Xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimi
Ijtimoiy muhofaza qilish tizimi — aholining hayotiy muhim manfaatlari sohasi bo‘lib, uning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari davlat va jamiyatning iqtisodiy, huquqiy va madaniy rivojlanish darajasidan darak beradi. Ijtimoiy muhofazalanish huquqi-odamning munosib turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan hajmdagi fiziologik, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyati hisoblanadi. Ijtimoiy muhofaza tizimini tashkil etish masalasi ko‘p jihatdan mamlakatdagi milliy tartibni, jamiyatdagi totuvlik darajasini, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning bar qarorligi va dinamikasini belgilab beradi.
Xodimlarni ijtimoiy muhofazalash masalalari bo‘yicha ijtimoiy — mehnat munosabatlari, korxona va tashkilot tarmoq va mintaqa darajasida amalga oshiriladi. Ularning har biri uchun o‘z munosabatlar va o‘zaro aloqalar predmeti xos bo‘lib, bu predmetlar hammasi birgalikda xodimning ijtimoiy ahvolini hamda mehnat bilan o‘tadigan turmush darajasi va sifatini bildiruvchi ko‘rsatkichlarni belgilab beradi.
Ijtimoiy muhofaza tizimi quyidagi tarkibiy qismlarga ajra tiladi:
— ijtimoiy muhofaza subyektlari — yollanma xodim va uning oila a’zolari, ish beruvchi, davlat, ommaviy-huquqiy maqomga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari;
— ijtimoiy muhofaza darajalari–individual daraja (xodim
— ish beruvchi) va guruh darajasi (yollanma xodimlarning kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning birlashmalari);
— ijtimoiy muhofaza predmetlari va ularning tarkibi
– personalni ishga yollash va ishdan bo‘shatish, professional tayyorlash, mehnat sharoitlari, uni tashkil etish va normalash, mehnat qobiliyatini yo‘qotishni kompensatsiyalash, tibbiy va ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish mexanizmlari;
— ijtimoiy muhofazaning ijtimoiy adolat va o‘zaro yor damni amalga oshirish darajasini ko‘rsatuvchi prinsiplari va turlari — ijtimoiy sherikchilik (yollanma xodimlar bilan ish beruvchilar o‘zaro hamkorlik qilishining xilma-xil usullari bilan birga) yoki mehnat munosabatlarini qattiq reglamentlab, ijtimoiy muhofazada paternalistik munosabatlar bilan bog‘lash, shuningdek, ijtimoiy muhofazaning ushbu prinsiplari va turlarini aralash hamda bog‘lab olib borish;
— ijtimoiy muhofazani baholash mezonlari – ijtimoiy kafolatlar hamda mehnat bilan o‘tadigan hayot sifatining tan olingan milliy ko‘rsatkichlari (normalari): ishlab chiqarish sohasining ahvoli, mehnat muhofazasi va uning xavfsizligi; mehnatning psixofiziologik normativlari; mehnat sharoitlari
(mehnat qilish va dam olish, moddiy haq to‘lash rejimlari); xodimlarning salomatligi va mehnatga layoqatliligi; professional tayyorgarlikning malaka ko‘rsatkichlari; oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish me’yorlari va shu kabilar.
Korxona va tashkilotlarda xodimlarni ijtimoiy himoyalash ijtimoiy sug‘urta sohasidagi tadbirlar hamda boshqa ijtimoiy kafolatlarni tashkil etadi, ular amaldagi qonunlar, mehnat shartnomalari va boshqa huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. O‘zbekistondagi bu chora—tadbirlar Xalqaro Mehnat tashkiloti tomonidan qabul qilingan belgilarga hamohang holda quyidagilarni nazarda tutadi:
— mehnatga haq to‘lash va tarif stavkasi (maosh) eng kam muqdorning ta’minlanishi;
— ish vaqtining normal davom etishi (haftasiga 40 soat ishlash), dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun
kompensatsiya to‘lash, har yili kamida 24 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan mehnat ta’tili berilishi;
— mehnat majburiyatini bajarish natijasida soliqqa yetkazilgan zarar o‘rnining qoplanishi;
— kam ta’minlangan, yordamga muhtoj ko‘p bolali oilalarga mahalla bilan bir qatorda korxona va tashkilot tomonidan ham ijtimoiy himoya choralarini belgilash;
— vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun nafaqalar to‘lash, onalarga bolasini parvarish qilish ta’tili vaqtida har oyda nafaqalar to‘lab turilishi, hodimlar kasb tayyorgarligi yoki malaka oshirish davrida stipendiyalar to‘lab turilishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |