Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Birinchi bosqich — bazaviy institutlar yuqori kurslaritalabalari yoki boshqa oliy o‘quv yurtlaridan amaliyotga yuborilgan talabalar bilan ishlash bosqichidir. Xodimlarni boshqarish bo‘linmalarining mutaxassislari talabalar amaliyot o‘taydigan tegishli bo‘linmalarning rahbarlari bilan birgalikda rahbarlik ishiga moyil eng qobiliyatli talabalarni tanlaydilar va ularni tashkilotning bo‘linmalarida muayyan faoliyatga tayyorlaydilar. Tayyorgarlikni va amaliyotni muvaffaqiyatli
161
o‘tagan talabalarga mazkur tashkilotning tegishli bo‘linmasida ishlash uchun yuborilishga tavsiya beriladi. Mazkur tashkilotda amaliyotda bo‘lmagan yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish vaqtida ular bilan test sinovlari o‘tkaziladi va maslahat yordami ko‘rsatiladi.