Xodimlarga bo‘lgan ehtiyoj va uni qondirish
manbalarini aniqlash
Xodimlarga bo‘lgan ehtiyoj va uni qondirish manbalarini aniqlash masalasi korxona tizimi, mahsulot nomenklaturasi va sifati texnologiyasi, ishlab chiqarish, mehnat va boshqarishni tashkil qilishda kutilayotgan o‘zgarishlar, shuningdek, ichki va tashqi mehnat bozorlarining holatidan kelib chiqib, perso nalning adekvatligini tahlil qilish va uning dinamikasini istiqbollash natijalari asosida hal qilinadi. Ayniqsa, ba’zi ishlab chiqarishlar aholi uchun zarur bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish va korxonalarni xususiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan personaldagi o‘zgarishlarning istiqbollari ancha dolzarbdir. Xodimlarning talab qilinayotgan sonini aniqlashda kerak bo‘lgan yo‘naltiruvchi kuchlar mo‘ljal bo‘lib, mahsulot va bajarilayotgan funksiyaning sermehnatligi bilan hisoblanadi. Buning uchun shunga mos normativ-me’yoriy materiallar, shuningdek, rivojlangan mamlakatlar ilg‘or tajribasining ma’lumotlaridan keng foydalaniladi.
Bozor sharoitlarida personalni shakllantirishda ikki muhim sifat – barqarorlik va safarbarlikka asoslangan yangi yondashuvni qo‘llash mumkin bo‘ladi. Masalan, korxona doimiy shtatni yetakchi mutaxassislar bilan chegaralab, qolgan xodimlarni kerak bo‘lishiga qarab tashqi bozordan jalb qilganda shunday qaror qabul qilinishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan davriy holda personalni almashtirib turuvchi xorijiy mamlakat korxonalari tajribasi mavjud bo‘lib, undan O‘zbekiston sharoitida ham foydalanish mumkin. Shu bilan prinsipial yangi, egiluvchan kasblar va lavozimlarni shakllantirish tizimiga xodimlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va ishlatish asosida korxonaning
aniq vazifalari va undagi mavjud inson resursini anglagan holda o‘tish uchun sharoitlar yaratiladi.
Korxona xodimlarini yollash va bo‘shatish, ularning imkoniyatlari va faoliyat natijalarini baholash, ularning sifat darajasini oshirish kabi vazifalar xodimlarning shaxsiy tarkibini shakllantirishga kiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida xodimlarni yollash va bo‘shatishning tabiiy shakli xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi bitimni ifodalovchi mehnat shartnomalarini (kontraktlarni) tuzish va to‘xtatishdir. Kelishuv quyidagilarni: ish beruvchi tomonidan belgilanadigan va xodim tomonidan bajarishga qabul qilinadigan ishlar, funksiyalar, topshiriqlar (majburiyatlar)ning tarkibi va mazmuni; kontraktni bajarish shartlari va rejimlari; xodimni sug‘urta qilish va ijtimoiy ta’minlash; mehnatga haq to‘lash va boshqa to‘lovlarni nazarda tutadi. Ish beruvchining ehtiyojlari va xodimning manfaatlarini hisobga olib shartnomada xodimning ish kuni yoki haftasining reglamentlangan davomiyligi bo‘yicha emas, balki uning uchun individual (shaxsan) belgilangan ish rejimi va bo‘sh vaqtiga mos holda bandligi ko‘zda tutilishi mumkin. Kontraktda mehnat funksiyalari (lavozimlari)ning murakkabligini reyting usulida xodim o‘zini-o‘zi baholashi
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |