1.5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi – uzluksiz ta’limning «O‘zbek modeli»
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos va mos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni hayotiy zaruratga aylantirdi. 1992 yilda «Ta’lim to‘g‘ risida»gi qonunning qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi birinchi va juda muhim qadam bo‘ldi. Ushbu qonunda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab qo‘yildi:
— O‘z-o‘zini ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
— ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
— Personalni kasbiyumumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
— o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
— ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
— davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
— ta’lim dasturlarini tanlashda yagona va tabaqalashgan yondashuv;
— bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
— ta’lim tizimida davlat va jamoa boshqaruvini uyg‘unlashtirish2.
— «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingandan so‘ng yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darslik va qo‘llanmalar yaratishga
Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar to’plami “Sharq”, Toshkent, 2001. 4-bet.
kirishildi. Ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalash yo‘lga qo‘yildi. Ayni vaqtda, yangi turdagi ta’lim muassasalari tashkil etila boshlandi.
Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlashni markazlash tirishdan hududiy yo‘nalishga o‘tkazish chora-tadbirlari ko‘rildi. O‘quv yurtlari tarmog‘i kengaydi, universitet ta’limi rivojlanishi ta’minlandi. Yangi ixtisosliklar, bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. Umuman, maktab ko‘p tarmoqli tizimga o‘tkazildi. Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting usulida baholashga o‘tildi. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga qo‘yilayotgan talablar hisobga olingan holda, doktoranturada kadrlar tayyorlash tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Jumladan, Oliy Attestatsiya komissiyasi tashkil etildi.
Iqtidorli bolalar va :o‘quvchi yoshlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Iste’dodli o‘smir va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus jamg‘armalar tashkil etildi. Qobiliyatli talaba — yoshlarni Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa taraqqiy etgan davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy markazlarida o‘qitish va stajirovkadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Ammo ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi puxta o‘zaro hamkorlik va foydali integratsiyaning mavjud emasligi kadrlar tayyorlash tizimidagi eng jiddiy kamchiliklardan biri edi. Ana shunday sharoitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida 1997-yildan boshlab, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi va izchil amalga oshirishga kirishildi.
Milliy dasturga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari etib quyidagilar belgilandi:
— respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
— mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgartirishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti, asosan, xomashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tilayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining kengayayotganligi;
— davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi;
— O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro‘-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.
Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish, kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi etib belgilandi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish belgilab qo‘yildi:
— «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
— ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
— kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamomaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
— ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
— ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
— yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
— ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsi-yalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlat talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
— uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
— kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni amalga oshirish3.
Kadrlash tayyorlash milliy modeli nomini olgan mazkur dasturning asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iboratdir:
Shaxs. U kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisidir.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs — fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan
Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar to’plami “Sharq”, Toshkent, 2001.
biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi ro‘yobga chiqariladi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari orqali sifatli ta’lim olish, shuningdek, ta’lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqi va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |