«iqtisod-moliya»


Bob. Personal mehnatini tashkil qilish va uni moddiy rag‘batlantirish



Download 3,55 Mb.
bet99/163
Sana29.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#98025
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Bob. Personal mehnatini tashkil qilish va uni moddiy rag‘batlantirish


3.1. Boshqaruv personali mehnatini tashkil qilish
Rahbar va mutaxassis ishining maqsadlari belgilangan ijrosi, xodimning o‘z faoliyatini qay darajada tashkil etish nuqtai nazaridan olib qaralishi kerak. Agar xodim faoliyatining maqsadlari noaniq belgilangan bo‘lsa yoki u mazkur maqsadlarni

167


yaxshi tasavvur etmasa, u holda samarali ishlash uchun shart-sharoitlar mavjud emasligi haqida gapirish mumkin.
Rahbarni, mutaxassisning samarali faoliyatga tayyorligi shaxsning bilimi, malakasi, ko‘nikmalari va shaxsiy fazilatlari bilan belgilanadi. Aqliy mehnatni oqilona tashkil etish, uning samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish vazifalari hozirgi vaqtda alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday sohadagi aqliy mehnat fikrlash mehnatidan tashqari sof tashkiliy, texnik elementlarni ham o‘z ichiga oladi, ularning muayyan qismi ko‘pgina kasblar uchun umumiy hisoblanadi. Demak, xodimning shaxsiy mehnatini tashkil etish muammolarini, foydalanilgan usullar, prinsiplar nuqtai nazaridan o‘rganish mumkin. Shaxs mehnatini tashkil etishning ikkinchi tomoni kundalik ish tajribasida boshqaruv personali tatbiq etadigan shaxsning ish texnikasi, texnikaviy vositalaridir.
Xodimning shaxsiy mehnatini fan va ilg‘or tajriba yutuqlaridan texnikaviy vositalarni tatbiq etishga asoslangan holda foydalanishni tashkil etishni, lavozim vazifalarini bajarish jarayonida xodim bilan foydalanilayotgan texnika vositalari o‘rtasida o‘zaro ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan bilim sohalari personal menejmenti, deyiladi.
Personal menejmentining ilmiy asosini boshqaruv faoliyati tajribasida to‘plangan hamda boshqaruv personali mehnat faoliyatini tashkil etish tamoyillari, usullari tarzida taqdim etilgan shaxsiy mehnatni tashkil etish to‘g‘risidagi butun bilim­ lar majmui tashkil etadi. Personal menejmenti fan sifatida rah­ bar­lar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilar samarali mehna­ tining omillari va shartlarini namoyon qiladi. Ana shu asosda nazariya ishlab chiqiladi, uning mazmuni boshqarish jarayonida kishilar oqilona faoliyatining tamoyillari, shakllari va usullari hisoblanadi.
Biroq shuni esda tutish zarurki, rahbar, mutaxassisning mehnati faqat obyektiv jihatdan shart bo‘lib qolmasdan, shu bilan birga, u tashabbuskor ijodiy xususiyatga ham egadir.

168


Shu munosabat bilan, ularning mehnatini tashkil etish, bir tomondan, muayyan qonuniyatlarga, tamoyillarga, qoidalarga bo‘ysunganligi haqida, ikkinchi tomondan, bu qoidalar qaror topgan ishlab chiqarish vaziyatini hisobga olgan holda, tatbiq etilish darajasini aniqlash uchun ijodiy mushohada qilib ko‘rilishini talab etishi haqida gapirish mumkin. Bu yerdagi tegishli tamoyillar va qoidalar faqat rahbarning, mutaxassisning o‘ziga xos ish uslubi, o‘z mehnatini tashkil etish ko‘nikma va malakalari, usullarini takomillashtirish ustida ishlashi uchun faqat boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu ta’rifdan kelib chiqib, personal menejmenti quyidagi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan masalalarni ilmiy asoslangan holda hal qilishni o‘z ichiga oladi:
— boshqaruv apparatidagi mehnatni tashkil etish (mehnat taqsimoti, mehnatni mazmuniga ko‘ra tartibga solish, mehnatni vaqti bo‘yicha tartibga solish), tizimlar va ish usullarini tanlash;
— shaxsiy mehnatni tashkil etishning o‘ziga xos muammolari (ish vaqtini rejalashtirish va taqsimlash, tashrif buyuruvchilar oqimini boshqarish, o‘ziga xos ish uslubi, yozishmalarni oqilona yuritish va h.k.)
— ish o‘rinlarini tashkil etish va jihozlash;

— hisoblash va tashkiliy texnika vositalaridan foydalanishni tashkil etish.

Boshqaruv apparati xodimlari mehnatini tashkil etish murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Har qanday xodim uchun bugungi kunda eng muhim muammo ish vaqtidan oqilona foydalanish hisoblanadi. Shuning uchun ham, boshqaruv mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning boshlang‘ich bosqichi boshqaruv apparati xodimlarining ish vaqtidan foydalanishni o‘rganishdir. Ish vaqtidan foydalanishni o‘rganish uning bekor sarf bo‘lishini aniqlash, uning sabablarini bilib olish, ishlarni bajarishning yangi shakllari va usullarini ishlab chiqish imkonini beradi.

169


Boshqaruv personali mehnat jarayonlarini tashkil etish zarur texnikaviy vositalarni hisobga olgan holda, personal zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishning oqilona tizimlar va usullarini loyihalash va joriy qilishdan iboratdir.
Boshqaruv personali mehnatini tashkil etish mehnatni mazmuniga va vaqtiga ko‘ra tartibga solishning muayyan darajasini nazarda tutadi. Bu narsa xodimlarning lavozim vazifalarini bajarish vaqtidagi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda amalga oshirish chog‘idagi zarur tartib va uyushqoqlikni ta’minlaydi. Mehnatni tartibga solish mehnatni tashkil etishga xos bo‘lgan obyektiv qonuniyatlarga asoslangan muayyan qoidalar, yo‘riqnomalar, normativlarni belgilash va ularga qat’iy rioya qilinishini bildiradi.
Shu narsa aniqki, agar rahbar va uning qo‘l ostidagi kishilar zamonaviy ish usullari va yo‘llarini egallamagan bo‘lsalar, jamoada samarali ishlashni yo‘lga qo‘yish qiyin bo‘ladi. Eskirib qolgan ish usullari va samarasiz ish uslubi mazkur jamoani boshqaruv tizimining eng zaif bo‘g‘iniga aylantirib qo‘yadi.
Personal menejmenti masalalari orasida ish vaqtini rejalashtirish va taqsimlash, shuningdek, boshqaruv personali shaxsiy mehnatini tashkil etish muammolari muhim ahamiyatga egadir, har bir xodimning alohida ish uslubi boshqaruv apparati samarali ishlashining muhim sharti hisoblanadi.
Rahbarning, mutaxassisning mehnatini rejalashtirish muayyan vaqt uchun ish rejalarini tuzib chiqish shaklida yoki aniq ish va tadbirlarni bajarish rejalarini shakllantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ish tartibini belgilash chog‘ida rahbar va mutaxassis mehnatining tarkibiy qismini hisobga oluvchi jihatlar quyidagilardir: maqsadning qo‘yilishi (maqsadni aniqlash, vaziyatni tahlil qilish, maqsadni ifodalash); ishning rejalashtirilishi, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish, ish vaqtini oqilona taqsimlash va undan foydalanish, hal qilinadigan vazifalarni ijro etish muddatlarini

170


qisqartirish yo‘llarini izlash; bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, tadbirlarning ustuvorligini belgilash, nazorat qilish funksiyalarini amalga oshirish, topshiriqlarning bajarilish jarayoni haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, qo‘yilgan maqsadlarga erishilishini nazorat qilish; axborot va kommunikatsiya kengashlarini tashkil etish va o‘tkazish korrespondensiyalarini oqilona yuritish, tashrif buyuruvchilar oqimini boshqarish. Ishlar xususiyati va mazmuniga aniqlik kiritish hamda tavsiflash, qaror topayotgan vaziyatni hisobga olishda operativ ravishda aniq qarorlar qabul qilish jarayonlarini rejalashtirish asosida amalga oshiriladi.
Aqliy mehnat kishilari, odatda, o‘z ish o‘rinlarini oqilona tashkil etishga yetarli darajada e’tibor berishmaydi. Biroq, shuni esda tutish kerakki, barcha toifadagi mutaxassislar mehnatining samaradorligi ular faoliyatining xususiyati va shart-sharoitlaridan qat’iy nazar ko‘p jihatdan ish o‘rnini tashkil etish va jihozlashga bog‘liq bo‘ladi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish