirilishi ham gorizontal karyera turiga taalluqlidir. Ya’ni, gorizontal karyera xizmat lavozimida muttasil yuqoriga ko‘tarilishni anglatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |